Dunyoqarash salohiyati
Hayotiy va kasbiy tajriba
|
9.1. Rasm. Menejer modeli
Ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalarida va biznes bilan bog‘liq barcha biznes-maktablarda ixtisoslashtirilgan insonshunoslik fanlari o‘qitiladi: sanoat psixologiyasi, ishlab chiqarish sotsiologiyasi, tadbirkorlik odobi, ishbilarmonlik iqtidori va b. Ko‘pchilik universitetlarda shoirlar, rassomlar, madaniyat arboblarining ma’ruzalari rejalashtirilgan.
Menejerlarni insonshunoslik bo‘yicha tayyorlashda Evropa Ma’muriy boshqaruv instituti (Fransiya)da, Boshqaruv xalqaro instituti (SHveysariya) va Barselona oliy boshqaruv ta’limi institutida qiziqarli tajriba to‘plangan. Menejerlar tayyorlash bo‘yicha Tokiodagi markaz jahonga ma’lum, ishda ikki qismdan: insonshunoslik ta’limi va insonshunoslik texnologiyaviyligidan iborat insonshunoslik vakolati konsepsiyasi ko‘rib chiqilgan.
Menejerning insonshunoslik ma’lumoti, bu - antropologik bilimlar tizimi bo‘lib, uning mentaliteti faoliyatining so‘zlar yordamida obraz yaratish negizi hisoblanadi. Quyidagilar mana shu negizga taalluqli:
· boshqaruv psixologiyasi;
· boshqaruv pedagogikasi;
· boshqaruv odobi;
· boshqaruv sotsiologiyasi;
· boshqaruv kelishmovchilikshunosligi;
· boshqaruv ritorikasi;
· boshqaruv ortobiotikasi;
· boshqaruv imijshunosligi.
Menejerning insonshunoslik texnologiyaviyligi, bu - uquvlar majmui, shu tufayli antropologik bo‘limlar uning amaliy xatti-harakatlari (axborot to‘plash, boshqaruv qarorlari qabul qilish, futurologik loyihalash, ishbilarmonlik salohiyati va h.k.lar)da amalga oshiriladi. Insonshunoslik texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlik uquvi menejerga antropologik bilimlarni tadbiq etishlik muvaffaqiyatini kafolatlaydi. Quyidagilar mazkur texnologiyalarga taalluqli::
· maqsadni mo‘ljallash texnologiyasi;
· etik taalluqlash texnologiyasi;
· o‘z-o‘zini faol baeishlash texnologiyasi;
· o‘zini abadishashtirish va b. texnologiyasi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshqaruv faoliyati o‘z mohiyati va xususiyati bo‘yicha jamiyat hayotida aqliy tartibga solish ahamiyatiga ega. Insoniyat tomonidan fan- texnika, iqtisodiyot va ijtimoiy muvaffaqiyatlar tobora oshirilib borishiga ko‘ra bosho‘aruv faoliyatining ilmga bo‘lgan talabi ham to‘xtovsiz o‘sib boradi. Boshqaruvning mohiyati ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoitlarni shunday nisbatda uyg‘unlashtirishni ta’minlashdan iboratdir, bu mo‘ljallangan maqsadga erishish imkonini beradi. SHuning uchun yaxshi rahbar odamlarga kamroq buyruq beradi, buning o‘rniga ularning mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan samarali sharoit yaratadi. Boshqaruv, bu hamisha xukmronlik, har qanday tashkilotning samarali faoliyat ko‘rsatishi, uni to‘g‘ri taqsimlashga bogliq. Lavozim vakolatidan (hokimiyatning taqsimlanishidan) qat’iy nazar boshqaruv hulqining umumiy tamoyillari - vakolatlilik, insonparvarlik, innovatsiyalik, pragrmatika va ortobiotiklik mavjud. Boshqaruv uslubiga kelsak, u avtokratik, byurokratik, demokratik va aristokratik bo‘lishi mumkin.
Menejerning insonshunoslik vakolati uning boshqaruv faoliyatida antropologik bilimlardan foydalanishdagi nazariy-amaliy tayyorgarligiga bog‘liq. Bu vakolatlilik insonshunoslilik ma’lumoti va menejerning insonshunoslik texnologiyasi bilan tavsiflanadi.
