Gipofiz va epifiz bezlari.
Gipofiz bezi. Bu no‘xatsimon, massasi 0, 5 - 0, 6 g ga teng bo‘lib, bosh miyaning ostki sohasida, kalla suyagining turk egarchasi deb atalgan qismida joylashgan. Gipofiz uch bo‘lakdan iborat: oldingi, oraliq va orqa bo‘laklar. Gipofizning oldingi bo‘lagidan olti xil: somatotrop, adrenokortikotrop, tireotrop, gonadotrop, laktotrop, lyuteinlovchi gormonlar ajraladi. Somatotrop gormoni (STG) bolalar va o‘smirlarning o‘sishni, rivojlanishini, organizmda oqsillar sintezlanishini boshqaradi. Ba'zi sabablarga ko‘ra bolalar va o‘smirlarda bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘y normadan ortiq o‘sib ketadi. Bu holatga gigantizm, bunday odamni gigant deb ataladi. Agar bu gormon kamroq ishlab chiqarilsa, bo‘yiga o‘sish sekinlashadi, bunday holga nanizm deb ataladi. Bunday bo‘yi past odamlar gipofizar pakana deb ataladi. Ularning bo‘yi past bo‘lsa ham aqliy faoliyati normal bo‘ladi. Bo‘y o‘sishi to‘xtagan katta odamlarda somatotrop gormoni ko‘p ishlab chiqarilsa, akromegaliya kasalligi sodir bo‘ladi. Bunda odamning burni, labi, iyagi, tili, qo‘l va oyoq panjalarining hajmi kattalashadi.
Adrenokortikotrop gormoni buyrak usti bezining ishini boshqaradi, ya'ni kortikosteroid gormonlarni ishlab chiqarilishini tartibga soladi. Tireotrop gormoni qalqonsimon bezning ishini, ya'ni undan ajraladigan tiroksin gormoni ishlab chiqarilishini boshqaradi. Gonadotrop gormoni erkaklar va ayollarning jinsiy bezlari funksiyasini boshqaradi, o‘smirlarda esa balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘lishida ishtirok etadi. Laktotrop g‘ormoni ayollarda sut bezlarining funksiyasini boshqaradi. Lyuteinlovchi gormon homilador ayollarda homilaning normal rivojlanishini boshqaradi.
Gipofizning oraliq bo‘lagidan intermedin gormoni ajraladi. U terida pigment hosil bo‘lishini boshqaradi. Gipofizning oraliq bo‘lagidan ikkita gormon ajraladi (oksitotsin va vazopressin). Oksitotsin gormoni homilador ayollarda bachadon muskullarining qisqarishini kuchaytirib, tug‘ish jarayonini osonlashtiradi. Vazopressin, ya'ni antidiuretik gormon (ADG) organizmda suv almashinuvini boshqaradi, ya'ni u buyrakning egri-bugri kalavasimon kanalchalarida birlamchi siydikning 98,5 - 99 % i qonga qayta so‘rilishini (reabsorbsiya jarayonini) boshqaradi. Bu gormon kam hosil bo‘lsa, buyrak kanalchalarida birlamchi siydikning qonga so‘rilnsh jarayoni buziladi. Natijada qandsiz diabet kasalligi sodir bo‘ladi. Bu kasallikda odam ko‘p suv iste'mol qiladi va ko‘p siydik ajratadi (bir kecha-kunduzda 5-10 l va undan ko‘p). Shuni alohida ta'kidlash kerakki, gipofiz organizmdagi barcha ichki sekretsiya bezlarining ishini tartibga soluvchi hukmron bez bo‘lishi bilan birga, uning funksiyasi markaziy nerv tizimi tomonidan, ya'ni oraliq miyada joylashgan gipotalamusdan ajraladigan neyrogormonlar orqali boshqariladi.
Epifiz bezi. Epifiz bosh miyaning asosida o‘rta miya sohasida joylashgan bo‘lib, uning massasi 0,2 g. Unda melatonin gormoni ishlab chiqariladi.Bu gormon gipofizning oraliq bo‘lagadan ajraladigan intermedin gormoni singari, odam organizmida pigment almashinuvini boshqarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, epifizdan ajraladigan gormon gipofizning gonadotrop funksiyasini tormozlab, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish jarayonini susaytiradi. Epifizning funksiyasi bola 7 yoshga kirguncha kuchayib boradi, undan keyin uning faoliyati asta-sekin pasayib, balog‘atga yetish davri oldidan butunlay to‘xtaydi. Agar bu bezning funksiyasi oldinroq pasaysa. Gipofizning gonadotrop funksiyasa kuchayib ketib, bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish belgilari pavdo bo‘ladi.
Qalqonsimon, qalqonoldi va ayrisimon bezlar.
Qalqonsimon bez. Bu bez bo‘yinning oldingi qismida joylashgan bo‘lib, hiqildoqni oldingi va yon tomonlaridan yopib turadi. Uning massasi chaqaloqda 1 g, 5-10 yoshli bolalarda 10 g, kattalarda 25-30 g gacha bo‘ladi. Qalqonsimon bezda tiroksin gormoni ishlab chvqariladi. Tiroksinning 65 % dan ko‘prog‘i yod moddasidan iborat. Bu gormon organizmda moddalar almashinuvi jarayoni normal o‘tishida muhim rol o‘ynaydi. U yurak ishining gumoral yo‘l bilav boshqarilishida ishtirok etadi. Tiroksin bolalarning o‘sishi va rivojlanishida, nerv tizimi funksiyasining normal takomillashuvida katta ahamiyatga ega. Qalqoshimon bez funksiyasining susayishi gipotireoz deb ataladi. U yosh bolalarda ham, kattalarda ham og‘ir kasallikka sabab bo‘ladi. Gipotireoz, ya'ni qalqonsimon bez funksiyasining pasayishi bola tug‘ilgandan keyin turli yoshlarda va xatto, katta odamda ham ayrim sabablarga ko‘ra yuzaga kelishi mumkin. Bunday odamda terining quruqlashganligi, ich qotishi, xatto issiq vaqtda ham sovqotish, doimo bo‘shashganlik, kunduzlari uyqusirash kabi belgilarni aniqlash mumkin. Kasallikning og‘ir ko‘rinishlarida bemorning tanasi shishadi, aqliy faoliyati zaiflashadi, ya'ni esda saqlash, o‘zlashtirish qobiliyati pasayadi. Bolalar va kattalarda kasallikning yuqorida qayd etilgan belgilari sezilsa, endokrinolog shifokorga murojaat etish zarur.
Endemik bo‘qoq. Ba'zi joylarda, ayniqsa, buloq suvidan foydalaniladigan joylarda suv va tuproq tarkibida yod moddasi kam bo‘ladi. Shuning‘ uchun bu joylarda yashovchi aholi o‘rtasida endemik bo‘qoq ko‘p uchraydi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, bo‘yinning oldingi qismida shish (bo‘qoq) hosil bo‘ladi. Uning hajmi yong‘oqdan to katta choynakkacha bo‘lishi mumkin, Ural, Kavkaz, Tyanshan va Pomir tog‘lari, Farg‘ona vodiysining ayrim tumanlarida ilgarilari endemik bo‘qoq ko‘p tarqalgan edi. Ichiladigan suvga va tuzga kaliy yodid qo‘shilishi va maktab o‘quvchilariga antistrumin dorisi berilishi natijasida keyingi yillarda bo‘qoq kasalligi ancha kamaydi.
Tireotoksikoz qalqonsimon bez funksiyasining oshishi, tiroksin gormoni normadan ko‘p sintezlanishi natijasida sodir bo‘ladigan kasallikdir. Uni aniqlagan olimning nomi bilan Bazedov kasalligi deb yuritiladi. Bu kasallikda qalqonsimon bezning hajmi kattalashib, ba'zan bo‘yinning oldingi sohasi bo‘rtib chiqadi. Bemorda ko‘zming chaqchayishi, ko‘p terlash, nerviylashish, uyqusizlik, ozish, yurak o‘ynash holatlari sodir bo‘ladi. Kasallik o‘z vaqtida davolanmasa, bemor nerviylashadi, juda ozib ketadi. Kasallikning og‘ir turida bemor jarroxlik yo‘li bilan davolanadi(qalqonsimon bezning bir qismi olib tashlanadi). Qizlar balog‘atga yetish davrida (12-15 yoshda) qalqonsimon bezning funksiyasi ma'lum darajada kuchayadi. Shuning uchun ularda tireotoksikoz holatning yengil ko‘rinishlari yuzaga kelishi mumkin, ya'ni tez jahl chiqishi, uyquning buzilishi, ishtahaning pasayishi, terlash, ayniqsa, qo‘lning kafti ko‘p terlaydi. Bunday vaqtda ko‘proq ochiq havoda sayr qilish, aqliy mehnatni kamaytirish tavsiya etiladi, bu holat dorisiz asta-sekin o‘tib ketadi.
Qalqonoldi bezlari. Bu bezlar to‘rtta bo‘lib, qalqonsimon bezning orqa yuzasiga yopishib turadi. Ularning umumiy massasi 100-120 mg ni tashqil qiladi. Qalqonoldi bezlaridan paratireoidin yoki paratgormon ishlanib chiqadi. Bu gormon odam organizmida kalsiy—fosfor almashinuvini tartibga solib turadi. Gormon kam ishlab chiqarilsa, nerv muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi ortib, odamning qovoqlari, lablari pirpirab uchadi, qo‘llari qaltiraydi. Gormon juda kamayib ketsa, soch to‘kiladi, suyaklar yumshab, egiluvchan bo‘lib mo‘rtlashadi, tez sinuvchan bo‘lib qoladi, nerv muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi juda ortib ketib, odam tanasining umumiy qaltirashi, ya'ni tutqanoq (tetaniya) holati yuzaga keladi. Qalqonoldi bezlarining funksiyasi ortib, paratgormon ishlab chiqarilishi ko‘paysa, nerv— muskul tizimining qo‘zg‘aluvchanligi pasayib, tana muskullari bo‘shashib qoladi, odam umumiy holsizlanadi, tez charchaydi.
Ayrisimon bez. Bu bez to‘sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning massasi chaqaloqlarda 12 g bo‘lib, to balog‘atga yetish davrigacha (14 - 15 yoshg‘acha) kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So‘ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog‘ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning massasi 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda 15 g, 70 yoshda 6 g bo‘ladi. Ayrisimon bezda timozin gormon ishlab chiqariladi. U bolalarning o‘sishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, jinsiy bezlar funksiayasini pasaytirib, bolada balog‘atga yetishni susaytiradi. Bundan tashqari, timozin limfotsitlar hosil bo‘lishini kuchaytirib, organizmning immunitet xususiyatini oshiradi. Balog‘atga yetish davridan (14-15 yosh) boshlab jinsiy bezlarning funksiyasi kuchayadi, ayrisimon bezning funksiyasi esa susaya boshlaydi. Ba'zi sabablarga ko‘ra, ayrisimon bezning funksiyasi kuchayadi va balog‘at yoshiga yetmagan bolada vaqtidan ilgari balog‘atga yetish belgilari paydo bo‘ladi, ya'ni 8-10 yoshli bolaning soqoli chiqadi, qizlarning ko‘krak bezi kattalashadi va hokazo. Bunday
Dostları ilə paylaş: |