Q o d IL o V, Q. O d IL o V umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari


www.ziyouz.com kutubxonasi 1 1 - b o b



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/65
tarix08.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#153031
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65
Umumiy elektrotexnika va elektronika asoslari (Q.Odilov) (1)

96
www.ziyouz.com kutubxonasi


1 1 - b o b
ELEKTROENERGIYANI ISHLAB CHIQARISH,
LZATISH VA TAQSIMLASH
11.1. Elektroenergiyani ishlab chiqarish
Elektroenergiya ishlab chiqaradigan qurilmalarni elektro- 
stansiyalar deyiladi. Elektroenergiya ishlab chiqarish uchun 
qandaydir birlamchi energiyani sarf qilish kerak.
Issiqlik elektrostarisiyalarida neft mahsulotlari, gaz, ko'm ir va 
boshqa turdagi yoqilg'ilar ishlatiladi.
Gidroelektrostansiyalar daryolarda qurilib, suvning bosimi 
bilan ishlaydi. Shamol bilan ishlaydigan elektrostansiyala ko‘proq 
Xitoy va Germaniyada qurilgan.
Hozirgi davrda quyoshning energiyasini to ‘g‘rid an -to ‘g‘ri 
elektroenergiyaga aylantiriladi. Elektroenergiya ishlab chiqarish 
uchun Yer yuzida ishlatiladigan xom ashyo kamligi uchun atom 
elek tro stan siy alari qurilgan va q u rilm oqda. 0 ‘zbekistonda 
elektrostansiyalarning quvvati 12 mln. kilovattdan ortib ketdi. 1 
miilion kilovattdan oshiq gidroelektrostansiyalar ishlab turibdi. 
Sirdaryo GRESning quvvati 3 mln. kVt, Chorvoq GESning quwati 
600 ming kVt va Toshkent GRESining quw ati 1,9 mln. kVt.
Uzoq joylarda elektroenergiya ishlab chiqarish uchun olib 
yuriladigan, suyuq yoqilg'ida ishlaydigan elektrostansiyalar ham 
ishlab chiqariladi.
11.2. Elektrostansiyalarning yuklanish (nagruzka) grafigi
Elektrostansiyalami ishlatilganda bir sutkali, oylik va yillik 
yuklanish grafiklari tuziladi.
Elektrostansiyaning sutkali yuklanish grafigini tuzilganda
gorizontal chiziq bo‘yicha soatlar, vertikal chiziq bo‘yicha esa o‘rta 
yuklanish siniq chiziqlar bilan belgilanadi. U nda bir kecha- 
kunduzda iste'm olchilar sarf qilgan elektroenergiya aniqlanadi. 
Bundan tashqari, grafikda har bir soatda yuklanish o'zgarib 
turishini aniqlanadi. 11.2.1-rasmda elektrostansiyaning birsutkada 
yuklanish o ‘zgarishi ko‘rsatilgan.
7 - 2 6
9 7
www.ziyouz.com kutubxonasi


kV t
I
0
4

12 
16 
2 0
2 4
s o a lla r
11.2.1-rasm.
Sutkali yuklanish grafigi.
Har bir oy va yil uchun 11.2.1 -rasmga o'xshash grafiklar 
tuziladi. Grafiklarga qarab elektroenergiya ishlab chiqarish uchun 
xom ashyo yetkazib berish, suvni tejash va elektrostansiyalarni 
ta'm irlash dasturlari ishlab chiqiladi.
11.3. Elektrostansiyalarning quwatini tanlash
Gidroelektrostansiyalarni tanlashda 0 ‘zbekistonda qishloq 
xo'jaligi va aholini suv bilan ta ’minlash hisobga olinadi. Shuning 
uchun to ‘g ‘onlar qurilganda suvni tejash masalalari va suv ostida 
qolib ketadigan yerlar hamda inshootlar hisobga olinadi.
Issiqlik elektrostansiyalarning quw atini tanlashda 15—20 yillar 
mobaynida iste'm olchilarning ko'payib borishi, quvvatning mak- 
simal ravishda ishlatilishi va elek tro en erg iy an i m asofadagi 
iste'molchilarga yetkazib berishi uchun 10— 15 % yo‘Ida yo‘qolib 
ketadigan quw at hisobga olinadi.
H am m a iste'm o lch ilarn in g belgilangan um um iy quvvati 
tokopriyomniklarning o ‘rnatilgan quvvati deb ataladi.
E lektrostansiyaning bir yilda ishlab chiqargan elek tro - 
energiyasini kilovatt-soatlarda uning (generatorlarning) quw atiga 
kilovattlarda nisbati elektrostansiyaning yil mobaynida quw atidan
9 8
www.ziyouz.com kutubxonasi


foy d alan ilg an so atlari h iso b lan ad i. E lek tro stan siy alarn in g
quw atidan bir yilda 6000—7000 soat foydalaniladi. Qolgan vaqtda 
uskunalar ta'm ir qilinadi. Agarda elektrostansiya yaxshi ishlab tursa, 
yozda ta 'm irla n a d i, chu n k i iste 'm o lc h ila r bu vaqtda kam 
elektroenergiya oladi.
11.4. Elektroenergiyani uzatish
Zamonaviy elektrostansiyalami suv manbalari, ko'm ir va gaz 
zaxiralari bor joylarda quriladi, chunki bu zaxiralarni iste'molchilar 
boryerga olib borishdan elektroenergiyani masofaga uzatish arzon 
va qulaydir.
Elektroenergiyani uzoq masofadagi iste’molchilarga uzatib 
beradigan qurilmalami elektroenergiya uzatish liniyalari deb ataladi. 
Masalan, Sirdaryo G RESidan Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va 
Qashqadaryo viloyatlariga hamda Toshkentga elektroenergiyani 500 
ming voltli elektroenergiya uzatish liniyalari orqali uzatiladi.
110 kilovoltli liniyalar elektroenergiyani iste'm olchilarga 
taqsimlab berishi uchun ishlatiladi. Uning uchun 110/35 kV 
tra n sfo rm a to r podstansiyalari quriladi. Bu tran sfo rm ato rli 
p o d stan siy alard a 110 kilovoltli k u ch lan ish n i 35 kilovoltli 
kuchlanishga aylantirib beriladi.
Transform atorlar iste'm olchilar yashash joyiga o ‘m atilib, 
undagi 35 kilovoltli kuchlanish 6—10 kilovoltli yoki 0,4 kilovoltli 
kuchlanishga aylantirib beriladi.
110 kilovoltli kuchlanishga ega boMgan liniyalar qishloq 
joylaridan o'tgan bo‘lsa, bu kuchlanishni 0,4 kilovoltli kuchlanishga 
aylantirib beradigan transform ator butkalari o ‘rnatiladi. 110 ming 
voltli kuchlanishni 6— 10 yoki 0,4 kilovoltga aylantirib beradigan 
transform ator punktlarini ushbu qo‘llanma muallifi yaratgan. 
H o zird a bunday tra n s fo rm a to rla r resp u b lik am izn in g tu rli 
v ilo y a tla rid a is h la tilib k e lin m o q d a . T o sh k e n t m e tro sin i 
elektroenergiya bilan ta'm inlashda 110 kilovoltli kabel liniyalari 
qoMlangan. K abellarning har birining ichida katta bosim da 
transformator moyi ushlab turiladi. Bunday qurilma 1984-yildan 
beri ishlaydi. Agarda. bunday liniya Toshkent shahrida qo ‘1-
99
www.ziyouz.com kutubxonasi


lanilmaganda, uylarni buzib, yerning ustidan 110 ming voltga ega 
boMgan elektr uzatish liniyalarini qurish kerak boMar edi.
11.5. Elektroenergiyani taqsimlash
Elektroenergiyani ishlab chiqarish, uni masofalarga uzatish, 
va iste'molchilaiga taqsimlash hamda tokopriyomniklami ishlatishda 
elektroenergiyani taqsimlash asosiy muammo hisoblanadi. 11.5.1- 
rasmda iste’molchilarni elektroenergiya bilan ta'm inlash sxemasi
ko‘rsatilgan. PS — podstansiya, 
kabel liniyasi.
T ransform atorning elektro- 
energiya u zatish lin iy alari va 
ta q sim lash ta rm o q la ri u c h u n
yuqori kuchlanishli kommutatsiya 
apparatlari ishlatiladi.
Liniyalar va tarmoqlarni ulash, 
o ‘chirish hamda qisqa tutatishdan 
saqlash uchun yuqori kuchlanishga 
m oM jallangan v ik ly u c h a te lla r 
qoMlanadi.
Elektr tarm oq liniyalaridan 
o ‘tad ig an quvvatni h iso b lash , 
sim larning qalinligini aniqlash 
uchun iste'm olchilarning q u w a- 
tini bilish kerak.
Masalan, elektrodvigatelning 
hisoblash (raschyotniy) quw atini 
quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda: 
tj
— dvigatelning foydali 
ish koeffitsiyenti.
0 ‘zgaruvchan e lek tr to k i,
K — ochiq elektr liniyasi yoki
11.5.1-rasm
Iste'molchilarni 
elektroenergiya bilan 
ta'minlash sxemasi.
1 0 0
www.ziyouz.com kutubxonasi


dvigatelning reaktiv hisoblash quw ati Q va to ‘liq quw ati Sp ni 
quyidagicha topiladi:

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin