Xususiy korxonada
ish beruvchi (mulkdor) bilan xodim o‘rtasidagi
o‘zaro mehnat munosabatlari mehnat shartnomasi (kontrakt)
bilan
tartibga solinadi. Xususiy korxona rahbari o‘z xodimlariga mehnat haqi,
mukofotlar va kompensatsiyalar berishning shakllari,
tizimi hamda
miqdorini mustaqil belgilaydi. Lekin xodimlarga to‘lanadigan ish haqi
amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan kam
bo‘lmasligi shart.
Mulkdor xususiy korxona xodimlariga
xavfsiz mehnat sharoitlari,
ijtimoiy himoya choralarini ta’minlashi shart. U o‘z xodimlari uchun
amaldagi qonunchilikda ko‘zda tutilganidan
imtiyozliroq mehnat va
ijtimoiy-iqtisodiy shartnomalarni belgilashga haqlidir.
Qisqacha xulosalar
O‘zbekiston
Respublikasining
“Korxonalar
to‘g‘risida”gi
Qonuniga muvofiq: “Huquqiy shaxs huquqiga ega bo‘lgan, mulkchilik
huquqi yoki xo‘jalikni to‘la yuritish bo‘yicha o‘ziga qarashli mol-mulkdan
foydalanish asosida mahsulot ishlab chiqaradigan va sotadigan yoki
mahsulotni
ayirboshlaydigan,
ishlarni
bajaradigan,
xizmat
ko‘rsatadigan, bellashuv hamda mulkchilikning
barcha shakllarining
huquqliligi sharoitida amaldagi qonunlarga muvofiq o‘z faoliyatini
ro‘yobga chiqaradigan mustaqil xo‘jalik yurituvchi
subyekt korxona deb
ataladi”.
Korxona personali – yuridik shaxs hisoblangan korxona
ma’muriyati (ish beruvchi) bilan yollangan xodimlar o‘rtasidagi
mehnat
munosabatlarini shartnoma asosida muvofiqlashtirib turadigan
jismoniy shaxslardir.
Korxona personali shaxsiy tarkibiga unda band bo‘lgan
barcha
xodimlar: yollanib ishlayotgan ishchilar, mutaxassislar, rahbarlar ham,