PivoTexnologiya indd



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə14/36
tarix02.01.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#37466
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
PivoTexnologiya

Nazorat savollari

  1. Solod ishlab chiqarish uchun arpaning qanday navlari ishlatiladi?

  2. Arpa donining kimyoviy tarkibini ayting.

  3. Arpaning sifatiga qanday talablar qo‘yiladi?

  4. Bug‘doy, soya, sholi, makkajo‘xorining kimyoviy tarkibining qanday o‘ziga xos xususiyatlari bor?

  5. Pivo ishlab chiqarishda yordamchi materiallar qaysi maqsadda ishlatiladi?

  6. Qulmoqning kimyoviy tarkibi.

  7. Qulmoq preparatlarining qaysi turlarini bilasiz?

  8. Pivo ishlab chiqarishda qanday butilka, polietilen idish va qopqoqlovchi materiallar ishlatiladi?

  9. Pivo ishlab chiqarishda ishlatiladigan yorliqlarning qanday turlarini bilasiz?

  10. KEG, bochka va avtosisternaga pivo qanday quyiladi?

  11. Pivo ishlab chiqarishda ishlatiladigan qanday filtrlovchi va tiniqlashtiruvchi mate- riallarni bilasiz?

  12. Pivo ishlab chiqarishda qanday dezinfeksiyalovchi moddalar ishlatiladi?

  13. Solod va pivo ishlab chiqarishda suv sarfi.

  14. Texnologik jarayonning o‘tishiga suvdagi tuz tarkibining ta’siri.

  15. Suvning sifatiga qo‘yiladigan talablar.

  16. Suvga ishlov berishning qanday usullarini bilasiz?

  1. BOB SOLOD ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI

  1. DONLI XOMASHYOLARNI QABUL QILISH, TOZALASH, NAVLARGA AJRATISH VA SAQLASH

Donli xomashyoni qabul qilish. Don korxonaga avtotransport va temiryo‘l orqali vagonlarda keltiriladi. Temiryo‘l vagonlarida keltirilgan don vagon tortuvchi tarozilarda, avtotransportda keltirilgan don esa avtomobil tortuvchi tarozilarda tortiladi. Partiyasi kam donlar statsionar tarozilarda tortiladi. Vagonlardagi don belkuraklarda yoki vagonlarni bo‘shatuvchi qurilmada, avtotransportdagilari esa avtomobilni bo‘shatuvchi qurilmada bo‘shatiladi.

Don tortib bo‘lingandan so‘ng qabul qilish bunkeriga, so‘ng tasmali trans- portyor yordamida noriyalarga uzatiladi. So‘ng tarozilarda tortilib, tozalash uchun yuboriladi.



  1. DONNI TOZALASH VA NAVLARGA AJRATISH

Solod ishlab chiqarish uchun keltirilgan don tarkibida har xil chiqindilar bo‘ladi. Ular donli, begona va mineral chiqindilarga bo‘linadi.

Donli chiqindilarga ezilgan, puch, o‘sib ketgan donlar hamda boshqa bo- shoqli ekinlarning donlari kiradi. Begona chiqindilarga begona o‘tlar va za­harli o‘simliklar (gorchak, golovnya, sporinya, vyazel va boshq.) urug‘lari, organik chiqindilar (somon, poxol, ildiz va poya bo‘laklari) kiradi. Mineral chiqindilarga qum, tosh, metall parchalari va h.k. kiradi. Bu chiqindilarning don tarkibida bo‘lishi donning saqlanish muddatini qisqartiradi va solod sifatini pasaytiradi.

Qabul qilingan arpa birlamchi va ikkilamchi tozalanadi, birlamchi tozalash ishlari don qabul qilingan zahoti o‘tkaziladi. Bunda arpa tortiladi va yengil chiqindilardan tozalovchi magnitli va havo-elakli separatorlar yordamida chi- qindilardan tozalanadi.

Birlamchi tozalash natijasida arpa tarkibidagi metall parchalar, yirik, may- da va yengil chiqindilar ajratib olinadi. Arpa birlamchi tozalangandan so‘ng saqlash uchun yuboriladi.

Arpa texnologik maqsadda ishlatishdan avval ikkilamchi tozalanadi. Bu jarayon magnitli va havo-elakli separatorlar va triyerlarda o‘tkaziladi. Arpa havo-elakli separatorda yirik, mayda va yengil xas-cho‘plardan, magnitli separatorda metall buyumlardan, triyerlarda esa donning uzunligi bilan farq qiluvchi chiqindilardan tozalanadi. To‘liq tozalangan don navlarga ajratuvchi mashinalarda eni bo‘yicha navlarga ajratiladi.

Arpani qabul qilish va birlamchi tozalashdagi jarayonlar: arpa qabul qilish bunkeri (4), noriya (7), magnitli separator (11), avtomatik tarozi (10), qiltiqdan

28





Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin