Tarbiyaning tabiat bilan uyg‟unligi tamoyili.
Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi haqidagi g’oya antik davrlarda paydo bo’lgan va bizgacha Demokrit, Aflotun, Arastu asarlari orqali yetib kelgan. Tarbiyaning tabiat bilan uygunligi haqidagi tamoyilni XVII asrda Yan Amos Komenskiy ta’riflagan va u XVIII-XIX asrlarda pedagogikada keng rivojlangan. XX asrda tabiat va inson haqidagi fanlarning rivojlanishi tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyilini ancha boyitdi. Bunda rus olimi V.I.Vernadskiy tomonidan noosfera haqidagi ta’limotning yaratilishi ham muhim rol oynadi. Noosfera – rivojlanishning shunday bosqichini aks etadigan tushunchaki, u bosqichda insonning ongli faoliyati global muammolarning paydo bo’lishi va hal etilishiga ta’sir qiladi. Tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyili tabiiy va ijtimoiy jarayonlarning o’zaro aloqasini ilmiy tushunishga, inson va tabiat taraqqiyoti rivojlanishning umumiy qonunlari bilan mos kelishiga, insonning Yoshi va jinsini hisobga olgan holda tarbiyalashga, shuningdek uni o’z rivojlanishiga o’zini javobgar etib tarbiyalashga va noosferaning kelajakdagi taraqqiyotini shakllantirish uchun mas’ul ekanligini ko’zda tutadi.
Yuqoridagilarga asoslangan holda tarbiyaning tabiat bilan uyg’unligi tamoyiliga ko’ra
tushunishini;
o’zida noosfera uchun mas’uliyatni sezishini;
o’zini noosferani yaratgan sub’ekt sifatida bilishini hamda tabiat, planeta va biosferaga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantirilishi kerakligini ko’zda tutadi.
Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili.
Tarbiyaning madaniylashuvi zaruriyati g’oyasi ingliz pedagogi Jon Lok (XVIIIasr), frantsuz mutafakkiri Klod Gelvetsiy (XVIIIasr) va shvetsariyalik pedagog Iogann Pestalotstsi asarlarida yaqqol namoyon bo’ladi. XIX asrda nemis pedagogi Fridrix Disterverg tomonidan berilgan ta’rifga asosan tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili madaniyatning umuminsoniy qadriyatlariga asoslanishi, u yoki bu milliy madaniyatlarning qadriyatlari va me’yorlariga mos bunyod etilishini ko’zda tutadi. Tarbiyaning madaniyatga muvofiqlik tamoyili o’z oldiga bolalar va o’smirlarga xalq hamda jamiyat madaniyatining turli yo’nalishlarini, ularning
o’ziga xos xususiyatlarini o’rgatishni maqsad qilib qoyadi. Bunda madaniyatning maishiy, jismoniy, ma’naviy, aqliy, moddiy, iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yo’nalishlari nazarda tutilmoqda. Tarbiyaning madaniylashuvi tamoyilining amalga oshirilishi umuminsoniy xarakterdagi madaniy qadriyatlarning turli jamiyatlarda farqlanishi sababli qiyinchiliklarga duchor bo’lmoqda. Bizning davlatda shahar va qishloq
aholisi o’rtasida, shaharda esa turli ijtimoiykasbiy guruhlar orasida farqlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda turli madaniyat va submadaniyatlardagi qadriyatlar o’rtasidagi muvozanatni saqlash tarbiya samaradorligining shartlaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |