III-BOB. YER RESURSLARINI BOSHQARISH BO SQICH LARI VA
RIVOJLANISH QONUNIYATLARI
1. Jam iyatda yerdan foydalanishning paydo bo‘lish shakllari
Planetam izda hayotni paydo bo'lgan kunidan boshlab yer insonning yashash
o ‘rni ham da hayot faoliyatining manbasi hisoblanadi, hech bir jam iyat yerdan
foydalanmay turib mavjud b o ‘la olmaydi. Ibtidoiy jam oa tuzim ining boshida inson
o ‘sim liklar mevalaridan foydalangan, yashash uyini qurish uchun to g ’ ichidagi
g ’orlarni, daraxtlam i m oslashtirgan. Jamiyat rivojining ushbu davrida yer inson
hayotida va faoliyatida passiv rol o ‘ynagan.
Dehqonchilikni chorvachilikdan
ajratilishi ham da dehqonchilik madaniyatini rivojlanishi bilan yer insonlar xo ‘jalik
faoliyatining faol jarayoniga qo'shildi. U har qanday ishlab chiqarishning zaruriy
sharti, kenglik-operatsion asosga aylandi, qishloq xo'jaligida eng m uhim rolni o'ynay
boshladi.
B ulam ing barchasi jam iyatda yerlarga egalik qilish, tasarruf qilish va
foydalanish bo'y ich a vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar va m unosabatlarda
yerdan
foydalanishning
rolini
tubdan
kuchaytirdi.
Ekologik
tanglikning
kuchayganligi sharoitida tabiiy resurslar majmuasi ham da jam iyatning o'zaro
garmonik rivojlanishiga zaruriyat, yerlarni ekologlashtirish yerdan foydalanishni
muhim
tom oniga
aylanadi.
Bozor
munosabatlarining
rivojlanishi
yerdan
foydalanishga fiskal va bozor xarakterini berdi, yer tovar-pul m unosabatlariga jalb
qilindi. Bu esa, o 'z navbatida, yerni jam iyatdagi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalar va
munosabatlardagi rolini tubdan oshirdi. Bularning barchasi yerdan foydalanishni har
qanday jam iyatni rivojlantirishning obyektiv, zaruriy sharti sifatida tavsiflanadi.
Jamiyat rivojlanishi bilan o 'z navbatida yerdan foydalanishning k o 'p qirraligi
kuchayadi, u k o 'p funksional, k o 'p maqsadli xaraktem i oladi. Yerdan foydalanish
xarakteri takomillashadi. Bu hoi undan foydalanish jarayonining dialogik mohiyatini
46
k o ‘zda tutadi, uni dinamik va doimiy rivojlanuvchi sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning
rivojlanishida yerning roli va undan foydalanish xarakteri etarli darajada to 'la
o'rganilgan ham da iqtisodiyot nazariyasining klassiklari tomonidan asosli tarzda
yoritilgan.
M oddiy
ishlab
chiqarishning
omili
sifatida
yerdan
foydalanishga,
iqtisodiyotning turli tarm oqlarida undan samarali foydalanish muammolariga ko‘p
sonli tadqiqotlar b ag ’ishlangan b o ‘lsa-da, noqishloq xo ‘jalik ishlab chiqarishda
yerlardan iqtisodiy foydalanish mexanizmi etarli darajada o'rganilgan emas. ushbu
yerlarni qiym at baholash uslubiyati ishlab
chiqilmagan va qiymat baholash
o'tkazilm agan, ishlab chiqarishning asosiy omillaridan biri sifatidagi yerga to ‘g ’ri
keladigan ishlab chiqarish daromadining miqdori belgilanmagan, yer uchastkasini
ijara huquqining qiymati mavjud emas, yer solig’ining ilmiy asoslangan miqdorlari
va boshqalar mavjud emas. Jamiyat tomonidan yerlarning ijtimoiy va rekreatsion
qirralaridan foydalanish masalasiga kelsak, ular amaliy jihatdan umuman
o‘rganilmagan. Yer bu tarm oqda kenglik-operatsion asos sifatida foydalaniladi degan
faktni e ’tiro f etishdan o ‘zga biron-bir aniq tadqiqot mavjud emas. bundan tashqari,
ijtimoiy va rekreatsion samaradorlikni aniqlash va baholash, ularni qiymat jihatidan
yoritish, ushbu yerdan foydalanish samaradorligini baholash va boshqalar ham
mavjud emas,
yerdan foydalanishning ekologik qirrasi ham etarli darajada
o'rganilm agan.
