42
“Nizom jamg‘armasi jamiyatning aksiyadorlarga nisbatan
majburiyatlarini tasdiqlovchi muayyan
miqdordagi aksiyalarga
taqsimlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt
aksiyadorlik jamiyati
deb
hisoblanadi”.
Aksiyadorlik jamiyatlari ochiq va yopiq
aksiyadorlik jamiyatlari
turida bo‘lishi mumkin.
Qatnashchilari o‘zlariga tegishli aksiyalarini o‘zga aksiyadorlar
roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo‘lgan aksiyadorlik
jamiyatlari
ochiq aksiyadorlik jamiyati
deb hisoblanadi.
Aksiyalari faqat o‘z muassislari
yoki oldindan belgilangan
doiradagi shaxslar orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati
yopiq
aksiyadorlik jamiyati
deb hisoblanadi.
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi,
kuzatuv kengashi va ijroiya organi boshqaradi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi mutlaq vakolatlariga quyidagilar
kiradi (2.4-rasm):
–
jamiyat Nizomiga qo‘shimchalar kiritish,
yangi tahrirdagi
Nizomni tasdiqlash;
–
jamiyatni qayta tashkil etish va tugatish;
–
jamiyat kuzatuv kengashining tarkibini belgilash, uning
a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini
muddatidan ilgari
tugallash;
–
e’lon qilingan aksiyalarning eng ko‘p mikdorini belgilash;
–
Nizom jamg‘armasini ko‘paytirish va kamaytirish, o‘z
aksiyalarini qaytarib sotib olish;
–
taftish komissiyasi a’zolari (taftishchi)ni saylash va ularning
vakolatlarini muddatidan ilgari to‘xtatish;
–
yillik
biznes rejalarini, hisobotlarni, buxgalteriya balanslarini
tasdiqlash, foyda va zararlarni taqsimlash.
Jamiyat kuzatuv kengashi vakolatlariga quyidagilar kiradi:
–
jamiyat faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash;
–
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini
chaqirish, ular uchun kun
tartibini tasdiqlash;
–
obligatsiyalar va qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish;
–
mol-mulkning bozor qiymatini belgilash;
–
jamiyatning sho‘ba va tobe filiallarini tashkil etish,
vakolatxonalarini ochish.
43
Aksiyadorlik jamiyatining kundalik
faoliyatiga rahbarlik yakka-
boshchilik asosida – ijroiya organ (bosh direktor) yoki kollegial organ
(direksiya, boshqaruv) tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida bozor infratuzilmalarini shakllantirish
Dostları ilə paylaş: