68
yuzasidan tegishli xulosa chiqarish imkoni yuzaga keladi.
“Gunohkor bandangni
kechirgaysen, ey parvardigori olam! Faqir bu bebaqo dunyo lazzatlarini tark etib,
haq yo„lini tanlaganda tariqat o„rniga bunday nopok yumishlar qilamen deb
o„ylagan edimi?.. Mavlono Ali Qushchi betavfiqmi yo imoni barkamol bandangmi
– buni bu takabbur shayx qaydin bilur, tangrim?”
1
.
Epizod, parcha o„qilganidan so„ng muallif g„oyasi, tasviriy ifoda vositalarini
ochib berishga qaratilgan to„la sharh beriladi.
Sharhlab o„qish usulidan asar matni yuzasidan savol tuzish, ayrim epizod va
sahnalarni ifodali o„qish, qalamga olingan muammolar bo„yicha bahs-munozara
tarzida ham foydalanish mumkin. Sharhli o„qish tahliliy xususiyatiga ega bo„lgan
suhbatga ancha yaqinlashadi.
Adabiyot o„qitish metodikasida o„quvchilarning lug„at boyligini oshirib
borish va so„zga nisbatan ongli munosabatda bo„lish taqozo qilinadi. So„z ustidagi
ish aniq adabiy material asosida olib borilishi va o„quvchiga
asarni tushunishga
yordam berishi lozim. Masalan,
“...O„rmondan doim anbar nasimi esib turar,
tuprog„idan ham anbar isi anqib turar, sandal-u, obnus, sandarus, shabah kabi
xushbo„y daraxtlar u erda serob edi”
2
. Anbar – kitsimonlar
tanasidan olingan
xushbo„y modda.
Sandal – tanasi qora-sariq rangli, xushbo„y hid taratuvchi
daraxt
3
.
Obnus – qora daraxt
4
kabi.
Sharhlash chog„ida so„z ustida ishlashning metodik usullari va shakllarini
tanlashga ijodiy yondashuv badiiy asarni to„laqonli tushunishiga xizmat qilishi
kerak. Masalan,
9-sinfda
“Alpomish” dostoni qahramonlari ma‟naviy dunyosiga
munosabat bildirilayotganda amalga oshirilgan sharh u yoki bu voqelik yuzasidan
o„quvchida tasavvur uyg„otishga yordam beradi. Xususan,
Boysarining qavm-
qarindoshlaridan bezib, begona yurtlarda sargardon bo„lishiga sabab bo„lgan zakot
voqeasi, tabiiyki, sharhlash talab qiladi.
O„g„li Hakimbek bilan saxiylik fazilati va ziqnalik qusurlari haqida
suhbatlashib o„tirgan Boybo„rida ukasini yot odatlardan asrash istagi tug„iladi. Shu
suhbat bahonasida inisiga odam yo„llab, o„z ixtiyori bilan zakot berishini so„raydi.
Ma‟lumki, islom dinida mulkdor musulmonlar mol-mulki va daromadining
qirqdan bir ulushi miqdorida olinadigan diniy soliqqa zakot deyiladi. Nabiy
sollalahu alayhi vasallamning: “Qarindoshlariga zakot bergan odamga ikkita savob
tekkaydir – biri qarindoshlariga oqibat qilgani uchun, ikkinchisi – zakot bergani
uchun”
5
, – deyishlari bejiz emas, albatta.
Noo„rin izzat-nafsdan ko„ngil ko„zi xira tortgan Boysari o„z tug„ishgani asl
maqsadini anglashda ojiz qoladi. Oqibatda nafaqat oilasi,
balki butun
qabiladoshlari ham anchagina ko„ngilsizliklarni boshidan kechirishga majbur
bo„ladi. Dostonda zakot voqeasi syujetni harakatlantiruvchi asosiy vosita bo„lib,
qahramonlar boshidan kechirgan turfa sarguzashtlarni yuzaga keltirgan.
1
Yoqubov О. Таnlangan asrlar. II jild. –Т.: Sharq, 2007. – 71-bet.
2
Аlisher Navoiy. Хаmsa. Qisqartirib nashrga tayyorlovchi А.Hojiahmedov. –Т.: Yangi asr avlodi, 2013. –268-bet.
3
Berdak Yusuf. Mumtoz adabiy asarlar lug„ati. –T.: Sharq, 2010.
4
Navoiy asarlari uchun qisqacha lug„at. Тuzuvchi B.Hasanov. –Т.: Fan, 1993.
5
Ahmedov S. va boshq. Umumiy o„rta ta‟lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. –T.: Sharq, 2011. –30-bet.
69
Sharhlash o„quvchida insonlarni ezguliklarga chorlovchi ayrim an‟ana va
qadriyatlar mohiyati haqida yangi bilimlarni o„zlashtirish, qahramonlar xatti-
harakatlaridan xulosa chiqarish ko„nikma va malakalarini shakllantiradi.
Badiiy asarlarda sharhlashni talab qiladigan so„zlar ko„plab uchraydi.
Bunday paytda o„qituvchi sharhiga illyustratsiya ilova qilinsa, tushunish
osonlashadi. Masalan, “Xamsa”
dostoni qahramonlari, “Boburnoma”da hayvonot
va nabobat olami, Uvaysiy chistonlariga ishlangan miniatyuralar, qomuslar,
lug„atlardan foydalanish o„quvchilarning aqliy faoliyatini o„stirish, kuzatish
ko„nikmasini rivojlantirishga yordam beradi.
Slaydlar, hujjatli, o„quv va ilmiy-ommabop filmlar singari statik ko„rgazmali
qurollar leksik sharh uchun mos keladi. Namoyishdan maqsad o„quvchilarga asar
matnida uchrashi mumkin bo„lgan qator so„zlarning ma‟nosini
izohlash orqali
tasavvuri va nutqni o„stirishdir.
Matn ustida ishlash jarayonidagi sharh kontekst izohning lo„ndaligi va
ko„rgazmaliligini ta‟minlash, ayrim so„zlarning semantiklashuvini o„z ichiga oladi.
Eskirib qolgan so„zlar bilan yonma-yon zamonaviy shaklini yoki sinonimini berish
qiyin emas. Oddiy umumxalq tilidagi so„zlar izohlanishi, ko„p ma‟noli so„zlar yoki
iboralar ta‟kidlanishi mumkin. Ayniqsa, mumtoz va tarixiy asarlarni o„rganish
jarayonida bu talablarning ko„zda tutilishi o„quvchilarning matn mazmunini
tushunish, davr ruhini his qilish, til xususiyatlarini o„rganishga bo„lgan
qiziqishlarini oshiradi. Xususan, Boborahim Mashrab g„azallari tahlilida notanish
so„zlarga jadval tuzilib, ularning ma‟nolari qomuslar, izohli
yoki mumtoz asarlar
lug„atidan izlansa, so„zlarning etimologiyasi va leksikasi yuzasidan ham ma‟lum
darajada tadqiqotchilik faoliyati yo„lga qo„yiladi.
Xonavayronlar bilur aftodalarning holini,
Eyki, mahram bo„lmasang, chashmi tarimni kavlama
1
.
№ Izohtalab so„z
Qaysi tildan olingan
Ma‟nosi
1
Aftoda
forscha
Notavon, zaif; bechora.
3
Mahram
arabcha
Yaqin, sirdosh, ulfat; xizmatkor,
kanizak.
4
Chashmi tar
forscha
Yoshli ko„z, namli ko„z
2
.
Sinfdan tashqari o„qish mashg„ulotlarida badiiy asar yoki undan parchalar
o„rganishning yakuniy bosqichida leksikani sharhlash elementlari bilan suhbat
o„tkazish matn mazmunini chuqurroq o„zlashtirishga yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: