Sharq mutafakkirlarining jismoniy tarbiya haqidagi fikrlari
Sog‘lom avlod deganda biz ham jismoniy, ham ma’naviy tomondan yetuk, bardam, har ishga qodir, ilg‘or madaniyatli kishilarni ko‘zda tutamiz. Darhaqiqat, shunday noyob fazilatlarga ega avlodni tarbiyalab voyaga yetkazayotgan xalq kelajakka ochiq ko‘z, yorug‘ yuz, katta ishonch bilan qaraydi. Ona-tabiat ato etgan oliy mohiyatga ko‘ra, biz — o‘zbeklar hayotimizning, umrimizning mazmunini farzandsiz tasavvur etolmaydigan xalqmiz. Dunyoga kelib farzand ko‘rish, imorat qurish, nihol ekib bog‘ yaratish — ota-bobolarimizdan qolgan nasliy an’ana, ezgu tilak va qutlug‘ insoniy burchdir. Shuni alohida shukronalik bilan ta’kidlash lozimki, xalqimiz tarixning mashaqqatli sinovlari osha o‘zining ana shu olijanob xislat-fazilatli an’analariga zavol yetkazmay saqlab kelmoqda. Ajdod-avlodlarimiz o‘z nasllarini umumbashariy tuyg‘ular, o‘lmas Sharq falsafasi, milliy qadriyatlarimiz ruhida tarbiya qilib kelganlar. Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchga bo‘linadi: jismoniy, aqliy va axloqiy. Shunga binoan insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi yuksalishini ta’min etadigan tarbiya ham uch qismga ajraladi: bular badan tarbiyasi, aql tarbiyasi, axloq tarbiyasidir.