Pedagogika tarixi fan sifatida. Eng qadimgi davrlardan VII asrga (1)
Germaniya ta’lim tizimi. Germaniya Federativ Respublikasi 16ta mustaqil
Federativ yerlar (viloyatlar)dan iborat bo’lib, har biri shakliga ko’ra turlicha bo’lgan
ta’lim tizimiga ega. Ta’lim muassasalari asosan davlat tasarrufida bo’lib, ular uchun
ta’lim dasturiga tegishli bo’lgan davlat ko’rsatmalari mavjud.
Ta’limni joriy qilish va boshqarish Federal yerlar (FE) hukumatining
konpetentsiyasiga kiradi, lekin markaz tomonidan umumiy raxbarlik ham bor: ta’lim
vazirligi ta’lim siyosati kontseptsiyasini ishlab chiqadi, OO’YUlarini kengaytirishga
mablag’ ajratadi.
GFR konstitutsiyasiga ko’ra har bir Federal Yer o’z hududidagi maktab va
oliy ta’limni rejalashtirish va amaliyotga tadbiq etish bo’yicha o’zi javob berishga
qaramay, barcha Federal Yerlar va Federal hukumat umumta’lim va oliy ta’lim
muassasalarida o’qitish kurslarida birlikni ta’minlash maqsadida xamkorlik
qiladilar. Federal organlar va Federal Yerlarning ta’lim sohasi bo’yicha siyosati
kelishilgan: ta’limning davomiyligi, ta’tillar, o’quv dasturi, imtixonlarni o’zaro tan
olish, attestatlar, maktabni tugatganligi xaqida guvohnoma, diplomlar, unvonlar
shular jumlasidandir.
Har bir Federal Yerda ta’lim tizimi xaqida o’zining qonuni mavjud, lekin
buning xammasi umumiy federal qonun asosida ishlab chiqilgan. Har bir Federal
Yer maktabga qatnash vaqti, o’qish muddati va darsliklarni belgilashda mustaqildir.
O’quv rejalar va ta’lim darajasi har bir Federal Yer uchun turlichadir. O’qitish
dasturlari, darsliklar viloyat xukumati bosqichida tasdiqlanadi. Har bir fan bo’yicha
tegishli vazirlik tomonidan tasdiqlangan bir necha darsliklar mavjud bo’lib,
o’qituvchi darslikni o’zi tanlash huquqiga ega. Shu tariqa ta’limnig ko’p
variantliligiga erishiladi, fikrlar plyuralizmi ta’minlanadi.
Federal hukumatning xuquqlari asosiy qonunlarni qabul qilishda, jumladan
moliyalashtirish masalalarida chegaralangan. Ta’limdagi xarajatlar haqida
quyidagilarni aytish mumkin:
- birorta Federal Erlar davlat umumta’lim, kasbiy va oliy o’quv yurtlarida
o’qish uchun pul olmaydi;
- barcha Federal erlarda o’quvchilarni uydan maktabga, maktabdan uyga
tashuvchi avtobuslarni o’z hisobidan beradi;
- deyarli barcha o’quvchilarga davrslik va o’quv qo’llanmalarni qiymatining
ozgina qismiga beradi;
- ma’lum toifadagi o’quvchilar va talabalarga mavjud federal qonunlarga ko’ra
davlat moddiy yordam ko’rsatadi.
Germaniyada xususiy maktablarga ruxsat berilgan, ular orasida diniy
maktablar ham bor. Bu maktablarda taxminan 8% o’quvchilar tahsil oladilar.
Xususiy maktablar o’quv dasturlarini tanlashda davlat maktablariga nisbatan erkin
bo’lganligi bois turli pedagogik muqobillarning aprobatsiyasi o’tkazilib turiladi.
Sekin asta differentsiyalashgan ta’lim tizimi, ya’ni har bir o’quvchiga uning
qobiliyati va o’qishdagi turlicha yo’nalishiga ko’ra moslashuvchan yondashuv
kiritilmoqda.
Umuman olganda Germaniya ta’lim tizimi bir necha bosqichni o’z ichiga
oladi:
1. Elementar ta’lim: maktab ta’limining 1-bosqichiga tegishli bo’lib,
maktabgacha muassasalar kiradi. Asosan bular bolalar bog’chalari, tayyorlov
sinflari va kirish guruhlari bo’lib, bu erlarga bolalarning qatnashishi 3 yil davomida
ota-onalar xohishiga ko’ra ixtiyoriydir.
2. Ta’limning birinchi bosqichi. (Primastufe) boshlang’ich maktab, unga 6
yoshdan qatnay boshlaydi. O’qish muddati 4 yil, Berlin va Brandenburgda 6 yil. Bu
bosqichdagi ta’limning maqsadi – bolalarga ta’lim Ining ikkinchi bosqichidagi u
yoki bu maktabda ta’limni davom ettirishga imkon beruvchi asosiy bilimlarni
berishdan iborat.
3. Ta’lim Ining ikkinchi bosqichi (Sekundastufe I) “yo’nalishli bosqich” deb
nomlanuvchi bosqichdir, unda bolalarni ularning iqtidoriga ko’ra o’quv
muassasalarining kerakli turiga yo’naltiradi: asosiy maktablar, real maktablar,
gimnaziyalar, kompleks maktablar. O’quvchilar ta’lim xaqidagi attestatni real va
asosiy maktablarni bitirgachgina olishadi.
4. Ta’lim II ning ikkinchi bosqichi (Sekundastufe II)ga gimnaziyaning yuqori
sinflari, shuningdek kasbiy ta’lim va muassasalarda kasbiy ta’lim kiradi.
Muassasalarda kasbiy ta’lim “dual tizim” deb ham ataladi, unda ta’lim va ishlab
chiqarishda amaliyot 2 yil davomida olib boriladi, bu o’qishni tugatish o’rna ta’limni
tugatish bilan teng bo’lib, yakunida faqat kasbiy sohada o’qishni davom ettirish
mumkin. Gimnaziyada 3 yil o’qib, o’quvchilar umumiy shahodatnoma “yetuklik
attestati” – abitur oladilar, bu ularga istagan oliy o’quv yurtiga kirishga imkon
beradi.
5. Ta’limning uchinchi bosqichi oliy ma’lumot haqida diplom beruvchi oliy
o’quv yurtlari va malaka oshirish o’quv muassasalari.
GFR ta’lim tizimi umumYevropa ta’lim tizimiga integratsiyalashgan: o’quv
muassasalarining barcha turlari Yevropa Ittifoqi (ES) dasturini amalga oshirishga
mo’ljallangan, EI davlatlari ta’lim standartlarini unifikatsiya (bir xillashtirish)
qilinadi, diplomlar bu davlatlarda kuchga ega.
Germaniya uzoq davrlardan beri fan va madaniyat markazi sifatida
mashhurdir. Shiller, Gyote, Shneger, Gumboldt, Kant, Gegel va boshqalar kabi
buyuk shoirlar, yozuvchilar, filosoflar va jamoat arboblari hammaga tanish.
Germaniyada o’rta asrlarda tashkil topgan 1-universitet mavjud. Eng qadimiy
universitet bu Geydelberg universiteti bo’lib, 1386 yil tashkil topgan. 1388 yil
tashkil topgan Kyoln universiteti qadimiy universitetlardan sanaladi. Bu o’quv
muassasalari qadimiy an’analari va klassik ta’limi bilan mashhurdir.