Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə22/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Biologik omillar. Biologik irsiyat insonni inson qiluvchi umumiy jihatlarni aniqlaydi. Irsiyat deganda ota-onalardan bolalarga turli belgi, o‘xshashlik, xususiyatlarning utishi tushuniladi. Irsiyatga kura, bolaga ota-onasidan inson organizmi, asab tizimi, miya va his-tuyg‘u organlari, shuningdek, qomat tuzilishi, soch, teri rangi o‘tadi. Bular insonni boshqa insonlardan ajratib turuvchi tashhi omillar hisoblanadi. Shuningdek, irsiyat bo‘yicha nerv faoliyatini rivojlantiradigan nerv xususiyatlari ham o‘tishi mumkin.
Irsiyat bolaning tabiiy xususiyatlari asosida biror-bir faoliyat sohasida muayyan qobiliyatlarining shakllanishini ko‘zda tutadi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, qobiliyat insonning tabiiy xususiyati bo‘la olmaydi. Bola qobiliyatlarining namoyon bulishi uning hayoti, ta’lim- tarbiya jarayonlariga bog‘liq.
Ota-onadan bolaga o‘tuvchi bir qator kasalliklar mavjud.
Masalan: qon kasalliklari, shizofreniya, epilepsiya, daun kasalligi va boshqalar. Bu kasalliklarni ginetika fani o‘rganadi.
Ma’lumki, bola rivojlanishiga ekologik muhit, atmosfera va suv xavzalarining ifloslanishi kabi tashqi omillar ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Buning natijasida jismoniy nuqsonli tug‘ilayotgan bolalar soni borgan sari ko‘paymoqda. Bunday bolalarning boshqalar bilan muloqotga kirishishi va faoliyat yuritishi nihoyatda og‘ir kechadi. Shu sababli ular uchun o‘qitishning yangi metodlari joriy qilinmoqda. Bu metodlar ularning akushy rivojlanishda tengdoshlariga yetishishlari uchun yordam beradi. Jismoniy nuqsonli bolalar bilan maxsus pedagoglar shug‘ullanadilar. Bu bolalar o‘z tengqurlari bilan muloqotga kirishganlarida jiddiy muammolarga duch kelishadi.
Bu esa ularning jamiyatga integratsiyalashuvlarini ma’lum darajada qiyinlashtiradi.
Shuning uchun ham bunday bolalar bilan ijtimoiy pedagogik ish olib borishning asosiy maqsadi bolaga tashqi olam bilan aloqa qilish kanallarini ochishdir.
Ijtimoiy omillar. Insonning biologik mavjudotdan ijtimoiy subyektga aylanishi uning ijtimoiylashuvi jamiyatga integratsiyasi natijasida sodir buladi. Bu jarayon Shaxsning ijtimoiy ahamiyatga ega xislatlari asosida shakllanadi gan qadriyat, ijtimoiy meyor hamda xul q-atvor namunasi orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiylashuv insonning bugun hayoti davomida kechadigan ko‘p qirrali jarayondir. U, ayniqsa, bolalik va Yoshlik davrlarida nihoyatda jadallik bilan kechadi. Chunki Shaxs tomonidan aynan bolalik davrida asosiy ijtimoiy meyorlar o‘zlashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvida sotsium muhim ahamiyatga ega. Bu ijtimoiy muhitni bola asta- sekinlik bilan o‘alashtiradi. Agar bola tug‘ilgandan keyin, asosan, oilada rivojlansa, uning keyingi rivojlanishi turli muhitlar maktabgacha ta’lim muassasalari, maktab, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, turli ko‘ngilochar maskanlarda kechadi. Bola o‘sib borgan sari, uning ijtimoiy muhiti “hududi” kengayib boradi. Bola qanchalik ko‘p muhitlarni o‘zlashtirsa, u shunchalik keng doira hududini egallashga harakat qiladi. Bola doimo uzi uchun qulay bulgan, uni yaxshi tushunadigan va unga hurmat bilan munosabatda bo‘ladigan muhitni izlashga urinadi. Shuning uchun u bir muqitdan boshqa muhitga ko‘chib yurishi mumkin. Muhit bolaning ijtimoiylashuv jarayoni va ijtimoiy tajriba to‘plashida muhim ahamiyatga ega.
Muhit tushunchasi turli fan vakillari sotsiologlar, psixaloglar, pedagoglarning urganish obyekti hisoblanadi. Ular muhitning bunyodkorlik salohiyati va bola shakllanishi, rivojlanishidagi ta’sirini o‘rganadilar.
Ijtimoiylashuv jarayonida muhitning o‘rni. Ijtimoiy pedagogikada jamiyat, ijtimoiy muhit, avvalambor, bolaning yangi muhitga integratsiyalashuvi nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Bunda inson va unga ta’sir kdluvchi tashqi omillarning jamiyatdagi o‘zaro munosabati hamkorlik tavsifi ega ekanligi muhimdir. Muhit inson kirib borishi, o‘zini qulay sezishi uchun qayerda joylashganini bilishi yetarli bulgan kucha, uy va shu kabi narsalar emas. Balki muhit bu alohida o‘zaro munosabatlar tizimi va qoidalari bilan tavsiflanadigan inson jamoalari hamdir. Shuning uchun ham inson muhitga yangilik kiritadi, muayyan darajada ta’sir kdladi, o‘zgartiradi va uz o‘rnida muhit ham insonning oldiga uz talablarini qo‘yadi. U insonni, uning xatti- harakatlarini qabul qilishi qam, inkor qilishi \am mumkin. Muqitning insonga munosabatini insonning yurish-turishi, uning talablariga qanchalik javob berishiga qarab anikdasa buladi. Insonning xulq-atvori uning jamiyatda tutgan o‘rni bilan belgilanadi.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin