Qarshi innovatsion ta’lim universiteti



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə34/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Nazorat savollari.


  1. Ijtimoiy-pedagogik kategoriyalarga ta’rib bering.

  2. Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari: shaxs, rivojlanish, faoliyat, ijtimoiylashuv, jamiyat haqida fikrlaringizni bayon eting.

  3. Ijtimoiy pedagogik faoliyatni izohlang.

  4. Ijtimoiy ta’lim - tarbiya va ijtimoiy tarbiyani izohlang.

  5. A.V.Mudrik tarbiyani qanday izohlagan?

  6. Diskret so’zini izohlang



Adabiyotlar ro’yxati.


  1. Sh. Sodiqova. Maktabgacha pedagogika. T.: O‘qituvchi 2013 y

  2. F.Qodirova, Sh.Tursunpo’latova, N.Kayumova, M.A’zamova Maktabgacha pedagogika T.: Tafakkur 2019 y

  3. J. Xasanboyev. Pedagogika.T., “Fan”, 2006

4.C.A. Kozlova. Doshkolnaya pedagogika. Moskva. “Prosvesheniye” 2000. 4. Sotsionalnaya pedagogika. / Kurs leksiy – M.: Vlados., 2000

  1. L.M. Mardaxayev. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2006

  2. F.A.Mustafayeva, Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”, 2003.

  3. A.V. Mudrik. Sotsionalnaya pedagogika Moskva, “Prosvesheniye”,2005

  4. Y.V. Vasilkova, T.A. Vasilkova Sotsionalnaya pedagogika Moskva 2006 .
  1. MAVZU: IJTIMOIY PEDAGOGIK FAOLIYAT. IJTIMOIY TA’LIM - TARBIYA VA IJTIMOIY TARBIYA.


Reja

    1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida

    2. Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiya

    3. Ijtimoiy pedagogikaning soxalarilari va vazifalari.

    4. Ijtimoiylashuv vositalari.



6. 1. Ijtimoiy pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida.


XIX asrda Yevropa va Shimoliy Amerikada bo’lib o’tgan ijtimoiy-madaniy jarayonlar nafaqat ijtimoiy pedagogika balki “ ijtimoiy ish” deb nomlangan ijtimoiy faoliyat sohasining paydo bo’lishini ta’minladi.


G’arbiy yevropa davlatlarida ayniqsa Germaniyada XX asr davomida ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlanadi, biroq ijtimoiy pedagoglar va ijtimoiy ishchilarning kasbiy faoliyatlarida ko’p umumiy jihatlar bor. Ular bir kasbni anglatuvchi sinonim so’zlardir. Bu mutaxassislar jamiyatda tarbiyaviy, axborot, hamkorlik, tashkiliy, himoya, qo’llab-quvvatlovchi vazifalarni bajarishadi.
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’liq.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”, “hayriya”, “yordam” tushunchalarining ham ijtimoiy pedagogik ham ijtimoiy ishda qo’llanishi tasodif emas. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ish amaliy faoliyatining yaqinligi, bu ikki ishchilar toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini to’ldirishlariga olib keldi. Turli davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida-masalan, bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham ijtimoiy ishchilar va ijtimoiy pedagoglar birgalikda ishlashlari
mumkin. Biroq ulardan har biri o’z majburiyatlariga ega.
Ularning farqlari quyidagilarda namoyon bo’ladi. Ular bilim sohasi sifatida turli fanlardan kelib chiqishgan: ijtimoiy pedagogika-pedagogikadan, ijtimoiy ish esa ijtimoiyogiyadan.
Amaliy faoliyatda ularning farqlari ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida, ijtimoiy ishchilar esa asosan ijtimoiy nazariya va texnologiyalardan foydalanishlarida namoyon bo’ladi. Bu ikki mutaxassisliklar shuningdek, faoliyat ob’ekti bo’yicha ham farqlanadilar.
Ijtimoiy ish ob’ekti insonning me’yorida faoliyat yuritishiga xalaqit beruvchi muammolarga ega Shaxsdir. Muammolar har bir insonda butun hayoti davomida yuzaga keladi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy bo’lishi mumkin. Ular ham insonga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bu holatda ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi.
Shunday qilib ijtimoiy ish ob’ekti hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj bo’lgan insondir. Ijtimoiy pedagogika ob’ekti esa bolaning ijtimoiy sub’ektga aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir.
Ijtimoiy ishchi yordam ko’rsatayotgan inson mijoz deyiladi, ijtimoiy pedagogikada odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi.
“Ijtimoiy ish” insonning insonga insoniy munosabatini namoyon bo’lishini bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib ijtimoiy ish butun dunyoda maxsus tayyorgarlikni talab qiluvchi kasb sifatida tan olinayapti.
Ijtimoiy faoliyat-insonning jamiyatga muvoffaqiyatli moslashuvini osonlashtirish qaratilgan tizimli chora-tadbirlardir. U mehribonlik va shuncha o’xshash faoliyat doirasidan nafaqat kundalik
muammolarni hal qilishga yordam berish, balki ehtiyojlarni qondirishga to’siq bo’ladigan muammolarni hal qilishga yordam berish bilan ajralib turadi.
Davlat va jamoatchilik qo’llab-quvvatlaydigan tashkilotlar (tijorat va notijorat) ko’rsatadigan yordam eng samaralidir. Ijtimoiy yordam ko’rsatma berish jamiyatning yuqori madaniyati va taraqqiy etganligidan dalolat beradi. U butun aholining hamdardligiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega. Biroq ijtimoiy ishchilarning maoshi yuqori emas va ijtimoiy tashkilotlarga ishga kiruvchilar soni ham ko’p emas.
Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb desak bo’ladi. Savol paydo bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi?
Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning “ Ijtimoiy suhbat” kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda “Yaxshi ijtimoiy ishchi odamlarni kambag’allikdan halos etish bilan shug’ullanmaydi, u kambag’allikni umuman bartaraf etish uchunvnima qilish haqida o’ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan keyin izlanish, tashhis, davolash parofigmasi ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi.
Ijtimoiy ishni metodologik asoslashga bag’ishlangan ilk yirik asarlardan birida I.Karpf (1931 yil) o’z rivojlanishida tayanish lozim bo’lgan fanlarni sanab o’tgan: biologiya, iqtisod, tibbiyot, psixiatriya, sotsiologiya, statistika, antropologiya, pedagogika, ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi.
Amaliy ijtimoiy ishchi atamasi 1970 dan buyon qo’llanilmoqda. Avvallari bu ishga turli ta’riflar berilgan: metodologiya nuqtai nazaridan-mijoz, guruh bilan ishlash, yerning yo’naltirilganligi nuqtai nazaridan-bolalarni ijtimoiy ta’minlash, oilaviy xizmatlar, tibbiy ijtimoiy ish, axloq tuzatish muassasalarida psixiatrik ishlari, kambag’allar, nogironlar, aqliy ojizlar, aroqxo’rlar bilan ishlash. Bunaqa tor ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kkengroq yondashuvlar ham shakllandi.
Ijtimoiy ishchilar keng doiradagi muammolar bilan to’qnash kelishadi. Bu muammolarga aroqxo’rlik, mulkchilik huquqlarining buzilishi, bolalarga yomon munosabat, oiladagi nizolar ruhiy va jismoniy kasalliklar, bezorilik, jamiyatdan ajralib qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash mutaxassisga ularni yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi. Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, sog’liqni saqlash, turli kasb egalari bilan ijtimoiy ish olib borish, qariyalar, ta’lim va axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o’z sohasida unga yordam so’rab
murojaat qilgan aholi toifalari haqida zaruriy bilimlarga ega bo’lishini talab qiladi.
XX asrning 70-yillarida tizimli yoki bir butun yondashuv yetakchi yondoshuvga aylandi. Unga muvofiq ijtimoiy ishchilardan bir sohaga ixtisoslashuv mos, universallik turli usullarni uyg’unlashtira olish talab qilina boshladi. Pedagogik, ijtimoiyogik, nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj ijtimoiy ish tarkibida ham muhim o’zgarishlar ro’y berardi: metodik madaniyat, ijtimoiy ishlarning aniq texnologiyasiga ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv yordamida ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o’zida bir qancha inson muammolarini hal qilishdi.
Butun dunyoda ijtimoiy xizmatlar ishchilari jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim .tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya, Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va YAponiyada katta farqlarga ega.
Zamonaviy ijtimoiy pedagogika jiddiy ilmiy asosga asoslanadi. Ijtimoiy ishda bilimlar zahirasiga oid sohada ishlangan va boshqa sohalardan o’zlashtirishganlarning qo’shiluvidan iborat. Ijtimoiy ish falsafa, etika, huquqshunoslik, sotsiologiya, psixologiyadan ko’p narsa olgan. Shaxs, ijtimoiy guruhlarning yurish-turishi, oila muammolari, hokimiyat, qo’shnichilik va ijtimoiy hayot, ijtimoiylashtirish, submadaniyat, stratifikatsiya va ijtimoiy qatlamlashish, murakkab tuzilmalar va turli madaniy tizimlarning turlarini ijtimoiy ishchilar psixologiya va ijtimoiyogiyadan o’zlashtirishdi. Biroq mizojlar va guruhlar bilan amaliy ish olib borish metodikasi xal qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi.
Bugungi kunda ijtimoiy ish ilmiy asoslangan bo’lishi lozimligini tushunish kengayib bormoqda. Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib bormoqda, maxsus konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana samarali qo’llash
masalasi muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajada ilg’or yutuqlar almashuvi ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin