Onglilik va faollik tamoyilii ta`lim jarayonida o’qquvchilarning passiv bo’lib
materialni tushunmay mexanik ravishda quruq yodlashi emas, balki bilim va
malakalarini faol ravishda anglab chuqur va asosli bilim olishi zarur.
Ta`limda ko’rsatmalilikdan foydalanish qadimiydir. Komenskiyning
fikricha, ko'rsatmalilik tamoyili ko’rsatib o'tish usuli emas, balki barcha sezgi
organlari narsalar va hodisalarni eng ravshan, asosli mustahkam puxta o'zlashtirib
olishga jalb qilish vositasidir.
Ko'rsatmalilik tamoyilini joriy etishda quyidagilarga amal qilish zarur:
1) mavjud narsalarning o'zini ko'rsatish yoki tabiiy holda kuzatishlar
o'tkazish;
2) narsalarning modelini yoki nusxasini ko'rsatish;
3) narsa va hodisalar tasvirlangan suratlarni ko'rsatish.
Ilm sirlarini bilib olish uchun yoshlardan quyidagilar talab qilinadi.
1. Sof aqlga ega bo'lish;
2. O'rganish zarur bo'lgan narsani ko'rish;
3. Diqqatni to'play olish;
4. Kuzatish lozim bo'lgan narsalarni ma`lum tartibda ketma-ket ko'rsatish.
Sezgilar vositasida mukammal idrok qilingan narsalar, hodisalar xotirada
uzoq vaqt mustahkamlanadi. Komenskiy shunday yozadi: “Agar kishi biror marta qand yegan bo'lsa, tuyani bir ko'rgan bo’lsa, bulbul xonishini bir marta eshitgan bo'lsa, bularning hammasi xotirada mustahkam qoladi va esdan chiqib ketmaydi”. Ko'z bilan ko'rilgan narsani isbotlashning hojati yo'q. Shuning
uchun Komenskiy maktablar va muallimlar darslarda ko'rsatma qurollarni ko'proq
ishlatishi zarur deb bildi.
Izchillik va tizimlilikni ajratib bo'lmaydi. O'quv materiallarini matematikaga
xilof ish qilmasdan to'g'ri tekshirib chiqish o'qitishni nimadan boshlab va unda
ketma-ketlikka rioya qilish, yangi material bilan oldin o'tilganlarni bir-biriga
bog'lash.
Dars o'quv mashg'ulotini tashkil etishning asosiy shakli va quyidagilarni
taqozo qiladi.
a) bilim darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilarning o'zgarmas tarkibi:
b) o'quv mashg'ulotlarini, darslarni qat`iy jadval asosida tashkil etish:
v) muallim bir vaqtning o'zida sinfdagi barcha o'quvchilarga bir fan o'rgatishi:
g) butun o'quv mashg'uloti davomida o'qituvchilarning rahbarlik roli.
Komenskiyning fikricha, bolalarni maktabga har yili bir marta qabul qilish
lozim. O'qishga qabul qilinganlar sinflarga taqsimlanib chiqilishi kerak. Maktabda
sinflar soni qancha bo'lsa, sinf xonalari ham shuncha bo'lishi kerak. Boshlang'ich
sinf o'quvchilari har kuni to'rt soat, gimnaziya o'quvchilari olti soat o'qishi kerak.
Har bir darsda ma`lum vazifani bajarish kerak. Muallim biror narsani
tushuntirayotganda hamma bolalar diqqat bilan tenglasinlar.