Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


“Tamoyil” va “qoida”tushunchalari



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə25/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

“Tamoyil” va “qoida”tushunchalari.


Tarbiya tamoyillari - tarbiyani amalga oshirish qoidalari bo’lib, ular asosida nazariyalar ishlab chiqiladi va tarbiyaning metod, shakl va vositalari amalga oshiriladi. Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili. Tarbiyani insonparvarlashtirish zarurati haqidagi g’oya dastlab chex pedagogi Yan Amos Kamenskiyning asarlarida yaqqol ifodasini topgan. XVIII asrdan boshlab u turli davlatlar pedagoglarining tadqiqot ob’ektiga aylangan. Bu g’oya XVIII asrda fransuz mutafakkiri Jan Jak Russo va rus pedagogi L.Tolstoyning erkin tarbiya nazariyalarida, XX asrda insonparvarlik psixologiyasida va insonparvarlik pedagogikasida o’z aksini topgan. Ijtimoiy pedagogik nuqtai nazardan insonparvarlashuv tamoyili pedagogning o’z tarbiyalanuvchisiga, uning rivojlanish jarayonida mas’uliyatli va mustaqil sub’ektga nisbatan munosabatda bo’lishini ko’zda tutadi. Tarbiyaning insonparvarlashuv tamoyilini amalga oshirish bolalar, o’smirlar, yoshlarning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu tamoyilning amalga oshirilishi natijasida:



  • tarbiya ijtimoiylashuv obekti bo’lmish inson qay darajada g’ayri ijtimoiy qadriyatlarni emas, balki ijobiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishini aniqlaydi;

  • tarbiya inson o’zini ijtimoiylashuv sub’ekti sifatida his qilishi, o’z sub’ektivligining namoyon qilishi va taraqqiy etishi uchun sharoit yaratadi;

  • tarbiya inson uchun jamiyatga moslashuv darajasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi;

  • tarbiya insonni muayyan yosh bosqichlarida xavflar bilan to’qnash kelishiga yo’l qoymasligi yoki insonning ijtimoiylashuv qurboniga aylanishi ehtimolini kamaytirishi mumkin.
    1. Tarbiyaning insonparvarlik tamoyili


Tarbiyaning insonparvarlik tamoyilini amalga oshirish tarbiyalanuvchida refleksiya va o’z- o’zini tartibga solishni rivojlantirishga, uning tashqi olam bilan munosabatlarini shakllanishiga, g’urur hissining oshishiga, jamiyatda demokratik va gumanistik munosabatlarni tashuvchisi bo’lgan insonning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Yanada kengroq ma’noda insonparvarlashuv tamoyilining amalga oshishi insonlar orasidagi aloqalarning yaxshilanishi, ijtimoiy taraqqiyot uchun kurashda insonlarning birlashishiga ko’maklashadi. Insonparvarlik — insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huqukliligi toʻgʻrisida, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shartsharoitlar yaratib berish haqida gʻamxoʻrlik qilishni ifodalovchi tushuncha. Unga koʻra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida gʻamxoʻrlik insonparvarlikning asosiy masalasidir. Insonparvarlik gʻoyalari uzoq tarixga ega. Ular baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq ogʻzaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy taʼlimotlarda oʻz aksini topib kelmoqda.


Sharq falsafasi va ijtimoiy tafakkurida insonparvarlik gʻoyalari azaldan keng tarqalgan boʻlib, uning koʻp ming yillik tarixi bilan chambarchas bogʻliq. Oʻrta osiyolik mutafakkirlardan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulugʻbek, Ali-sher Navoiy va b. asarlarida Insonparvarlik inson erkinligi, uning qadr-qimmati gʻoyalari olgʻa surildi. Forobiy insonlarning inoq va doʻst yashashi mamlakatda xalqlar uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qatʼiy quvvatlab, butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Navoiy inson taqdiri, xalq manfaa-ti, mamlakat haqida gʻamxoʻrlikni asosiy masala qilib qoʻygan. Dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olgʻa surgan. Uning fikricha, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Jahon dinlari, jumladan islom dinida ham Insonparvarlik gʻoyalari oʻz ifodasini topgan. Unda faqir, kambagʻal, musofir, muhtoj kishilarga


yordam berishga, saho-vatli va insofli boʻlishga daʼvat qilinadi. Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor Yevropada uygʻonish davrida shakllangan. Insonparvarlik goyalari Yevropada oʻrta asrlarda insonning kamsitili-shiga, uni xudo va din nomidan haqoratlab inkvizitsiya gulxaniga tash-lagan shafqatsiz dindorlarga va ularni qoʻllabquvvatlagan jamiyat vakillariga qarshi, inson huquqlari uchun murosasiz kurash sifatida namoyon boʻldi. Insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, sanʼat va b. sohalarda 14—17- asrlarda Italiyada, keyinchalik esa Yevropaning boshqa mamlakatlarida keng tarqaldi.

Keyingi asrlar davomida insonparvarlik goyalari gumanizm nomi bilan rivojlandi. Bu atama birinchi marta 19-asr boshlarida fanda ishlatila boshladi va 20-asrning oʻrtalarigacha jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. Ikkinchi jahon urushidan ke-yin jahon taraqqiyotida tub oʻzgarishlar yuz berib, haqiqiy Insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qoʻyildi. Buni BMT, YUNESKO kabi xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo tashkilotlar deklaratsiya va hujjatlarida koʻrish mumkin. Insonparvarlik har bir huquqiy, demokratik davlatning hayot qoidalaridan biriga aylanmoqda. Oʻzbekiston oʻz siyosatini insonparvarlik shartlari, talablari, qoidalariga, Sharq va Gʻarb davlatlarining eng ilgʻor tajribalariga tayanib olib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli yangilanishlar “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan ezgu tamoyilga asoslanadi. Bu xayrli yumushga yurtimizdagi fuqarolik jamiyati institutlari, nodavlat tashkilotlar ham faol hissa qo‘shmoqda.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin