Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari
yo‘rgaklash kabi tartiblardan iborat. Bularni ham ma’lum qoidalar asosida amalga oshirish darkor. Bolaning tabiatini mustahkamlashdagi muhim vositalar asta-sekin tebratish, musiqa eshittirish, ashula aytishdan iborat bo‘lib, ular tartib bilan amalga oshirilsa, bola yaxshi uxlaydi. Bolalarning o‘spirinlikka o‘tish davri tarbiyasi o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu davrda ularda xulq-atvor shakllanadi. Ibn Sinoning fikricha, bola xulqini mo‘‘tadillikda saqlashga alohida e’tibor berish kerak. Bundan ikki manfaat bor:

Birinchisi - bolaning ruhi uchun bo‘lib, u yoshliqdan boshlab yaxshi xulqli bo‘lib o‘sadi va keyinchalik bu unga ajralmas malaka bo‘lib qoladi.
Ikkinchisi - uning badani uchundir, chunki yomon xulq turli mijoz buzilishlaridan bo‘ladi.
Ibn Sino bolada axloqiy xislatlarni mehnat, jismoniy va aqliy tarbiya bilan uzviy birlikda shakllantirishni bolani haqiqiy inson qilib kamol toptirishda asosiy omil deb biladi. Ibn Sinoning fikricha, bolaning tarbiyasi - bu izchil va asta-sekin amalga oshiriladigan tartibdan iboratdir.
Ibn Sino birinchi bo‘lib jismoniy tarbiyaning ilmiy-pedagogik jihatdan bir butun tizimini yaratdi. Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish tartibiga rioya etish inson sog‘ligini saqlashda muhim omillardan ekanligini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asosladi. Bolaga ham hali u tug‘ilmasdan turib g‘amxo‘rlik qilish, go‘daklik davridan boshlab tarbiyani boshlash zarurligini ta’kidlaydi. «Bolaning yetuk inson bo‘lib shakllanishida unga g‘amxo‘rlik, poklik, mas’uliyatni his etish, do‘stona munosabatlar tuyg‘usini singdirib borish zarur», deydi olim