Karbonat yotqiziqlari (
) faqat shimoliy-g arbiy Balikti hududida uncha
katta boʻlmagan yemirilgan jinslar koʻrinishida (maydoni 27 ming m
2
gacha)
uchraydi. Bundan tashqari, ular kichik ksenolitlar shaklida (100 m
2
gacha)
Markaziy uchastkaning 100 m gacha boʻlgan chuqurlikdagi va shimoliy-g arbiy
12
Balikti uchastkasida 800 m gacha chuqurlikdagi skvajinalarda uchraydi (287, 482,
310 skvajinalar va boshqalar).
Yuqori darajadagi oʻzgarishlar tufayli karbonatli jinslarning qaysi
stratigrafik qatlamga tegishliligini ishonchli aniqlash imkoni yoʻq. Extimollik
bilan, ular, Jivet va Frans yaruslariga tegishli boʻlishi mumkin.
Karbonatli jinslarning tarkibini oʻrganish uchun I.M. Golovanov 16 ta
namunani (267 va 482-skvajinalar) kimyoviy va termik tahlillarini oʻtkazgan.
Ushbu tahlillar yetarli darajada aniqlik bilan ohaktosh va dolomitlarni, shuningdek
ularning magmatik (magneziyali skarnlari) va postmagmatik (serpantinatsiya)
jarayonlaridagi oʻzgarishlarini ajratib olishga imkon beradi. Karbonatli jinslarning
qatlamlariga granitoid magmaning singishi magneziali skarnlar va aralash
jinslarning (kvars dioritlar, gabbro-dioritlar, gabbroslar) xosil boʻlishi bilan tog
jinslarini magma bilan aralashish jarayonlarining keng rivojlanishiga olib kelgan.
Syenit-dioritlar (C)- konning markaziy va gʻarbiy qismlarida rivojlangan va
keng tarqalgan asosiy madanli jinslar hisoblanadi (ruda zaxirasining taxminan
58%), shuning uchun ular batafsilroq tavsiflanadi. Makroskopik tarzda, u ba'zan
porfirga oʻxshash kulrangdan pushti-kulranggacha boʻlgan bir xil donali tog
jinsidir. Uning tarkibida plagioklaz (55%), kaliyli dala shpati (20%), kvarts (7-
10%), biotit (10%), shox aldamchisi (3-5%) va qoʻshimcha minerallar (magnetit,
zirkon, apatit va boshqa minerallar 4% gacha) mavjud.
Biotit 0,2 - 0,8 mm oʻlchamdagi nisbatan jigarrang tusdagi, oʻziga xos
shaklga ega boʻlgan (idiomorfik) tangachalar xosil qiladi. Hamma joyda biotit
xlorit bilan faol uchraydi va odatda tangachalarning markaziy qismlarida faqat
kichik qoldiqlar (organizmlar) shaklida saqlanib qoladi. Biotitni xloritlash
jarayonida doimo ortiqcha temir, titan va fosfor ajralib chiqadi, bu esa bu
jarayonga hamroh boʻladigan dispers magnetit, rutil va apatit xosil boʻlishi bilan
bogʻliq. Boshqa toʻq rangli minerallardan ikkilamchi biotit bilan koʻp uchraydigan
oddiy shox aldamchisini oz miqdorini (3-5%) oʻz ichiga oladi.
Kaliyli dala shpati struktura tuzilishini yoʻqotgan koʻrinishlarda, ba'zida
kam nomoyon boʻladigan mayda dogʻli pertitlar bilan, oʻz kristall shaklini
13
yoʻqotgan ya`ni ksenomorf shaklida uchraydi. Ba'zi uchastkalardagi tog jinslarida
monsonit stukturasiga ega elementlar kuzatiladi: aniq kristalli strukturaga ega
boʻlgan plagioklaz bilan kaliyli dala shpatining yirik donalarini qoʻshilib yoki
aralashib ketishi kuzatiladi. Kaliyli dala shpatidagi ikkilamchi oʻzgarishlardan
koʻpincha kuchli pelitizatsiya ( pelitizatsiya - dala shpatlari, asosan, kaliy, ularni
loy minerallari bilan qisman almashtirish natijasida oʻzgarishining dastlabki
bosqichi) qayd etiladi.
Kvarts togʻ jinslarining asosiy minerallaridan eng kam idiomorfizmiga
egaligi bilan ajralib turadi. U tog jinslarida bir tekkis ajralgan oʻndan bir millimetr
kattalikdagi tartibsiz koʻrinishdagi izometrik konturlar bilan shakllanadi. Kaliyli
dala shpati va kvarts tog jinslarining kristallanishini yakunlaydi.
Eng keng tarqalgan qoʻshimcha minerallardan biri magnetit boʻlib, ular tog
jinslarida 0,01-0,5 mm oʻlchamdagi izometrik donalar shaklida teng ravishda
taqsimlanadi. Aksariyat ingichka boʻlaklarda apatitning kichik donalari va 0.01-0.1
mm oʻlchamda boʻlgan katta prizmalari mavjud boʻlib, ular odatda biotit bilan
fazoviy ravishda bogʻlanadi.
Tog jinslarining teksturasi massivli. Kvarts doimiy ravishda 7% dan 10%
gacha tog jinslarining tarkibida boʻladi, shuning uchun tog jinslarini kvartsli
siyenit-diorit va plutonik jinslarning yangi tasnifiga muvofiq - kvartsli
monzodioritlar deb tasniflash kerak.
Dioritlar (C
2
) Markaziy uchastkaning sharqiy qismini va qisman shimoliy-
g arbiy Balikti ni tashkil qiladi va ruda zaxiralarining 35 foizini oʻz ichiga oladi.
Markaziy qismda dioritlar gʻarbdan sharqqa choʻzilgan va gʻarbda 85 m dan
sharqda 565 m gacha boʻlgan yoʻnalishda choʻzilgan ruda tanasini xosil qiladi;
chuqurlikda dioritlar asta-sekin siyenit-dioritlarga aylanadi. Shimoliy-g arbiy
Balikti hududida dioritlar 482 skvajina hududidagi karbonatli jinslarning chiqishi
bilan chegaralanadi. Dioritlar mineral tarkibining barqarorligi bilan ajralib turadi
va batafsil oʻrganish natijasida faqat bioititli diorit, shox aldamchili dioritning
mahalliy koʻrinishlarini ajratib koʻrsatish mumkin; ba'zida dioritning gabbro-
dioritga oʻtishi qayd etiladi (260, 300, 307 skvajinalari boʻylab). Mavjud geologik
14
ma'lumotlar (dioritlarning karbonat jinslari bilan kantaklashishib asta-sekin siyenit-
dioritlarga oʻtishi, morfologik xususiyatlari va boshqalar) shuni koʻrsatadiki,
dioritlar karbonat jinslar (
) ustki qatlamining siyenit-diorit bilan birikishi
natijasida xosil boʻladi.
Makroskopik tarzdagi dioritlar – toʻq kulrang rangdagi, zich, massivli
teksturaga ega boʻlgan kichik va oʻrta donali tog jinslaridir. Dioritlarning tarkibi:
plagioklaz (55-60%), biotit va shox aldamchisi (40%), magnetit (2-3%). Boshqa
qoʻshimcha minerallar 1% dan kamroq qismini tashkil qiladi (apatit, ilmenit).
Plagioklaz jadvalsimon kristallar shaklida uchraydi; massiv atrofiga qarab
donalarning shakli aniq (idiomorfik) choʻzilgan prizmatikka oʻzgaradi, polisintetik
egizak xarakterlidir, bu koʻp hollarda deyarli sezilmaydi, chunki asosiy mineral
moddalar seritsit, karbonat va xlorit, prenit, albit bilan intensiv ravishda
almashinadi.
Biotit mayda (1 mm gacha) tangachalar shaklida rivojlanadi, rangi jigarrang
va och jigarrang, leykoksen va ma'danli mineral (odatda pirit) paydo boʻlishi bilan
xloritga aylanadi.
Shox aldamchisi oddiy, turli xildagi yashil rangli, donalarning shakli
choʻzilgan-prizmatik, kamroq olti qirrali, og ish burchagi 21-23° boʻlgan tog jinsi.
Ikkilamchi transformatsiya paytida shox aldamchisi odatda xloritga, tremolit-
aktinolit seriyasining ikkilamchi amfiboliga, karbonat, Epidotga aylanadi.
Olmaliq tipidagi granodiorit-porfirlari siyeno-dioritlar va dioritlar orqali
parchalanadi; yer yuzasida ular faqat shimoliy-g arbiy Balikti hududida paydo
boʻladi va Markaziy uchastkaning lyossimon jinslari ostida va 100m chuqurlikdagi
alohida skvajinalarda joylashadi. Yer yuzasidan taxminan 1000 m chuqurlikda
granodiorit-porfirning apofizlari bitta shtokverk shaklidagi tanaga birikadi.
Fenokristallar odatda tog jinslari hajmining 10-20% ini tashkil qiladi, ammo
ba'zi hollarda ularning soni keskin oshib, 75% ga yetadi. Plagioklaz boshqa
minerallarga qaraganda tez-tez uchraydi (fenokristallar umumiy miqdorining 70-
75%). Plagioklaz fenokristallarining oʻlchamlari odatda 0,5 dan 2,5 mm gacha
oʻzgarib turadi, ularning shakli, odatda, idiomorfik, jadvalsimon shaklida boʻladi.
15
―«Yoshlik-1»‖ koninin strukturasi
«Yoshlik-1» va Qalmoqir konlari yagona ruda birlashmasini - "Katta
Olmaliq" ni tashkil etadi. Ularning har birida, birinchi qarashda, yoriqlar bilan
ajralib turadigan joylar mavjud (1.2-rasm). Ilgari alohida konlar sifatida
oʻrganilgan bu maydonlar chuqurlikda murakkab shakldagi yagona ruda tanasi
shtokverkiga birlashadi.
Dostları ilə paylaş: |