“pedagogs” international research journal issn: 2181-4027 sjif



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix14.08.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#139328
1   2   3   4   5
88-92

 
 
Yangi O’zbekiston odamlardan yangicha fikrlashni, o'z-o'zini milliy jihatdan 
anglab yetishni, mustaqil tafakkurga ega bo'lishni taqozo etadi. O'zbekiston 
Respublikasining “Ta'lim to'g'risida”gi qonunini amalga oshirish, undan kelib 
chiqadigan vazifalarni hal qilish ko'p jihatdan turli darajadagi psixologik 
muammolarning yechilishi bilan bog'liq. Zamon talabiga mos keladigan
raqobatbardosh, yuksak e'tiqodli, ma'naviy jihatdan yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, 


“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-24, Issue-1, December - 2022
 
89
professional faoliyatlarga oid muammolarni hal etish uchun zarur ko'nikma va 
malakalarga ega mutaxassislarni tayyorlashning ahamiyati beqiyosdir. 
Jahon mutaffakkirlari Geraklit, Demokrit, Aflotun, Arastularning ta'limotlari 
keyingi asrlarda psixologik g'oyalarni rivojlanishida tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. 
Asta - sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko'rinishlariga emas, faqat hozir 
biz psixika deb atayotgan darajaga nisbatan qo'llanila boshlandi. Psixika 
kategoriyasining zamirida stress haqidagi tushuncha maydonga keldi. 
Stress - 
keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki 
jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik – [turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib 
ketib, xavfli vaziyat tug'ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to'g'ri 
kelganda vujudga keladigan harakatdir.]
1
Stress holatining paydo bo'lishi va o'tishining 
psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, kosmonavtlar, elektrostantsiya 
operatorlari, dispetcherlar, mashinistlar, haydovchilar, sudyalar, korxona rahbarlari, 
o'quvchilardan imtixon oladigan pedagoglar va boshqalar uchun ham muhimdir. 
[Hissiy jarayonlarning har xil shakllari normal odamda alohida yakka holda 
mavjud bo'lmaydi. Yuzlab va minglab kechirilayotgan emotsiyalar, affektlar, 
kayfiyatlarda aniq yashaydigan umumlashtirilgan hislar yuksak hislar deyiladi. Yuksak 
hislar o'z tarkibiga birmuncha soddaroq turli hislarni oladi. 
Insoniy faoliyatning qaysi bir turi, yoki qaysi bir sohasi hislarning qaysi birining 
asosi ekanligiga qarab yuksak hislarning muhim turlari; praksik (amaliy), axloqiy, 
intellektual, estetik hislarga ajratiladi.]

Ayni paytda stress maktab o’quvchisidan tortib oliy martabali davlat 
xizmatchisigacha, uy bekasidan to quruvchi yo sotuvchigacha deyarli har kimga tanish. 
Stress bu favqulodda ta’sir qo’zg’atuvchi harakatlar ostida organizmning umumiy 
zo’riqish holati va azali himoya reaksiyasining paydo bo’lishidir. Oddiyroq qilib 
aytadigan bo’lsak, inglizcha so’z bo’lib tanglik, zo’riqish, bosim degan ma’nolarni 
bildiradi. Bu holat g’ayrioddiy vaziyatlardan kelib chiqqan hissiy holatdir. Og’ir stress 
psixikaga va umuman sog’likka salbiy ta’sir qiladi, xatti harakatlarning buzulishiga 
olib keladi, xotira, idrok, e’tibor, fikrlash va harakatlarni muvofiqlashtirishni buzadi. 
Inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina 
zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Shuni aytishim mumkinki, agar stress haddan 
tashqari ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish 
qobiliyatini yuqotadi. Stressning paydo bo’lish mexanizmlari batafsil o’rganilib 
chiqilgan va juda murakkabdir: ular bizning gormonal, asab va qon tomir tizimlarimiz 
bilan bog’liq.
[Stress immunitetni pasaytiradi va ko’plab kasalliklarga sabab bo’ladi(yurak – 
qon tomir, oshqozon- ichak va boshqalar). Shuning uchun stressli vaziyatga qarshi tura 
olish va hayotga ijobiy qaray olishni o’rganishga to’g’ri keladi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin