Mutlaq nol temperaturani olish mumkin emasligi postulati. Mikroskopik miqyosdagi ko'plab tizimlar, ya'ni kvant shkalasi bo'yicha energiyaning asosiy darajasi mavjud buzilib ketgan, bu eng past energiya darajasida turli xil sozlamalar mavjudligini anglatadi.
Bu shuni anglatadiki, ushbu tizimlarda entropiya hech qachon to'liq nolga teng bo'lmaydi. Harorat mutlaq nolga tenglashganda vitrifiyalanadigan tizimlarda entropiya to'liq nolga teng bo'lmaydi. Bu holda qoldiq entropiya oldin ko'rilgan.
Buning sababi shundaki, uning molekulalari mavjud bo'lgan eng past darajadagi energiya darajasiga etishmasdan oldin "tiqilib qoldi", bu esa mumkin bo'lgan mikrostatlarning sonini sezilarli darajada ko'paytiradi va entropiyaning to'liq nolga teng bo'lishiga imkon bermaydi.
Biror berk idishga suyuqlik solinib, ustiga gaz yuborilsa, gaz suyuqlikda eriy boshlaydi va nihoyat, suyuqlik gazga to’yinadi. Gazlarning suyuqliklarda eruvchanligi o’sha gaz va suyuqlikning tabiatiga, bosim va haroratga bog’liq. Harorat ko’tarilgan sari gazning eruvchanligi kamaya boradi. Ayni haroratda gaz eruvchanligining bosim o’zgarishi bilan o’zgarishi Genri qonuniga bo’ysunadi. Bu qonun juda muhim qonun bo’lib, quyidagicha ta‘riflanadi: Ma‘lum hajm suyuqlikda erigan gazning og’irlik miqdori gaz bosimiga to’g’ri proportsional bo’ladi:
С = К · Р
bu yerda: С – suyuqlikda erigan gazning og’irligi,
Р – bosimi,
К – o’zgarmas kattalik;
Gaz va qattiq moddalarning suyuqlikda va suyuqliklarning bir-birida erishi. Masalan, 1 atm bosim va 00 haroratda 1 l suvda 0,0654 g kislorod erisa, o’sha haroratda 2 atm bosimda 0,1308 g kislorod eriydi. Bosim ortgan sari gazning zichligi ham ortishi sababli 0,1308 g kislorodning 2 atm dagi hajmi 0,0654 g kislorodning 1 atm dagi hajmiga teng bo’ladi. Demak, Genri qonuniga muvofiq, ma‘lum hajmdagi suyuqlikda erigan gazning hajmi bosimga bog’liq emas.
Gazlar aralashmasi eritilganda har qaysi gaz mustaqil ravishda eriydi, ya‘ni bir gazning erishiga aralashmadagi boshqa gazlar hech qanday halal bermaydi, erish faqat gazning parsial bosimiga proportsional bo’ladi.
Genri va Genri – Dalton qonunlariga faqat suyuqliklar bilan kimyoviy reaksiyaga kirishmaydigan gazlar pastroq bosimlarda bo’ysunadi.
1 l erituvchida t0 da va Р bosimda eriy oladigan gazning hajmi uning eruvchanlik koeffitsienti yoki gazning adsorbtsiyaviy koeffitsienti deyiladi.
Gaz eritilgan suvga elektrolitlar qo’shilsa, gazning eruvchanligi kamayadi. Elektrolit qo’shilganda gaz eruvchanligining kamayish hodisasi «tuzlanish» deb ataladi.
Qattiq moddalarning suyuqlikda erishida eruvchanlik to’yingan eritma kontsentratsiyasi bilan o’lchanadi. Qattiq moddalar eruvchanligining temperatura bilan o’zgarishini Shreder tenglamasi ifodalaydi.
Ikki suyuqlik bir – biri bilan aralashtirilganda tubandagi uch holat kuzatiladi:
1) suyuqliklar o’zaro istalgan nisbatda aralashadi (masalan, suv bilan spirt);
2) suyuqliklar o’zaro ma‘lum chegaradagina aralashadi (masalan, suv bilan fenol);
3) suyuqliklar o’zaro aralashmaydi (masalan, suv bilan simob).
Shuni ham aytib o’tish kerakki, bir – birida mutlaqo erimaydigan suyuqliklar bo’lmaydi, bir suyuqlik ikkinchi suyuqlikda ozgina bo’lcha ham eriydi. O’zaro ma‘lum chegaragacha eriydigan suyuqliklarning eruvchanligi haroratning o’zgarishi bilan o’zgaradi va ba‘zan yuqoriroq haroratda ikki suyuqlik o’zaro cheksiz eriy boshlaydi. Bunga anilin bilan suvni misol qilib olish mumkin. Ozgina anilinga suv qushilsa, anilin erib ketadi.
Adabiyotlar. 1. Дамаскин Б.Б., Петрий О.А. Электрохимия: Учеб.пособиэ М: «Всшая школа», 1978. 296 с.
2. Смирнова Е.А. Курс статистической термодинамики и физической химии: Учеб.пособиэ 2-э изд. М: «Всшая школа», 1982. 456 с.
3. Statistik termodinamika: О‘quv qо‘llanma. Tuzuvchi B.U.Sagdullaev.Toshkent, 1990.
4. Usmonov X.U., Rustamov X.R., Raximov X.R. Fizik ximii. Toshkeng: "‘O’kituvchi", 1994.
5. Стромберг А.Г. Семченко Д.П. Физическая химия. М. "Химия": 2002.