Ushbu muammolarning barchasi am alda mamlakat iqtisodiyotini,
jum ladan yerdan foydalanishni bozor m unosabatlariga o'tishi bilan dolzarblashib
ketdi.
Jam iyatda yerni resurs sifatida qishloq x o ‘jalik ishlab chiqarish hamda
noqishloq x o ‘jalik
ishlab chiqarish (ijtimoiy, rekreatsion, tabiatni muhofazalash)
iste’moli mavjuddir. Shu munosabat bilan yerdan foydalanish usullarini ham uni
ishlab chiqarish va noishlab chiqarish iste’mollari nuqtai nazaridan qaramoq lozim.
Bu hoi yerdan foydalanish usullarini ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
mohiyatlariga ajratishga imkon beradi.
Birinchisi, qoidaga binoan, yerdan foydalanishga iqtisodiy samaradorlikni
olish bilan, ikkinchisi-asosan ijtimoiy va rekreatsion
samaradorlikni olish bilan
47
bog’liqdir. Birinchiga agro xo'jalik va sanoat ishlab chiqarish usullarini kiritish
mumkin. A groxo'jalik usuli yerni haydash vositasi bilan yerning ustki qatlamidan
(tuproq) foydalanishni ham da qishloq xo'jalik ekinlarini o'stirish uchun zarur bo'lgan
tuproq bilan texnologik operatsiyalarni o'tkazishni k o 'zd a tutadi. Bu holatda yer
asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida gavdalanadi. O ’z navbatida ushbu usulni uni
ishlash texnologiyalarining turlari bilan bo g ’liq (qishloq xo'jalik ekinlarining
maydonlari, k o 'p yillik daraxtzorlar), ham da ishlovsiz (amm o yaylovlar almashishini
kiritgan holda) texnologiyalam ing turlari bilan b o g ’liq yerdan foydalanish usullariga
ajratish mumkin.
Sanoat-ishlab chiqarish usuli sanoat, transport, shuningdek xizmat ko'rsatish
sohasi ham da savdo obyektlarini joylashtirish va turgun tarzda mavjud bo'lishi uchun
yer uchastkalarini kenglik jihatdan moslashuvi bilan bo g ’liq. Yerdan foydalanmasdan
turib obyektlarni ishlash jarayoniham , demak, m ahsulot ishlab chiqarish ham mumkin
bo'lm aydi. Y er bu jo y d a ishlab chiqarishning zaruriy sharti, ishlab chiqarish omili
sifatida gavdalanadi. Ikkala usulda ham yerdan foydalanish natijasi bo'lib iqtisodiy
mahsulot olish (iqtisodiy samaradorlik, shu jum ladan pullik xizmatlar ham) xizmat
qiladi. M asalan, zavod va fabrikalar, energetika va boshqa sanoat obyektlarini qurish
ishlab chiqarish binolarini, maxsus qurilm alam i, injenerli tarm oqlarni, kirish yullarini
va boshqalarni jam lashtirish uchun yer uchastkalarini rejali-balandli moslashtirish
bilan bo g ’liqdir. Qurilish ustki qatlamni buzilishiga, qurilish davrida tuproq qatlamini
bir joy g a to'plashga yoki uni qishloq xo'jalik yerlariga ko'chirishga ularni
keyinchalik rekultivatsiya qilish tartibi bilan mahalliy qurilish
materiallaridan
foydalanish uchun kareralar yaratishga zaruriyat tug’iladi. Transport obyektlarida yer
uchastkalarini qurishga tayyorlash avtomobil yullari asosini, tem ir yul polotnosini
yaratish, metropolitenni qurishda va foydalanishda gruntlarni ishlash yordamida yer
osti yullarini yaratishdan iborat. Yopiq usulda yer osti qazilm a boyliklarini qazib
olishmaqsadida yer uchastkasini tayyorlash gorizontal v a vertikal, etarli darajada
keng yer osti yullarini yaratish ham da qazib olish davrida ulardan foydalanishdan
iborat.
Ochiq usulda qazib olishda ushbu m aydonlarda keyinchalik (ishlar
tugaganidan so'ng) rekultivatsiya
ishlarini o'tkazish bilan nisbatan katta
maydonlardagi yerning ustki qatlamini sidirib olish amalga oshiriladi. Sanoat va
transport obyektlari aksariyat hollarda maxsus rejim tashkil etishni, y a’ni ulardan
normal foydalanish ta ’qiqlanadigan, q o ‘riqlanadigan, sanitariya-himoya, qirg’oqlam i
qo‘riqlash mintaqasi singari maxsus mintaqalarni yaratishni talab qiladi.
N oishlab chiqarish usullari faqatgina kenglik-operatsion asos sifatida yerlardan
foydalanishdagina mavjud b o ia d i hamdaiqtisodiy mahsulot olish bilan bog’liq
emas.bunday yerdan foydalanish faoliyatning ijtimoiy, reaksion v atabiatni qo ‘riqlash
sohalari uchun xarakterlidir. Ijtimoiy sohada yer uchastkalari uy-joylar qurish ham da
ijtimoiy ahamiyatdagi obyektlarni joylashtirish uchun foydalaniladi. Y er bu joydan
kenglik-operatsion
asos
rolini
bajaradi
va
undan
foydalanish
usuli
yer
uchastkalarining ustki qismining obyektlarini qurish (bino va inshoatlami) va
foydalanishga m oslashtirish ham da aksariyat ijtimoiy samara olish bilan bogiiq d ir.
Rekreatsion sohada yerdan foydalanish xarakteri yoppasiga dam olish mintaqalarini
(suvga to iis h joylari, k o ila r, dam olish parklari, kema stansiyalari va boshq.) tashkil
etish uchun moslashtiriladi. Yer bu joyda kenglik asosi rolini bajaradi.
S ogiom lashtirish mohiyatidagi yerlarga kelsak, aynan ushbu holatda ulam ing tabiiy
xususiyatlaridan (davolovchi loylar, minerallangan suv, iqlim xususiyatlari)
foydalaniladi. Bunday hollarda yerdan foydalanish rekreatsion (sog’lomlashtiruvchi)
samaradorlikni olish bilan bog’liqdir.
Tabiatni qo'riqlash sohasi uchun (qo'riqxonalar, buyurtma b og’lar) ularga hech
qanday texnogen ta ’sir o ‘tkazmasdan o ‘simlik va hayvonot dunyosi yordamida
yerdan foydalanishning ‘4abiiy” usuli xarakterlidir. Yerdan foydalanish ushbu
usulining natijalari ekologik samaradorlikdir (o'sim lik va hayvonot dunyosining
o‘ziga xos turlarini saqlash-mahsulot).
E ’tirof etish joizki,yerdan foydalanishning sanoat-ishlab chiqarish hamda
noishlab chiqarish usullari bugungi kunda etarli o ‘rganilgan emas. Ayniqsa yerdan
foydalanishning ijtimoiy, rekreatsion va ekologik samaradorliklarini o'm atish
masalalari tadqiq qilinmagan. K o‘rib chiqilayotgan barcha usullar uchun yerdan
foydalanishning ekstensiv ham da intensiv usullari xarakterlidir.
49
Yerni erkin bozor sharoitida iqtisodiy foyda (iqtisodiy samaradorlik) olish nuqtai
nazardan
foydalanish
usullari
sifatida-tijorat
usuli
alohida
ajratiladi.
