2-semestr VI – MODUL. PEDAGOGIK TARIXINING NAZARIY ASOSLARI. Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan to VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlarning rivojlanishi. Pedagogika tarixi ijtimoiy fan. Pedagogika fani maqsadi va vazifalari. Eng qadimgi yozmo yodgorliklarda ta’lim-tarbiya masalalari. Ta’lim-tarbiya va pedagogika tarixini davrlashtirish muammolari.
VII asrdan IX asrning birinchi yarmigacha O’rta Osiyoda maktablarda tarbiya va pedagogik fikrlar. Islom dini va hadislarda ta’lim-tarbiya. Qur’oni Karim – axloqiy – falsafiy ta’limotlar manbai. Xadis ilmining paydo bo’lishi. Muhaddislar (Imom Ismoil al-Buxoriy, Imom Iso at-Termiziy va boshqalar)ning hadis ilmi rivojiga qo’shgan hissasi.
Sharq uyg‘onish davrida ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Uyg‘onish davridagi ijtimoiy va madaniy taraqqiyot. Abu Abdulloh Xorazmiy va Abu Nasr Forobiyning pedagogik qarashlari. Abu Rayhon Beruniyning ma’rifiy, ijtimoiy, falsafiy qarashlari. Ibn Sinoning ijtimoiy-falsafiy va pedagogik qarashlari.
Mahmud Qoshg’oriyning “Devonu lug’otit-turk” asarida ta’lim-tarbiya masalalari.
Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilik” asari – pandnoma asar sifatida.
Ahmad Yugnakiyning “Hibat ul-haqoyiq” asarida didaktik qarashlar.
Kaykovusning “Qobusnoma” asarining tarbiyaviy ahamiyati.
Temuriylar davrida madaniyat va ta’lim-tarbiya. Amir Temurning hayoti va Temur saltanatining ta’lim-tarbiya tizimi. Husayn Voiz Koshifiy va Mirzo Ulug‘bek ta’limoti. Alisher Navoiyning falsafiy va didaktik qarashlari. Zahiriddin Muhammad Bobur hayot faoliyati va unda falsafiy qarashlar. Abdurahmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jaloliddin Davoniyning “Axloqi Jaloliy” asarida pedagogik fikrlar rivoji.
XVII asrdan XIX asrning yarmigacha tarbiya, maktab, va pedagogik fikrlar rivoji. Buxoro amirligi, Qo’qon va Xiva xonliklarida ta’lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta’lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta’lim mazmuni. Munis Xorazmiyning “Savodi ta’lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo’llanma sifatida. Muhammad Sodiq Qoshg’oriyning “Odob as-Solihin” asari – yuksak ma’naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba. Abduqodir Shakuriy, Saidrasul Aziziy, Ismoilbek G‘aspiralilarning pedagogik qarashlari. Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo‘ja Behbudiylarning, ta’lim-tarbiya sohasidagi o‘rni. Qori-Niyoziy, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniylarning Turkiston ta’lim tizimiga qo‘shgan hissalari.
XIX asrning 2 yarmi XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar. 1924-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogik fikrlar rivoji. Isoqxon Ibrat, Ismatilla Rahmatillayev, Oqilxon Sharofiddinov, Imomxon Husanxo‘jayevning pedagogika sohasidagi xizmatlari. Karima Qosimovaning pedagogika ta’lim tizimiga qo‘shgan hissasi.
Turkiston o‘lkasida ta’lim siyosati. 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani. 1945-1991 yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Mustaqil O‘zbekiston ta’lim tizimi. Mustaqillik yillarida pedagogik fikrlar rivoji Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun – Respublikamizda ta’lim-tarbiyani tashkil etish va kadrlar tayyorlashning huquqiy asosi sifatida. Mustaqqillik yillarida pedagogik fikrlar rivojining asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning asarlarida jamiyat rivojining ma’naviy-axloqiy negizlari va yuksak ma’naviyatli shaxsni shakllantirishga doir konseptual fikrlarning ifoda etilishi. O‘zbekiston Respublikasi rivojining yangi bosqichida ta’lim-tarbiya islohotlari: Sh. M. Mirziyoyevning ta’lim-tarbiyaga oid fikrlari.
V-IX asrlarda chet eldagi pedagogiklari g‘oyalari. Konfutsi, Kvintilian pedagogik g‘oyalari. Yan Amos Kamenskiy, Djon Lokk, Mixail Vasilyevich, Lomonosov, Yogann Genrixlarning jahon pedagogikasiga qo‘shgan xissasi, Adolf Disterveg, Gerbert Spenserlarning ilmiy-pedagogik qarashlari. K.D.Ushinskiy, Georg Kershenshteyner, Djon Dyuilarning jahon pedagogika sohasidagi o‘rni. Mariya Montessori, Stanislav Teofilovich Shatskiy, Pavel Petrovich Blonskiy, Anton Semyonovich Makarenkolarning tarbiya sohasidagi qarashlari.