45
(“O‘zkimyosanoat”, “O‘zdavmashkonsern” va boshqalar) tashkil qilindi.
Korporatsiya
(lotincha
“compagnie”
– “birlashma”, “hamjamiyat”
so‘zidan) biron-bir faoliyat uchun uyushgan aksiyadorlar jamiyati.
Hozir bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xo‘jalikning barcha
tarmoqlarida asosiy mavqega ega. Korporatsiyalar
asosan bir xil
mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarni birlashtiradi. Investitsiya kapitalini
markazlashuviga
yordam
beradi.
Ilmiy-texnika
taraqqiyoti
mahsulotning raqobatbardoshligini ta’minlaydi.
Korporatsiyalar mulk egaligi ma’nosiga ko‘ra davlat, xususiy,
qo‘shma (aralash); tarmoqlar bo‘yicha
esa sanoat, qishloq xo‘jaligi,
aloqa va boshqalarga bo‘linadi.
Firma
(italyancha “
firma
”
–
“imzo” so‘zidan) korxona,
kompaniya va tijorat tashkilotlarining umumiy nomi. Xodimlar soni,
mulk shakli, huquqiy holat va boshqalarga ko‘ra
xilma-xil firmalar
mavjud. Firmalarda band bo‘lganlar soni 2–3 kishidan 20–30
mingtagacha bo‘lishi mumkin.
Firmalarning quyidagi turlari farqlanadi:
Dostları ilə paylaş: