PivoTexnologiya indd


IVBOB PIVO ISHLAB CHIQARISHDA IKKILAMCHI XOMASHYO RESURSLARI 106



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə13/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#37466
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
PivoTexnologiya

IVBOB PIVO ISHLAB CHIQARISHDA IKKILAMCHI XOMASHYO RESURSLARI 106

4.1.PIVO ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING CHIQINDILARI VA ULARDAN FOYDALANISH 106



VBOB PIVO ISHLAB CHIQARISHDA RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR 109

5.1. RESURS TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR 109

5.1.1.PIVO ISHLAB CHIQARISH KORXONALARINING OQAVA SUVLARI 109

5.1.2.OQAVA SUVLARNI TOZALASH VA ZARARSIZLANTIRISH 112



Pivo ishlab chiqarishda texnologik jarayonlar uchun ishlatiladigan suv neytral reaksiyaga yaqin bo‘lishi kerak. Bunda suvning pHi 6,8-7,3 ga teng, umumiy qattiqligi 5-6 mg-ekv/l dan oshmasligi, oksidlanish darajasi 1-2 mg/l dan katta bo‘lmasligi, quruq qoldiq miqdori esa 600 mg/l dan oshmasligi kerak.

Och rangli pivolarni ishlab chiqarish uchun yumshoqroq qattiqlikdagi suvni ishlatish tavsiya etiladi. Bunda suvning vaqtinchalik qattiqligi 0,71 mg­ekv/l, doimiy qattiqligi 0,36-0,72 mg-ekv/l atrofida bo‘lishi kerak.



  1. SUVGA ISHLOV BERISH USULLARI

Agar suv ishlab chiqarish talablariga javob bermasa, u holda suvga qayta ishlov beriladi. Suvga ishlov berishdan maqsad - tayyor mahsulot sifatiga va texnologik jarayonlarning borishiga ta’sir etuvchi tuz va keraksiz moddalarni ajratib olib tashlashdir. Arpani bo‘ktirish uchun suv tarkibidagi temir va marganes tuzlarini, pivo ishlab chiqarishda esa gidrokarbonatlar va natriy ionlarini ajratib olish kerak.

Suvga ishlov berishning kislota bilan neytrallash, kalsiy sulfat va kalsiy xlorid qo‘shish, reagent yoki ion almashish usuli, elektrodializ va qaytarma osmos usullari tavsiya etiladi.

Gidrokarbonatlarni neytrallash uchun sulfat, xlorid, fosfor va sut kis- lotalaridan foydalaniladi. Bu usul suvning ishqoriyligini bartaraf etishning eng oddiy usulidir.

Suvga kalsiy sulfat va kalsiy xlorid qo‘shish bilan pivo va pivo sharbatining pH ini kamaytirish mumkin. Biroq bunda kalsiy ionlari fosfatlar bilan birga cho‘kmaga tushadi. Natijada sharbatning buferligi kamayishi hisobiga bijg‘ish jarayonida pH ning kislotali muhitga moyilligi oshadi.

Reagent usuli. Pivo ishlab chiqarishda reagent usulining dekarboni- zatsiyalash va karbonat-dekarbonizatsiyalash usulidan foydalaniladi. Suvni dekarbonizatsiyalashdan maqsad - suvdagi karbonatsiz qattiqlik va ishqoriy- likni kalsiy oksidi qo‘shib kamaytirish. Reagent usulining asosiy kamchiligi - suv tarkibidagi natriy gidrokarbonat tuzini ajratib olib bo‘lmasligidir. Bu tuz pivo ishlab chiqarishda eng zararli tuz hisoblanadi.

Ion almashinish usuli ionitlar bilan suvga ishlov berishga asoslangan. Ionitlar o‘zining tarkibiga kiruvchi ionlarni eritma tarkibidagi ionlarga al- mashish qobiliyatiga ega materiallardir. Ular kationit va anionitlarga bo‘linadi.

Har doim ham ion almashinish usuli bilan tuzlari optimal suvni olib bo‘l- maydi. Bunday hollarda elektrodializ usulidan foydalanish maqsadga muvofiq. Qaytarma osmos usuli ham samarali hisoblanadi.

Elektrodializ usulida ionitli membranalar yordamida manfiy va musbat ionlarni ajratib suvni tuzsizlantiriladi. Bunda doimiy elektr toki membranalar- dan o‘tayotganda membrananing bir tomonidagi ishlov berilayotgan eritmadagi ionlar membrananing ikkinchi tomonidagi konsentrlangan eritmaga o‘tadi.

Bu usulda suvga ishlov berishda ishlov beriladigan suvni dastlab tozalab, so‘ng ishlov berish talab qilinadi. Chunki kam eruvchan tuzlarning cho‘k- maga tushishi va membranalarning kolloid massalar bilan tiqilib qolishi elektrodializ apparatining ish samaradorligini kamaytirishidan tashqari, appa- ratlar ishlaganda elektr energiya sarfini nazarda tutish lozim.

Qaytarma osmos usuli pivo ishlab chiqarishda samarali usul hisoblanadi. Bu usul bilan suvni tuzsizlantirishda yarim o‘tkazuvchan membranalardan suyuqlik o‘tkaziladi; ular erituvchini (suv) o‘tkazib, erigan moddalarni (tuzlar­ning gidratlangan ionlari va organik bog‘larining molekulalarini) ushlab qoladi.

Qaytarma osmos jarayonida suv bosim ostida apparatga beriladi va appa- ratdan ikkita oqimda (eruvchan moddalardan tozalangan filtrat va eruvchan moddalari ko‘p konsentrat) chiqadi. Yarim o‘tkazuvchan membranalarni iflos- lanishdan saqlash uchun ustki qatlamidagi ushlanib qolgan moddalar chiqarib tashlanadi.

Yarim o‘tkazuvchan membranalar turli materiallardan (g‘ovakli shisha, grafit, poliamid, atsetilselluloza poliakrilnitril va boshq.) tayyorlanadi.

Membranalar shakli bo‘yicha listli, quvurli va ichi g‘ovak tolali bo‘ladi. Atsetilsellulozali listli va quvurli membranalardan tashqari atsetilselluloza va xushbo‘y poliamidlardan tayyorlangan ichi g‘ovak tolali membranalar ham ishlatiladi.

Qurilmada suvga ishlov berishdan avval suv dastlabki tozalash blokiga beriladi. Bu blok mikrofiltrli patronli elementdan iborat bo‘lib, u o‘lchami 5 mkm dan katta bo‘lgan muallaq moddalarni suvdan ajratib oladi. So‘ng filtrlangan suvga dozalab stabillashtiruvchi eritma beriladi. Eritmalar tuz cho‘kmalarini membrana yuzasiga cho‘ktiradi. So‘ng suv yarim o‘tkazuvchan membranadan tuzilgan membranali blokga uzatiladi. U yerdan demineralizatsiyalangan suv yig‘iladigan sig‘imda yig‘iladi va texnologik maqsadlar uchun yuboriladi. Ishlov berilgan suvning tuzlar bilan boyigan konsentrati boshqa sig‘imga uzatiladi va texnologik jarayonlarda ishlatiladi.




Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin