Nav.D.P.I
,,Maktabgacha ta'lim va boshlang'ich ta'lim"fakulteti ,,Maktabgacha ta'lim "yònalishi
3-kurs,,A5" sirtqi bo`lim talabasi
Salimboyeva Sevinch Yoqubjon qizining
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi fanidan tayyorlagan
Mustaqil ishi.
O'qituvchi: Achilov O. Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari
Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi pedagogik g‘oyalari Mustaqil davlatimizning ertangi kuni, uning gullab-yashnashi va rivojlanishi ko‘p jihatdan o‘sib kelayotgan avlodning sog‘lom bo‘lishiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida Vatanimizning kelajagi — farzandlarimizning jismoniy, aqliy va ma’naviy kamol topishi uchun qulay sharoitlar yaratishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov: «Biz sog‘lom avlodni tarbiyalab yetkazishimiz kerak. Sog‘lom kishi deganda faqat jismoniy sog‘lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g‘oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz»,— deydi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi majlisidagi ma’ruzasida. «Sog‘lom avlod uchun» ordeni ta’sis etilganligi, Xalqaro xayriya jamg‘armasi tashkil qilinganligi ham kelgusida sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalab yetkazishga xizmat qiladi. Jismoniy madaniyat va sport hamisha jamiyat hayotining ajralmas bir qismi bo‘lib kelgan. Bizgacha mavjud bo‘lgan ijtimoiy jamoalar ham o‘z rivojlanishida jismoniy tarbiya va sportga katta ahamiyat bergan. Jismoniy madaniyat va sport jamiyatdagi hukmron sinflarning manfaatini ifodalashga xizmat qilib, uni himoya qilgan va unga yo‘l ko‘rsatgan.