Yer
uchastkasining oldi-sotdi operatsiyalari harakatda qatnashm ayotgan tomonlari
m a ’lum iqtisodiy foyda olish bilan, shuningdek yer uchastkalariga (ko‘chmas mulk
obyektlari)bo‘lgan huquqlarni davlat ro ‘yxati uchun bojni yullanishi bilan bog’liqdir.
Shu bilan birga ushbu usul yerga qandaydir texnik-texnologik ta ’sir etish bilan
bo g ’liq em as,natijada uni faqatgina yerdan foydalanishning “muvaqqat o ‘tish” usuli
sifatida qarash ancha to 'g ’ri bo'ladi,negaki u yer uchastkasi bilan xarakatlar davriga-
qisqa muddatli xarakterga egadir. Undan yangi egasi tom onidan keyingi foydalanish
(yangi xarakatlarga qodir) yuqorida k o ‘rib o ‘tilgan usullardan bittasi yordamida
am alga oshiriladi.
Tabiiy resurs sifatida yerdan foydalanish uni asosiy xususiyatlarini hisobga olish
bilan bo g ’liq. Jamiyat faoliyatining turli sohalarida foydalaniladigan tabiiy rusurs
sifatidagi yer faqat uning o ‘zigagina xos, ham da boshqa ishlab chiqarish vositalaridan
farq qiluvchi o ‘ziga xos xususiyatlarga egadir. M axsus adabiyotlarda odatda uning
quyidagi xususiyatlari keltiriladi:
1. Ishlab chiqarish vositasi sifatida foydalaniladigan, o'zining tuproq qatlami
bilan tabiiy-tarixiy tanasifatidagi yer tabiat mahsuli hisoblanadi, shu bilan bir qatorda
ishlab chiqarish vositalari singari inson mexnatining natijasidir.
2. Ishlab chiqarish jarayonida yer amaliy jixatdan o 'z joyini o ‘zgartirmaydi,uni
joylashgan o ‘rni o'zgarm asdan qoladi. Undan farqli o ‘laroq ko'pgina ishlab chiqarish
vositalari harakatchandir va zaruriy hollarda kenglikda o ‘z o'rnini o ‘zgartirishi
mumkin. Shu munosabat bilan harakatlar maydonlarini tashkil etishda ishlab
chiqarish vositasi sifatida yerdan ancha to ‘la va oqilona foydalanishga erishish
maqsadida ishlab chiqarishning barcha elementlarini to 'g ’ri joylashtirishni k o ‘zda
tutish mumkin.
3. Ishlab chiqarish jarayonida barcha ishlab chiqarish vositalarining jism oniy va
m a’naviy eskirishi yuz beradi. Buning natijasida ulardan foydalanish samaradorligi
pasayadi yoki to ‘la yuqoladi ham da oxir-oqibatda ishlab chiqarmsh sohasidan chiqib
ketadilar. Qishloq va o ‘rmon xo'jaliklarida asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatidagi
50
yer undan to ‘g ’ri foydalanishda noinki yem irilishga uchraydi, balki aksincha
yaxshilanadi-unumdorligi oshadi.
4.
Tabiiy-tarixiy tana sifatidagi yerning ustki qismi yer sharining quruqlik qismi
bilan chegaralangan va miqdoriy o'zgarm asdi. Yer ishlab chiqarish vositasi sifatida
boshqa hech bir ishlab chiqarish vositalari bilan almashtirilishi mumkin emas. Shu
bilan bir vaqtda boshqa ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi kuchlarning
rivojlanish jarayonida doimo o ‘zgaradilar ham da aksariyat hollarda ular boshqalari
bilan almashtirilishi mumkin.
5. Yer - ishlab chiqarish vositasi sifatida uni faoliyatini ta ’minlaydigan barcha
tabiiy resurslar va iqtisodiy m uhit elementlarini,inson bilan birgalikda, planetadagi
barcha yirik mavjudodlarni saqlash asosidir.
6. Qishloq x o ‘jaligida yer bilan sug’orish kanallari, yullar, kollektor-zovur
tarm oqlari, gidrotexnik inshootlar, dalalar shiyponlari kabi ishlab chiqarish vositalari
uzviy bo g ’liqdirlar.
7. Qishloq x o ‘jaligida yer asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida boshqa tabiiy
olim lar (yorug’lik, suv, havo, issiqlik) majmuasidan foydalanadi. Ushbu xususiyatni
hisobga olish texnologiyalarning m intaqaviy xususiyatlariga, qishloq xo'jaligiishlab
chiqarishini
to 'g ’ri
joylashtirishga,alohida
regionalar,tumanlar,
korxonalar
ixtisosliklariga katta ta ’sir ko'rsatadi.
8. Barcha ishlab chiqarish vositalari mexnat taqsimoti uchun manbaa yaratadi,
shu bilan bir vaqtda yerlardan oqilona foydalanish qishloq x o ‘jalik ekinlarini
almashishini va tarmoqlarni qo'shilishini k o 'zd a tutadi. Bu xususiyat ayniqsa keng
tarkalgan ixtisoslikdagi qishloq x o ‘ja lik korxonalarini tashkil etishda muxim rol
o'ynaydi.
9. Yer asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida faqatgina ekinlar vegetatsiya
davridagina foydalaniladi, shu bilan bir vaqtda boshqa ishlab chiqarish vositalari vaqt
b o ‘yicha hech qanday bo'linm agan tarzda yil davomida foydalaniladi.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish iste’molining umumiy sharti sifatidagi
Yerning sanab o ‘tilgan belgilari va o 'zig a xos xususiyatlarini hisobga olish umuman
51
yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta ’minlashda muhim axamiyat
kasb etadi.
Jamiyatni xom -ashyoga va oziq-ovqat mahsulotlariga doim o ‘sib boruvchi talabi
dehqonchilik oldiga mavjud ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish, ular
maydonlarini unumdorligi ancha past boshqa yer turlari hisobiga kengaytirish
vazifasini qo'yadi. Ammo qishloq xo'jaligini ekstensiv rivojlanishi yer resurslari
maydonlarining
chegaralanganligi
bilan
cheklanadi,
shuning
uchun tuproq
unumdorligini kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni am alga oshirish o ‘ta muhim
muammo hisoblanadi. Yerlarni chegaralanmaganlik sharti uni yerning ishlab
chiqarish kuchlarini chegaralanganligibilan qo ‘shilib ketishga, yer shari aholisini
yerlarni ishlab chiqaruvchi kuchlarining rivojlanishiga nisbatan katta m iqdorlarda
o ‘sib ketayotganligi to ‘g ’risidagi “nazariya”ni ham da shu nazariya bilan bo g ’liq
“tuproqlar unumdorligini pasayish qonuni”deb nom olgan qonuni qabul qilishga asos
bermaydi. D unyoning iqtisodiy jihatdan rivojlangan
m am lakatlarida qishloq
xo'jaligini yuritish amaliyoti (masalan, Shvetsiya, Gollandiya, SShA, Germaniya)
ushbu nazariyani qat’iy rad etdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, ishlab
chiqarish texnologiyalarining takomillashganligi sharoitida yuqoriga aytib o'tilgan
“qonun” hech qanday logik m azm unga ega b o ‘lmaydi. Ishlab chiqarishni
intensifikatsiyalashning muhim om illaridan biri hisoblangan qishloq xo'jaligidagi
ilm iy-texnik rivojlanish ushbu qoidani yana bir karra tasdiqlaydi.
H ar qanday iqtisodiy
mahsulotning takror ishlab chiqarish jarayonida yer
ishlab chiqarishning o ‘ta muhim va almashtirib bo'lm as moddiy omili sifatida
gavdalanadi. Asosiy ishlab chiqarish vositasida qishloq xo'jaligida unga ishlab
chiqarishning yangi om illarining eng asosiy o ‘m i beriladi, negaki keyingisining
iste’moli foydalanilmaydigan Yerning miqdoriy va sifat tavsiflari bilan bog’liq.
Sanoatda,transportda, ijtimoiy sohalarda yer ishlab chiqarishivositasi, kenglik-
operatsion asos sifatida gavdalanadi.
|