Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikrlar. Reja


-MAVZU: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM



Yüklə 137,05 Kb.
səhifə44/48
tarix12.04.2023
ölçüsü137,05 Kb.
#96639
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48
Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrga (1)

8-MAVZU: HOZIRGI DAVRDA JAHON MAMLAKATLARI TA’LIM
TIZIMI VA PEDAGOGIKA FANI RIVOJI
MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:
8.1. XX asr jahon ta`lim tizimidagi global tendentsiyalar
8.2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
8.3. Ta’lim modellari. XX asr jahon ta’lim tizimidagi global
tendentsiyalar.
Tayanch so’z va iboralar: Harakatlar pedagogikasi, Badiiy tarbiya, Individual
pedagogika, efeb, kifarist, didaskal, polestra, demos, evristik, buyuk didaktika,
onglilik, faollik, izchillik.
XX asr jahon ta`lim tizimidagi global tendentsiyalar
8.1. XIX asrning oxiri – XX asrda G’arbiy Yevropa, AQSh, Rossiyada
reformatorlik pedagogikasi va uning asosiy yo’nalishlari.
Reformatorlik pedagogikasining asosiy yo’nalishlari: 1. Mehnat
maktablari tarafdorlarining harakatlari. 2. Harakatlar pedagogikasi. 3. Badiiy
tarbiya. 4. Individual pedagogika. 5. “Fuqarolik tarbiyasi” pedagogikasi.
Reformattorlik pedagogikasining ijtimoiy-iqtisodiy omillari: 1. Ishlab
chiqarishning murakkab texnika bilan ta’minlanishi. 2. Tabiiy-matematik kadrlar
jamoasiga bo’lgan ehtiyoj. 3. Malakali raqobatbardosh ishchilarga bo’lgan ehtiyoj.
8.2. Iqtisodiy rivojlangan davlatlar ta’lim tizimi.
Dunyo ta’lim makonining yuzaga kelishi, faol integratsion jarayonlar,
ta’limni “inson kapitali” sifatida e’tirof etilishi, ma’lumot haqidagi diplomlarning
dunyo bo’ylab tan olinishi chet el tajribasini o’rganish jarayonini tezlashtiradi.
1997 yilda XTSK (Xalqaro ta’lim standart klassifikatsiyasi) yangilandi. Unda
yettita bosqich ko’rsatilgan. 0 – maktabgacha ta’lim; 1 – boshlang’ich ta’lim; 2 –
o’rta ta’limning birinchi bosqichi; 3 – o’rta ta’limning ikkinchi bosqichi’ 4 – o’rta
ta’limdan keyingi ta’lim (oliy ta’lim emas); 5 – oliy ta’limning birinchi bosqichi; 6
– oliy ta’limning ikkinchi bosqichi – oliy ta’limdan keyingi ta’lim.
Jahon ta’lim tizimining ko’p omilli ko’rinishga egaligi metablokli,
makroregional va alohida davlatlardaga ta’lim tizimini tahlil etishga imkon beradi.
Jahon ta’lim tizimining o’zaro aloqadorligi va o’zaro harakati belgilariga ko’ra
regionlarni bir necha turga bo’lish mumkin:
Birinchi turga integrasion jarayon generatorlari hisoblangan regionlar kiradi.
Bunday regionga eng yorqin misol sifatida G’arbiy Yevropani keltirish mumkin.
Birlik g’oyasi 1990 yillardan G’arbiy Yevropa davlatlarida ta’lim islohotlarining
asosiga aylandi. Birinchi turga mansub regionlarga shuningdek, AQSH va Kanada
kabilarni ham kiritish mumkin. Jahonda integratsion jarayonlarning generatori
sifatida yangi Osiyo-Tinchokeani regioni ham shakllanmoqda. Unga Koreya,
Tayvan, Singapur va Gonkong, shuningdek, Malayziya, Tayland, Filippin va
Indoneziya kabi davlatlarni kiritish mumkin.
Ikkinchi turga integratsion jarayonlarga muvaffaqiyatli javob qaytarayotgan
hududlar tegishli. Birinchi navbatda bu Lotin Amerikasi davlatlaridir. Tarixda
bo’lgani singari bugungi kunda ham Lotin Amerikasiga integratsion o’choqlar
zonasi sifatida AQSH va G’arbiy Yevropa tomonidan ta’sir ko’rsatilmoqda.
Uchinchi turga ta’lim jarayoni integratsiyasiga kam e’tibor qaratayotgan
regionlar kiradi. Mazkur guruhga Saxara janubidan boshlab Afrika davlatlarining
katta qismi, janubiy va janubiy-sharqiy Osiyoning qator davlatlari, Tinch va
Atlantika okeani havzasidagi uncha katta bo’lmagan orol davlatlarini kiritish
mumkin. Afrika davlatlarida maktab ta’limining davomiyligi minimal daraja – 4
yildan kam. Mazkur hududlarda aholining ko’pchiligi savodsiz. Masalan, janubiy
Saxarada yashovchi 140 mln afrikalik savodsizligicha qolmoqda. Maktab ta’limi
davomiyligining eng pastligi Nigeriyada – 2,1 yil, keyin Burkina-Fasoda – 2,4 yil,
Gveniyada – 2,7 yil, Jibutida – 3,4 yil.
XX asrning oxiriga kelib qator iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy sabablarga ko’ra
ta’limning uzluksizligi va integratsion jarayonlarda og’ishlar kuzatilayotan hududlar
ajratib ko’rsatildi. Bunday hududlarga arab davlatlari, Sharqiy Yevropa va Sobiq
SSSR davlatlari kiradi. Arab davlatlarida ichki integratsiyaga tayanadigan to’rtta
subregionni shakllantirisha intilish kuzatilmoqda. Bu hududlarga: Mag’rib (Liviya
bilan birga), Yaqin Sharq (Misr, Iroq, Suriya, Livan, Iordaniya), Fors ko’rfazi
(Saudiya Arabistoni, Quvayt, BAA, Qatar, Ummon, Baxrayn), Qizil dengiz bo’yi va
Mavritaniya davlatlari.
Rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’limning mamlakat ichki siyosatiga faol tasir
etadigan ijtimoiy jarayon ekanligining e’tirof qilingani haqiqatdir. Shu tufayli ham
rivojlangan mamlakatlarda maktab ehtiyojini iqtisodiy ta’minlashga ajratilayotgan
mablag’ miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.
Masalan, yaponlarda “maktab muvaffaqiyat va farovonlik timsoli”gina bo’lib
qolmay, “u insonlarni barkamollashtiradi”, degan fikr ishonch va e’tiqodga
aylangan.
Ta’lim to’g’risida g’amxo’rlik qilish taniqli siyosatchilarning ham hamisha
diqqat e’tiborida bo’lgan. Shuning uchun xam AQSHning sobiq Prezidenti
R.Reyganni, Buyuk Britaniya Bosh vaziri M.Techcherni, Frantsiya Prezidenti
F.Mitteranlarni maktab islohotining tashabbuskorlari deb bejiz aytishmaydi.
F.Mitteran maktabni “Jamiyatni harakatlantiruvchi kuch” deb hisoblagan.
«Yangi dunyo»ning pedagogik g’oyalari Frantsiya va Germaniya ta’limiga
ham sezilarli ta’sir etayotir. Germaniyada to’liqsiz o’rta maktablarida asosiy o’quv
fanlari bilan bir qatorda tanlab olinadigan ximiya, fizika, chet tillari kiritilgan o’quv
dasturlari xam amalga oshirilayotir. Bu o’quv dasturi tobora to’liqsiz o’rta maktab
doirasidan chiqib, o’rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.
Frantsiya boshlang’ich maktablarida ta’lim mazmuni ona tili va adabiyoti
hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, aholishunoslik, tabiiy fanlar,
mehnat ta’limi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi o’quv fanlariga bo’linadi.

Yüklə 137,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin