Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri-mutanosib shakllantirish, suyak-bo‘g‘inlarni va muskullarni uyg‘unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-tomir hamda nafas olish a’zolarining asab tolalari majmuasini mustahkamlashtirish muhim. Tana-a’zolarining mo‘‘tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino: «Badan tarbiya — sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa harakat — sog‘ligida barakat bo‘ladi» degan naqlni eslatadi. Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali ibn Sino «Tibbiy doston» («Urjuza») asarida riyozat — badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha xillari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali ekanligini bunday ta’riflaydi: Bilsang riyozat turlari necha-necha Sharofatli bo‘lur esa u o‘rtacha1. To‘g‘ri va mo‘‘tadil bo‘lib o‘sgay badan, Kir-chir ila chiqindidan qutular tan.»
Aslida Markaziy Osiyo allomalarining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarida ma’naviy qadriyatlarga bo’lgan e’tibor asosiy o’rinda turadiki, bu bevosita inson kamolotini shakllantirishga omil bo’la oladigan hodisadir.
Sharq Renessansi deb nom olgan IX-XV asr Markaziy Osiyo ma’naviy madaniyatining eng yuksaklikka ko’tarilgan, boy davri bo’lib, bu davrda ilm-fanning ikki yo’nalishi (birinchisi) inson uchun tabiiy fanlardirki, u aql ko’zi bilan egallanadi, (ikkinchisi) bu fanlar inson tomonidan (boshqa) kishilardan taqlid qilib o’rganiladi, ular asosida shariat qonunlari yotadi. Bu fanlarning asosini Qur’onda va Sunnada bo’lga Alloh va uning elchisining oldindan belgilab bergan yo’l-yo’riqlari tashkil etadi.[1]
Olim yana, jismoniy mashqsiz yurish badanda yomon xulqlarning yig‘ilishiga sabab bo‘lishini alohida uqtirib bunday deb yozadi: «Riyozatsiz yotishdan ko‘p topma rohat, Bu rohatdan topolmassan hech manfaat. Jim yotsang iflos xult-la to‘lar badan, G’izocha hech hozirlanmas biror maskan». Bu o‘rinda Ibn Sino badan tarbiyani og‘ir yo yengilini emas, o‘rtachasini tanla demoqchi. Jismoniy mashqlarning sihat-salomatlikka foydasi cheksiz ekanligini D. Adisson bunday tasvirlaydi: «Mutolaa aql uchun qancha zarur bo‘lsa, jismoniy mashqlar ham badan uchun shuncha zarur.» Suqrot hakim esa bunday deydi: «Gimnastika yordami ila men badanimning muvozanatini to‘g‘rilab olaman».