Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari
Badan tarbiyasi inson hayotida katta ahamiyatga ega. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog‘-salomatlikka, kuch-quvvatli badanga ega bo‘lish ehtiyoji bor. Ikkinchidan, badan sog‘lig‘i fikr va axloqning ham sog‘lig‘ini ta’min etadi. Quvvatli badanning fikr va axloq uzra ta’siri oshkordir. Fikr va ahloq bilan mijoz va sog‘lomlik uzviy bog‘liq. Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat. O’quvchilarni jismoniy tarbiyalash jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi. Birinchi vazifa — sog‘liqni mustahkamlash, tana a’zolarini chiniqtirish, jismoniy jihatdan to‘g‘ri rivojlanish hamda uning ishlash qobiliyatining oshishiga ta’sir etishdir.

Maktab yoshidagi bolalarning qaddi-qomatini to‘g‘ri-mutanosib shakllantirish, suyak-bo‘g‘inlarni va muskullarni uyg‘unlashgan tarzda rivojlantirish, yurak-tomir hamda nafas olish a’zolarining asab tolalari majmuasini mustahkamlashtirish muhim. Tana-a’zolarining mo‘‘tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino: «Badan tarbiya — sog‘liqni saqlashda ulug‘vor usuldir», deydiki, bu fikr: «Kimki qilsa harakat — sog‘ligida barakat bo‘ladi» degan naqlni eslatadi. Qadimda xalqimiz badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali ibn Sino «Tibbiy doston» («Urjuza») asarida riyozat — badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha xillari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali ekanligini bunday ta’riflaydi: Bilsang riyozat turlari necha-necha Sharofatli bo‘lur esa u o‘rtacha1. To‘g‘ri va mo‘‘tadil bo‘lib o‘sgay badan, Kir-chir ila chiqindidan qutular tan.»