Istiqbolni aniq bashorat qilish uchun strategiya zarurdir. CHunki, strategiya-bu istiqbolni tadqiq qilish, turli ssenariyalarni tahlil etish san’ati hamda istio‘bolda raqobat kurashida afzallik beruvchi g‘oyadir. Boshqaruv strategiyasi-bu strategik maqsadni amalga oshirishga qaratilgan faoliyatdir. SHuning uchun yaxshi strategiya va strategiyani a’lo darajada amalga oshirish - yaxshi boshqaruvning eng ishonchli belgisi.
Boshqaruv strategiyasi beshta bir-biriga bog‘liq masalani hal etishga asoslanadi:
1. Tashkilot bajarishi lozim bo‘lgan strategik ko‘ra bilishni, harakat uzoq muddatli yo‘nalishini va aniq vazifani shakllantirish.
2. Strategik ko‘ra bilish va zimmadagi vazifani aniq maqsad va topshiriqqa aylantirish.
3. Maqsadlar va vazifalarga erishish strategiyasini ishlab chiqish.
4. Qabul qilingan strategiyani malakali hamda samarali tadbiq etish va amalga oshirshi.
5. Ish natijalarini baholash, yangi yo‘nalishlarni o‘rganish va rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishi, strategiya maqsadlari yoki amaldagi tajribaga asosan uni amalga oshirish usullari, o‘zgaruvchan sharoitlar, yangi yuyalar va imkoniyatlarga nisbatan to‘g‘rilovchi xatti-harakatlarni amalga oshirish.
Mazkur strategiyani shakllantirish va amalga oshirish jarayonida 5-vazifadan agar zarur bo‘lsa qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish yoki takomillashtirish uchun oddingilariga qaytish ko‘zda tutilgan.
Tashkilotning strategik ko‘ra bilishi va zimmasidagi vazifasini shakllantirish. Bu vazifani bajarishda tashkilotlarning rahbarlari quyidagi savolga javob berishi lozim: biz nima qilmoqchimiz va nimaga erishamiz? Zimmadagi vazifa bayon qilinganda tashkilot faoliyatining tavsifi aniqlashadi va u mijozlar uchun nima qilishi kerakligi belgilanadi. o‘z xodimlarida «maqsad tuyg‘usi»ni yuzaga keltirish uchun, rahbar ularni tashkilotning strategik mo‘ljali va zimmadagi vazifa to‘g‘risida xabardor qilishi lozim. Bunda esa yaxshi o‘ylangan strategik mo‘ljal tashkilotni istiqbolga tayyorlaydi, rivojlanishning uzoq muddatli yo‘nalishini belgilashga yordam beradi.
Strategiyani ishlab chiqishda asosiy boshqaruv muammosi, ya’ni tashkilot ahvolini hisobga olgan holda samarali natijalarga va uning istiqboliga qanday erishish belgilanadi. Strategiya natijalarga erishish vositasi hisoblanadi. Bunday harakat tarziga tashkilot, maqsad va vazifalarga erishish uchun rahbarlar amal o‘ilishi shart. Tashkilot strategiyasi asosiy boshqaruv vazifasini hal etishga yo‘naltirilgan o‘zaro bog‘liq harakatlar va ishga yondashuvlar majmuidan iboratdir.
Strategiyani ishlab chiqish tashkilot ichki va tashqi holatiga tashxis qo‘yishdan boshlanadi. Nega? CHunki to‘g‘ri tashxissiz yoki umuman busiz chuqur o‘ylanmagan strategik harakat qabul qilinishi mumkin.
Tashkilot strategiyasi, qoidaga ko‘ra, quyidagi mutanosibliklardan iborat bo‘ladi:
· puxta o‘ylangan va maqsadga yo‘naltirilgan harakatlar;
· agar kutilmagan yo‘nalish yuzaga chiqsa va zarur bo‘lsa, unga javoban xatti- harakatlar, masalan raqobat tazyiqi sodir bo‘lsa va h. k.
Amaldagi strategiya tarxi9. 2- rasmda berildi.
Rasmdan ko‘rinadiki, yangicha vaziyat (o‘zgaruvchan sharoit)lar yuzaga kelishi natijasida rejadagi strategiya o‘zgarishi mumkin ekan. Ta’lim sohasidagi bunday vaziyatlarga fan, texnika, texnologiya, iqtisod, madaniyat, ta’lim va h. k.dagi yangi natijalarni; yangi qonunlar yuzaga kelishi yoki hukumat siyosatining o‘zgarishi; ta’lim xizmatiga bo‘lgan talabning o‘sishi va h. k.larni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |