Personalni boshqarish


Kichik tadbirkorlik subyektlariga



Yüklə 159,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix07.10.2023
ölçüsü159,13 Kb.
#152814
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2. KORXONA VA UNING PERSONALI

Kichik tadbirkorlik subyektlariga:
– yakka tartibdagi tadbirkorlar; 
– ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning 
o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 10 kishi, savdo, xizmat ko‘rsatish va 
noishlab chiqarish sohasining boshqa tarmoqlarida — ko‘pi bilan besh 
kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
Sanoat sohasida band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni 
ko‘pi bilan qirq kishi, qurilish, qishloq xo‘jaligi va boshqa ishlab 
chiqarish tarmoqlarida — ko‘pi bilan yigirma kishi, fan, ilmiy xizmat 
ko‘rsatish, chakana savdo va noishlab chiqarish sohasining boshqa 
sohalarida ko‘pi bilan o‘n kishi bo‘lgan kichik korxonalar kiradi. 
O‘rta tadbirkorlik subyektlariga 
– xodimlarning o‘rtacha yillik soni 
sanoatda – 100, qurilishda – 50, qishloq xo‘jaligi, boshqa ishlab 
chiqarish tarmoqlari, ulgurji savdo, umumiy ovqatlanish tarmoqlarida
– 30, chakana savdo, xizmat ko‘rsatish sohasi va noishlab chiqarish 
sohasining boshqa tarmoqlarida 20 kishidan ko‘p bo‘lmagan korxonalar 
kiradi. 
Xususiy korxonani uning egasi korxonaning rahbari sifatida yakka 
o‘zi boshqaradi. Mulkdor korxona nomidan ishonchnomasiz ish ko‘ra 
oladi, pul mablag‘lari hamda boshqa mol-mulkini tasarruf etadi, 
shartnomalar, 
shu 
jumladan, 
mehnat 
shartnomalari 
tuzadi, 
ishonchnomalar beradi, banklarda hisobvaraqlari ochadi, shtatlarni 
tasdiqlaydi, korxonaning barcha xodimlari uchun majburiy bo‘lgan 
buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi. 
Xususiy korxona mulkdorlari quyidagi huquqlarga ega: 

xususiy korxona nizomiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish; 

xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish; 

soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lagandan so‘ng qolgan 
foydadan o‘z ixtiyoriga ko‘ra foydalanish. 
Xususiy korxona mulkdorlari o‘zi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda 


53 
shu muddatda rahbarlik vazifasini bajarib turishni boshqa jismoniy shaxs 
zimmasiga yozma qaror bilan yuklanishi mumkin. Bunda u muvaqqat 
rahbarning xususiy korxona mol-mulkini tasarruf etishga oid huquqini 
cheklab qo‘yishi mumkin. 
Turli sabablarga ko‘ra (vafot etganligi, muomalaga layoqatsizligi 
va hokazolar), mulkdor xususiy korxona rahbari vazifasini bajarishi 
mumkin bo‘lmay qolsa, xususiy korxonani boshqarish fuqarolik qonun 
hujjatlariga va xususiy korxona nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. 

Yüklə 159,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin