5
oshiruvchi skvajina zaryadi konstruktsiyasini ishlab chiqish orqali yirik oʻlchamli
togʻ jinslarini chiqishini oldini olish va maydalanish darajasini oshirishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari etib quyidagilar belgilangan:
-baland pogʻonali karyerlarda burgʻilash-portlatish ishlari samaradorligini
oshirishda skvajina zaryadining optimal konstruktsiyasini ishlab chiqish boʻyicha
bajarilgan tadqiqotlarni tahlil qilish;
-skvajina zaryadlariga sarflanadigan portlovchi moddalar miqdorini
aniqlash;
-portlovchi modda zaryadlarini portlatishda qisqa sekinlatish intervallarini
aniqlash;
-tajriba sinovlari tadqiqotlarini о‗tkazish, ishlab
chiqilgan texnologiyaning
texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash va uni amalga oshirish bо‗yicha
tavsiyalar berish
.
Ilmiy yangiligi: Skvajina zaryad konstruksiyasini oʻzgartirish orqali
portlatish ishlari vaqtida xosil boʻladigan energiya toʻlqini dinamik ta‘sirinini
kuchaytirish orqali togʻ jinslari maydalanuvchanlik koeffitsiyentini oshirish.
Tadqiqotning asosiy masalalari va farazlari: Ilmiy ishning masalalaridan
biri bu katta oʻlchamli togʻ jinsi boʻlaklari chiqishining oldini olish hisoblanadi
bundan tashqari portlovchi modda sarfi, texnikalar uchun pogʻonani
ostki qismini
sifatli portlatilishi.
Tadqiqiot mavzusi boʻyicha adabiyotlar sharhi(tahlili): Konchilik
sanoati doimiy ravishda boshqa sanoat tarmoqlari uchun xomashyo tayanch sanoat
tarmogʻi vazifasini bajarib kelgan va hozirgacha shunday boʻlib kelmoqda.
Konchilik sanoati yirik konchilik korxonalari tomonidan yetkazib beriladigan
mineral xomashyo qazilmalari, sanoatning yirik tarmoqlari boʻlgan energetika,
yoqilgʻi,
qurilish, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi, mashinasozlik va shu kabi bir
qator sanoat tarmoqlarining xomashyo resurslariga boʻlgan ehtiyojini qondirib
kelmoqda.Yildan-yilga oʻsib borayotgan bu ehtiyojlar esa oʻz navbatida konchilik
sanoatining ishlab chiqarish rejasiga qoʻshimcha yuklamalarni qoʻyib kelmoqda va
zamonaviy texnika va texnologiya yutuqlaridan foydalanib,
jadal rivojlanish
6
talabini keltirib chiqarmoqda. Konchilik sanoatining asosini foydali qazilma
konlarini ochiq usulda qazib olish korxonalarini karyerlar tashkil qiladi. Chunki
yer qa‘ridan qazib olinayotgan foydali qazilmalarning katta qismi ochiq usulda
qazib olinmoqda.
Ochiq konchilik ishlarida asosiy ishlab chiqarish jarayonlardan biri boʻlgan
togʻ jinslarini qazib olishga tayyorlashning bir necha usullari mavjud. Hozirgi
kunda foydali qazilma konlarini qazib oluvchi karyerlarda togʻ
jinslarini qazib
olishga tayyorlashning eng samarali usuli burgʻilash-portlatish usuli oqilona usul
boʻlib kelmoqda. Burgʻilash-portlatish usuli Prof. M.M.Protodyakonov shkalasi
boʻyicha mustahkamlik koeffitsiyenti katta boʻlgan togʻ jinslari(f>7dan)ni qazib
olishga tayyorlashda qoʻllaniladi. Bunda portlatiladigan massivda maxsus oʻyiqlar
xosil qilinib (shpur, skvajina), unga portlovchi modda zaryadlari joylashtiriladi.
Hozirda ochiq kon ishlarida asosan skvajina zaryadlari bilan massivni portlatish
qoʻllanilmoqda. Skvajina zaryadi bilan portlatish
ishlarini amalga oshirishda
hisobga olinadigan asosiy jihatlar portlatish uchun skvajinalarni burgʻilash-
portlatish texnologiyasi, skvajinalarni joylashtirish sxemasi, portlovchi modda
solishtirma sarfi, skvajina zaryadi konstruksiyasidir. Shu bois ushbu keltirilgan
jihatlar yuzasidan doimiy ilmiy izlanish va yangiliklar qilish talab etilgan. Bu
mavzularda koʻplab professor-olimlar ilmiy izlanish qilganlar. G.P.Demidyuk,
A.V.Polskiy, I.A.Pustavalov, S.A.Gorinov, P.A.Bragin, M.F.Drukovaniy, V.I.Ilin,
E.I.Efremov, G.P.Paramonov, E.A.Inoyatov, M.N.Tleugaliyev, Sh.D.Krebayeva,
E.B.Shevkun, A.V.Leshinskiylar skavajina zaryadi
konstruksiyasining maqbul
turini tanlash boʻyicha ilmiy izlanishlar olib borganlar[2.2.3]. Jumladan,
A.A.Skochinskiy nomidagi Konchilik ishi institutida N.V.Melnikov rahbarligida
skvajina zaryadi konstruksiyalari ustida olib borgan ilmiy ishida uzaytirilgan va
markazlashtirilgan skvajina zaryadi konstruksiyalarini oʻrganib chiqib, uzaytirilgan
konstruksiyali skvajina zaryadlari portlatilganda portlash ta‘siri asosan
skvajinaning ostki qismiga nisbatan ta‘sir qilishi va buning natijasida skvajinaning
ostki qismida yirik oʻlchamli togʻ jinslari chiqishi me‘yoridan ortiq boʻlishini ilmiy
asoslab bergan. N.V.Melnikov oʻrgangan markazlashtirilgan
skvajina zaryadi
7
konstruksiyasi bilan portlatish ishlari amalga oshirilganida zaryad orasida havoli
boʻshliq qoldirib, portlashning energiyasining qoʻshimcha qismidan, ya‘ni
uzaytirilgan zaryadda skvajinaning zaryad joylashtirilgan qismida ortiqcha
maydalanishga sarflanadigan energiyadan toʻliq foydalanish hisobiga togʻ
jinslarini maydalanishini me‘yorda boʻlishini amaliy
jihatdan amaliyotda sinab
ilmiy asoslab bergan. Bazi bir olimlar esa bu muammoga boshqa yechim
topishgan. Bular: V.N.Mosintsa, A.M.Musin, S.K.Rubtsova, S.D.Viktorova,
Yu.P.Galchenko, V.M.Zakalinskiy – yaqin va bir-biriga yaqin-parallel skvajina
zaryadli
konstruksiyani
taklif
qilishgan;
A.V.Dugartsyrenova,
S.I.Kima,
K.I.Dolzhikova, S.A. Goncharova - bu maqsadda skvajina ostida qozon yaratish
yoki skvajinaning pastki qismida termal kengayishdan foydalanishgan.
Dostları ilə paylaş: