Personalni boshqarish



Yüklə 159,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/15
tarix07.10.2023
ölçüsü159,13 Kb.
#152814
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
2. KORXONA VA UNING PERSONALI

affilirlangan 
(qo‘shilgan) – filial, sho‘ba korxona shaklida yirikroq 
turdosh bosh korxona tarkibida faoliyat ko‘rsatadigan firmalar; 
broker 
– tijorat maqsadini ko‘zlaydigan va mijoz topshirig‘iga ko‘ra 
va uning hisobidan vositachi sifatida faoliyat yuritadigan firmalar; 
venchur 
– kichik va o‘rta investitsion firmalar hisoblanib, ilmiy 
tarkiblar va muhandislik ishlanmalarini amalga oshiradi; 
investitsion
– investitsiyalash va qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq 
operatsiyalarni o‘tkazadigan firmalar; 
injiniring 
– muhandislik maslahati ko‘rsatishga ixtisoslashgan 
firmalar; 
innovatsion 
– yangi texnologiyalarni yaratish uchun barpo 
etiladigan firmalar; 
konsalting 
– maslahat xizmati ko‘rsatishga ixtisosdashgan 
firmalar; 
ishlab chiqarish firmalari 
– aniq bir mahsulot tayyorlashga 
ixtisoslashgan bo‘ladi; 
savdo firmalari 
– savdo-sotiq bilan shug‘ullanadi; 
rieltor firmalari 
– ko‘chmas mulk sohasidagi amallarga 
ixtisoslashgan bo‘ladi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barcha 


46 
sohalarida 250 mingdan ortiq firmalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 
Xolding
(inglizcha “
holding” 
– “egalik” so‘zidan) asosiy faoliyati 
korxonalar aksiyalarini o‘z tasarrufiga olish orqali ularning ishini 
nazorat qilish va boshqarishdan iborat bo‘lgan kompaniya, bosh 
korxona. Xolding tarkibida asosiy korxona yoki sho‘ba korxona yoxud bir 
necha sho‘ba korxonalar mavjud bo‘ladi. Xolding kompaniyasining o‘zi 
ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanmasligi ham mumkin. Lekin, 
ko‘p hollarda xolding kompaniyalar aksiyalarni boshqarish bilan bir 
qatorda, moliya-kredit, savdo, transport va boshqa faoliyat turlari bilan 
shug‘ullanadilar. Xolding boshqa korxonalar aksiyalarining paketlariga 
egalik qilish orqali nazoratidagi korxonalarning direktorlar kengashi 
boshqaruvi va boshqa rahbar organlariga o‘zi taklif etadigan nomzodlar 
saylanishini ta’minlash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekistonda “Fayz” 
(mebel sanoati), “O‘zqishloqxo‘jalikxolding”, “O‘zmevasabzavot-
uzumsanoat” kabi xolding kompaniyalar faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Yüklə 159,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin