10
1 ˗ ajratilmagan korbanat konlari (D
2-3
); 2 ˗ andizit-dotsitli porfirlar va ularning
tuflari (
); 3 ˗ kvarstli porfirlar(
); 4 ˗ granodiorit porfirlar (C
3
-P
1
); 5 ˗
Olmaliq tipidagi sionit-dioritlar (C
2
); 6 ˗ dioritlar (C
2
); 7 ˗ yoriqlar; 8 ˗ rudali
shtokverkning yer yuziga proyeksiyasi; 9 ˗ geologik kesma (razrez) chiziqlari.
Qumli-karbonatlarni oʻz ichiga olgan choʻkindi jinslar (0,5%), effuziv
kvarts-porfirlar (3,9%) va andezit-datsitli porfirlar (0,6%) oʻzlashtirish
uchun
ahamiyatsiz boʻlib, faqat shimoliy-g arbiy Balikti uchastkasida kichik qoyalar
koʻrinishida intruziv jinslarda saqlanib qolgan.
Kondagi qatlamli choʻkindi jinslar Devon vulkanik va qumli-karbonat
jinslaridan tashkil topgan. Quyi Devon ikki gorizont bilan tasvirlangan;
a) kvarts porfirlar (
)
b) andezit-datsit porfirlar (
)
Oʻrta-yuqori Devon qumli-karbonat yotqiziqlari (
) toʻgʻridan-toʻgʻri
ikkala andezit-datsit porfirida va kvarts porfirida yotadi. Ushbu jinslarning nisbati
shimoliy-g arbiy Balikti hududida va uning janubida yaxshi kuzatilgan. Intruziv va
ularni oʻz ichiga olgan qalinligi 40m gacha boʻlgan togʻ jinslari asosan toʻrtlamchi
davr yotqiziqlari (lyoss, toshlar) bilan qoplangan. Intruziv va ularni oʻz
ichiga
olgan qalinligi 40 m gacha boʻlgan togʻ jinslari asosan toʻrtlamchi davr yotqiziqlari
(lyoss, toshlar) bilan qoplangan.
To ʻ
jinslarining litologik-petrografik xarakteristikasi
«Yoshlik-1» konining asosiy madanli jinslari siyenit-dioritlar (ruda
zaxirasining 58%), ozroq darajada dioritlar (35%) va nihoyat granodiorit-porfirlar
(zaxiralarning taxminan 7%) hisoblanadi. Ruda jismlarini lokalizatsiya qilishda
boshqa jinslarning roli ahamiyatsiz hisoblanadi.
Kvarts porfirlari (
) faqat shimoliy-g
arbiy Balikti hududida keng
tarqalgan. Ular uchastkaning markaziy qismini tashkil qiladi va janubga qarab
kengayadi. Kvarts porfirlari qalinligi 40 m (shimolda) dan 400 m gacha (janubda)
qatlam koʻrinishidagi jismlar shaklida uchraydi. Ularning tarqalishining umumiy
maydoni taxminan 0,3 km
2
ga teng.
Bundan tashqari, kvarts porfirlari Markaziy
11
uchastkaning Qalmoqir yorigʻi ortida joylashgan janubiy-gʻarbiy qismini tashkil
etadi va bu yerda ular qatlamli ruda tanasi shaklida ham uchraydi.
«Yoshlik-1» koni tarkibida kvarts porfirli ruda jinslari deyarli yoʻq, ulardagi
mis miqdori kamdan-kam hollarda 0,3%
dan oshadi, ammo Sarq choʻqqi konida
bular misli rudaning asosiy minerallari hisoblanadi.
Makroskopik tarzdagi kvarts porfirlari ˗aniq porfir strukturasiga ega och
pushti tog jinslaridir. Porfirli ajratmalar tog jinslari hajmining 30-45
foizini
tashkil qiladi va ular kvarts, plagioklaz va kaliyli dala shpati bilan ifodalanadi.
Asosiy qismi kvarts, ortoklaz,
plagioklaz va biotitdan iborat; uning tuzilishi
mikrogranulitdir.
Kvarts porfirlarning oʻrtacha mineral tarkibi:
˗ kvarts - 33%;
˗ plagioklaz - 30%;
˗ ortoklaz - 34%;
˗ biotit - 3%.
Kondagi kvarts porfirining maksimal qalinligi 400 m ga yetadi.
Andezit-datsit porfirlari (
) maydoni taxminan 15 ming m
2
boʻlgan kichik
maydon shaklida faqat shimoliy-g arbiy Balykti hududida qayd etilgan. Ular
uchastkaning janubiy-sharqiy chekkasini egallab,
shimoliy-sharqiy chegaradan
tashqariga ham choʻzilgan. Andezit-datsit porfirlar qalinligi 40 m gacha boʻlgan
qatlamsimon ruda tanalari koʻrinishida uchraydi.
Tog jinslarining rangi kulrangdan toʻq kul ranggacha, aniq porfir tuzilishga
ega. Porfir kristallari tarkibida plagioklaz, kaliy, dala shpati, ba'zida parchalangan
biotit va shox aldamchisi mavjud. Qoshimcha minerallardan magnetit,
apatit va
sirkon eng koʻp tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: