Q. Rahmonov Sh. K. Narbayev Z. M. Muqimov yer resurslarini boshqarish


 Mamlakat yer fondidan foydalanish tavsifi



Yüklə 3,16 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/32
tarix24.10.2023
ölçüsü3,16 Mb.
#160974
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32
2. Mamlakat yer fondidan foydalanish tavsifi
Yer uchastkalariga nisabtan huquqni vujudga kelishi avvalambor yer ajratish 
kabi huquqiy tadbirni amalga oshirish bilan vujudga keladi. Yer uchastkalarini ajratib 
berish 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, viloyatlar, Toshkent shahri, 
tumanlar, shaharlar hokimlari tomonidan am alga oshiriladi.
Yer uchastkalariga nisbatan huquqni vujudga kelishida yer berish jarayoni 
muhim ahamiyatga ega. Yer berish yer uchastkalariga nisbatan huquqni vujudga 
kelishiga nisbatan asosiy vosita bo‘lib, bu jarayon m a’lum bosqichlardan iborat, y a’ni 
birinchisi: yer berilishini so‘rab ariza berishidir; ikkinchi bosqich mazkur arizani 
vakolatli davlat organida k o ‘rib chiqish; uchinchisi yer ajratish to ‘g ‘risida qaror 
chiqarish; to ‘rtinchisi natura tartibida yer uchastkasini joyida yer tuzilishida asosan 
ajratib berishdan iborat.
Yer uchastkasining mulkdori, egasi, foydalanuvchisi va ijaraga oluvchisi 
qo‘shni yer uchastkasining, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasining ham 
mulkdori, egasi, foydalanuvchisi ham da ijaraga oluvchisidan o‘zining o ‘zganing yer 
uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) belgilanmasa 
ta ’minlanishi mumkin boMmagan ehtiyojlari uchun servitut berilishini talab qilishga 
haqlidir.
31


0 ‘zbekiston Respublikasida yer - davlat mulki, umummilliy boylikdir, undan 
oqilona foydalanish zarur. Yer davlat tomonidan m uhofaza qilinadi. Davlat yerning 
asosiy egasi sifatida yer fondiga egalik qilish va undan to ‘g ‘ri foydalanishni ham 
tashkil etishi zarur. Shunday tashkiliy tadbirlardan biri davlat yer kadastri 
hisoblanadi. Demak, mam lakatning yagona yer fondi-yer kadastrining obyekti 
hisoblanadi. Yer fondi undan foydalanishning asosiy m aqsadiga qarab quyidagi 
toifalarga bo'linadi:
1) qishloq xo'jaligi yerlari - qishloq xo'jaligi extiyojlari uchun yoki shu 
maqsadlarga m o'ljallangan yerlar;
2) aholi punktlarining yerlari (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlari 
yerlari), shahar v a poselka va qishloq aholi punktlari chegaralari doiralaridagi yerlar;
3) sanoat, transport, aloqa, m udofaa m aqsadlarida foydalanish uchun 
m oijallangan yerlar;
4) tabiatni muhofaza qilish, soglom lashtirish rekreatsiya m aqsadlarida 
foydalanish uchun m o'ljallangan yerlar;
5) tarixiy-m adaniy m aqsadlarda foydalanish uchun m o‘ljallangan yerlar;
6) o ‘rmon fondi yerlari;
7) suv fondi yerlari;
8) zahira yerlar.
Qishloq x o ‘ja lik ehtiyojlari uchun ajratib berilgan yerlar shu sohaga 
m o‘ljallangan yerlar deb hisoblanadi. Bu yerlar qishloq xo'jaligi m aqsadlarida 
faoliyat k o ‘rsatish uchun zarur bo'lgan ekinzorlar, daraxtzorlar, ichki xo'jalik 
y o illa ri, kommunikatsiyalar, o'rm onlar, berk suv xavzalari, binolar va inshootlar, 
aholi yashash jo y lari bilan band bo'lgan yerlarga ajratiladi. Haydaladigan yerlar, ko'p 
yillik darxtzorlar (B og” zor, tokzor va tutzorlar), yaylovlar, pichanzorlar va b o 'z yer­
lar qishloq xo'jaligi yerlari jum lasiga kiradi. Qishloq xo'jaligiga m o'ljallangan yerlar 
doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish m aqsadlarida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish 
kooperativlariga (shirkatlarga), boshqa qishloq xo'jalik korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga, fermer xo'jaliklarini tashkil etish va yuritish, dehqon xo'jaligini, 
xususiy bog"dorchilik, jam oa bog‘’dorchiligi va uzumchiligi uchun Respublika
32


fuqarolariga, yordamchi qishloq x o ‘jaligini yuritish uchun qishloq x o ‘jaligi bilan 
shug'ullanm aydigan korxonalar; muassasalar va tashkilotlarga beriladi.
Qishloq xo ‘jaligi yerlarini irrigatsiyalash va suvdan foydalanish tizim iga 
asoslangan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosi va yerlardan 
foydalanish jarayonida tuproq unumdorligini oshirishning shartidir. Qishloq 
xo'jaligida foydalaniladigan va sug'orishni ta ’minlay oladigan sug‘orish manbaasi 
bilan bog°langan doimiy yoki m uvaqqat sug‘orish tarm og‘iga ega b o ig a n yerlar 
sug'oriladigan yerlar jum lasiga kiradi. Sug‘oriladigan yerlar davlat organlari 
tomonidan maxsus m uhofaza qilinadi, ularni sug'orilm aydigan yerlar sarasiga 
o‘tkazish 
alohida hollarda, tuproq - meliorativ va iqtisodiy sharoitlarni ham da 
yerlarning suv bilan ta ’minlanganligini, ulardagi mavjud suv resurslarini va ularga 
belgilangan m e’yorlashni e ’tiborga olib viloyat hokimliklari tomonidan 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Shahar va posyolka doirasidagi barcha yerlar shaharlar va posyolkalar yerlariga 
kiradi. Shahar va posyolkalar yerlari tarkibiga shahar qurilishi yerlari, umumiy 
foydalanishdagi yerlar, qishloq hujaligida foydalaniladigan yerlar, daraxtzorlar 
egallagan yerlar, sanoat transport, aloqa, mudofaa yerlari v a boshqa maqsadlarga 
m oijallangan yerlar, tabiatni muhofaza qilish, sogiom lashtirish, rekreatsion va 
tarixiy - m adaniy maqsadlarga m oijallangan yerlar, suv fondi yerlari va zahira yerlar 
kiradi.
Qishloq aholi punktlarining yerlariga belgilab qo'yilgan chegaralari doirasidagi 
hamma yerlar kiradi. Qishloq va ovul, o ‘zini-o‘zi boshqarish organlari tassarrufidagi 
qishloq aholi punktlarining qishloq xo'jaligi hamda o‘rmon xo'jaligi korxonalari 
muassasalari va tashkilotlari foydalanadigan yerlar kiradi.
Sanoat yerlari jum lasiga sanoat korxonalariga, jum ladan undirma sanoat va 
energetika korxonalariga ishlab chiqarish va yordamchi binolar ham da inshoatlar 
qurilishiga doimiy foydalanish uchun berib qo'yilgan yerlar kiradi. Transport yerlari 
jum lasiga tem ir y o ‘1, ichki suv transporti korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga 
transport inshoatlari, qurilmalari va boshqa obyektlarni ishlatish, saqlab turish, 
qurish, qayta qurish, ta ’mirlash, takomillashtirish va rivojlantirish sohasida ular
33


zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun doimiy foydalanishga berib 
qo'yilgan yerlar kiradi. Aloqa yerlariga aloqa tizimi obyektlarini ham da ularga 
tegishli inshoatlarni joylashtirish, aloqa, radioeshittirish, televideniya va axborot 
korxonalari m uassasalari va tashkilotlariga doimiy foydalanish uchun berib qo'yilgan 
yerlar kiradi. Q urolli kuchlar, chegara, ichki va tem ir y o ‘l qo'shinlarining harbiy 
qismlari, harbiy o 'q u v yurtlari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining 
joylashishi ham da doimiy faoliyati uchun berib qo‘yilgan yerlar m udofaa ehtiyojlari 
uchun m o'ljallangan yerlar deb e ’tiro f etiladi. Boshqa m aqsadlar uchun m o'ljallangan 
yerlar jum lasiga korxonalar, muassasalar va tashkilotlar foydalanadigan, qishloq 
xo'jaligi yerlari aholi punktlari, sanoat transport, aloqa, mudofaa, tabiatni muhofaza 
qilish, so g iom lashtirish, rekriatsion va tarixiy-m adaniy m aqsadlarga m o'ljallangan 
yerlar tarkibiga, shuningdek o ‘rmon va suv fondlari tarkibiga kirmagan yerlar kiradi.
Suv x o'jaligi ehtiyojlari uchun 
korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga 
belgilangan tartibda berib qo'yilgan suv xavzalari (daryolar, k o 'llar, suv omborlari v a 
h.) gidrotexnika va boshqa suv xo'jaligi inshoatlari egallab turgan yerlar, shuningdek 
suv xavzalarining qirg'oqlari va boshqa suv obyektlari b o'ylab ajratib qo'yilgan 
zonadagi yerlar suv fondi yerlari jum lasiga kiradi.
Tabiatni m uhofaza qilishga m o'ljallangan yerlar tarkibiga korxonalar, 
muassasalar 
va 
tashkilotlarga 
maxsus 
maqsadlar 
uchun 
berilgan 
davlat 
qo'riqxonalari, m illiy va dendrologiya b o g '’lari, botanika bog‘’lari, buyurtma 
bog” lar (ovchilikka m o'ljallangan yerlar bundan m ustasno), tabiat yodgorligi yerlari 
kiradi.
K asallikning oldini olish va davolashni tashkil etish uchun qulay, tabiiy 
shifobaxsh om illarga ega bo'lgan, tegishli m uassasalar va tashkilotlarga doimiy 
foydalanish 
uchun 
belgilangan 
tartibda 
berib 
qo'yilgan 
yer 
uchastkalari 
sog'lom lashtirish ishlari uchun m o'ljallangan yerlar jum lasiga kiradi.
A holining om m aviy dam olishi va turizmni tashkil etish uchun tegishli 
muassasalar va tashkilotlarga berilgan yerlar - rekreatsiya uchun m o'ljallangan 
yerlardir. Tegishli m uassasalar va tashkilotlarga doimiy foydalanish uchun berib 
qo'yilgan tarixiy - madaniy qo'riqxonalar, m e’morial bog‘’lar, maqbaralar,
34


arxeologiya yodgorliklari, tarixiy va madaniy yodgorliklar joylashgan yerlar tarixiy- 
madaniy ahamiyatga molik yerlar qatoriga kiradi. 0 ‘rmon xo'jaligi ehtiyojlari uchun 
berib qo‘yilgan yerlar o ‘rmon fondi yerlari deb e ’tirof etiladi. O 'rm onzorlar barpo 
etish, jarliklarning kengayishini to'xtatish, shaharlar va sanoat markazlari 
tevaragidagi ixota o'rm onzorlari va k o ‘kalamzor maydonlar barpo etish uchun 
boshqa maqsadlarga m oijallangan yerlar o'rm on fondi yerlari tarkibiga belgilangan 
tartibda o ‘tkazilishi mumkin. Fuqarolar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga 
foydalanish uchun berilmagan barcha yerlar zahira yerlardir. Bunday yerlar jum lasiga 
doimiy egalik qilish va doimiy foydalanish huquqi tugatilgan yerlar ham kiradi. 
Zahira yerlar, tuman va shaharlam ing davlat hokimiyati organlari tasarrufida b o ia d i 
va qishloq x o ‘jaligi maqsadlari uchun egalik qilish, foydalanishga va ijaraga berishga 
m oijallanadi. Tuman hokimi mahalliy ahamiyatga molik zahira yerlarning ayrim 
uchastkalarini o ‘z qarori bilan posyolka, qishloq va ovullaming o ‘zini-o‘zi 
boshqarish organlari tasarrufiga berishi mumkin. Quyidagi 1 - jadvalda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi yagona davlat yer fondining yer toifalari bo'yicha taqsimlanishi 
keltirilgan.
1-jadvaldagi m a’lum otlardan ko'rinadiki, umumiy yer maydonining 45,48 
foizini qishloq x o ‘jalik yerlari, y a’ni qishloq xo ‘jaligi bilan shug'ullanadigan 
korxona, muassasa va tashkilotlar yerlarini tashkil qiladi.
Olib borilayotgan yer hisobi shuni ko'rsatadiki, 0 ‘zbekistonda 2016 yil 1 
yanvar holatiga sug'oriladigan yer maydoni 4308,1 ming gektar b o iib , umumiy 
maydonning 9,6 foizini tashkil etadi. Ushbu maydonlardan olinayotgan qishloq 
xo'jalik mahsulotlari umumiy qishloq x o ‘ja lik mahsulotlarining 95,0 foizini tashkil 
etadi. Shu sababli ham ishlab chiqarish m anbaiarini jadal rivojlantirishda 
sug'oriladigan yerlardan to ‘g ‘ri va oqilona foydalanishni y o ig a qo'yish katta 
ahamiyat kasb etadi. Yagona yer fondi nafaqat foydalanish maqsadlari b o ‘yicha, 
balki har bir yerdan foydalanuvchilar bo'yicha ham ajratiladi.
35


1 -jadval
0 ‘zbekiston Respublikasi Yer fondining toifalari bo'y ich a taqsimlanishi
(m in g g a. hisobida)

Yüklə 3,16 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin