Personalni boshqarish



Yüklə 159,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix07.10.2023
ölçüsü159,13 Kb.
#152814
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2. KORXONA VA UNING PERSONALI

Korxona rahbarini 
yollash (tayinlash, saylash) va bo‘shatish 
korxona mol-mulki egasining huquqi bo‘lib, bu huquqni u bevosita, 
shuningdek, o‘zi vakolat bergan idoralar yoki korxona kengashi orqali 
amalga oshiradi. 
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida korxonalarning 
quyidagi turlari faoliyat ko‘rsatmoqda: 
Xususiy korxona. 
O‘zbekiston Respublikasining “Xususiy 
korxona to‘g‘risida”gi Qonuniga ko‘ra: “Mulkdor yagona jismoniy 
shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot 
xususiy korxona” deb e’tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik 
subyektlarining 
tashkiliy-huquqiy 
shakli 
hisoblanadi. 
Xususiy 
korxonaning tashkiliy tuzilmasi quyidagicha (2.1-rasm) bo‘lishi 
mumkin: 
 
Korxona rahbari – mulk egasi 
Hisob-iqtisodchi 
Kotiba-referent 
Ta’minot va mahsulot sotish 
bo‘yicha menejer 
Ta’minot guruhi 
Ishlab chiqarish 
guruhi 
Servis xizmati 
ko‘rsatish guruhi 
Mahsulot sotish 
guruhi 
2.1-rasm

Xususiy korxonaning tashkiliy tuzilmasi 


39 
Xususiy korxona mulkdori korxonani rahbar sifatida yakka 
boshqaradi. Uning asosiy funksiyalari quyidagilardan iboratdir: 
nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash; 

xususiy 
korxona 
Nizom 
jamg‘armasini 
belgilash 
va 
shakllantirish; 

reja va hisobotlarni tayyorlash hamda tasdiqlash; 

xususiy korxonani rivojlantirish rejalarini ishlab chiqish va 
amalga oshirish; 

xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish to‘g‘risida qaror 
qabul qilish; 

xususiy korxona olgan foydani o‘z ixtiyoriga ko‘ra ishlatish; 

xususiy korxona mulkini tasarruf etish (boshqa shaxsga, ijaraga 
berish, 
garovga 
qo‘yish, 
boshqa 
korxonalar 
nizom 
jamg‘armasiga hissa tariqasida kiritish va hokazolar). 

Yüklə 159,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin