Педагогика тарихи



Yüklə 20,95 Kb.
səhifə2/8
tarix22.12.2023
ölçüsü20,95 Kb.
#189574
1   2   3   4   5   6   7   8
Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari

Quyidagi hujjatlar buning yorqin misolidir. Abu Ubayd Abdal-Vohid ibn Muhammad al Juzjoniy yozib qoldirgan manbalardan ma’lum bo‘lishicha, O’rta Osiyoning mashhur olimi, o‘rta asr yuksalish g‘oyasining kurashchisi Abu Ali ibn Sino 1002—1011 yillarda Xorazmshoh saroyida xizmat qilganida Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad as-Sahlidan «Tozalik haqida risola» nomli kitob yozishga buyurtma olgan. U hozir Abu Ali ibn Sinoning butun dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ga asos bo‘ldi. Olim risolasini quyidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan: 1. Toza havo. 2. Hammom. 3. Taom. 4. Jismoniy harakat. 5. Uyqu va tetiklik.

  • Quyidagi hujjatlar buning yorqin misolidir. Abu Ubayd Abdal-Vohid ibn Muhammad al Juzjoniy yozib qoldirgan manbalardan ma’lum bo‘lishicha, O’rta Osiyoning mashhur olimi, o‘rta asr yuksalish g‘oyasining kurashchisi Abu Ali ibn Sino 1002—1011 yillarda Xorazmshoh saroyida xizmat qilganida Xorazmshohning vaziri Abul Hasan Ahmad ibn Muhammad as-Sahlidan «Tozalik haqida risola» nomli kitob yozishga buyurtma olgan. U hozir Abu Ali ibn Sinoning butun dunyoga mashhur «Tib qonunlari»ga asos bo‘ldi. Olim risolasini quyidagi beshta mustaqil boblarga bo‘lgan: 1. Toza havo. 2. Hammom. 3. Taom. 4. Jismoniy harakat. 5. Uyqu va tetiklik.

Ibn Sino o‘z risolasining to‘rtinchi bobida: «Jismoniy tarbiya mashqlari saviya va son jihatdan juda uzoq va kishini charchatadigan bo‘lmasligi kerak. Ular juda tez ham bo‘lmasligi kerak, aks holda ular qisqa davom etishiga qaramay kishiga uzoq bo‘lib tuyuladi, shuningdek, bu mashqlar o‘ta bo‘sh bo‘lmasligi ham kerak, aks holda ular uzoq davom etadigan mashqlar, kishiga juda qisqa bo‘lib tuyulmasin», — deydi. Bundan ko‘rinadiki, Abu Ali ibn Sino o‘rta asrlardayoq jismoniy tarbiya mashg‘ulotlariniig inson hayotida tutgan o‘rni va mohiyatini nazariy asoslab bergan.
O’zbekistonda jismoniy tarbiyaga qadim zamonlardan salomatlikni mustahkamlashning asosiy vositasi deb qaralgan. Zardo‘shtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lmish “Avesto”da inson tozalikka, sog‘lomlikka da’vat qilinib, ularga badantarbiya bilan shug‘ullanish, kunda yuzni bir necha marotaba yuvish, sochni toza tutib, tirnoqlarni olib, tozalab turish tavsiya etiladi. Inson me’yori bilan ovqatlanib, doimo to‘q yurishi lozimligi uqtiriladi. Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asarida 100 dan ziyod xalq o‘yinlari to‘g‘risida ma’lumot berilgan. “Alpomish” o‘zbek xalq qahramonlik dostoni, Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin”, Zayniddin Vosifiyning “Nodir voqealar”, Boburning “Boburnoma” asari va boshqalarda jismoniy, jangovar mashqlar, kuchlilik bahs-munozaralarining xilma-xil namunalaridan hikoya qilinadi. Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida zikr etib: «Inson uchun birinchi baxt - uning sog‘ligi, ikkinchisi — go‘zallikdir» degan ekan. Chindan ham sihat-salomatlik hamma boyliklar manbaidir. Nasl-nasabi sog‘lom va ma’naviyati yuksak xalqning avlodlari ham sog‘lom-baquvvat, iymon - e’tiqodli va sadoqatli bo‘ladiki, bu baxt ona-Vatanning shuhrati va qudratining zo‘r omiliga aylanadi. Xalqning ana shunday baxt-saodati uchun sog‘lom avlod kerak.

Yüklə 20,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin