Pedagogika va ijtimoiy pedagogika kategoriyalari: shaxs, rivojlanish, faoliyat,ijtimoiylashuv,jamiyat.
Pedagogik faoliyat- bu ta'lim-tarbiya vositasida o`quvchilarga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir.
Ijtimoiypedagogikfaoliyat- bu bolaning ijtimoiylashuviga, ularga ijtimoiy madaniyat tajribalarini singdirishga, jamiyatda o`z-o`zini boshqarishga sharoitlar yaratishga qaratilgan kasbiy faoliyatdir. U ma'lum Shaxsga qaratilgan bo`lib, aniq manzilga yo`naltirilgan faoliyatdir. Ijtimoiy pedagogik faoliyat quyidagi xususiyatlarga ega.
bolalar tashkilotlaridagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat,
bolalarning ijodkorligini oshirish va dam olishini tashkil etishga mas'ul tashkilotlardagi ijtimoiy-pedagogik faoliyat.
Ijtimoiy-pedagogik faoliyatning asosiy yo`nalishlari qo`yidagilar hisoblanadi.
dezadaptatsiyaga uchragan bolalarni profilaktika qilish,
ijtimoiy me'yorlardan chekingan (o`qish) bolalarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish .Bu ishlar ikki shaklda amalga oshiriladi:
1.Bevosita bolaning o`zi bilan olib boriladigan ishlar. 2.Bolaning ijtimoiy muhit bilan aloqasida vositachilik qilishi.
Ijtimoiy pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biri bo`lgan ijtimoiy ta'lim kategoriyasi ikki tomonlama xususiyatga ega. Birinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu bolaning ijtimoiylashuviga yordam beruvchi ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayonidir.
Ikkinchidan, ijtimoiy ta'lim-bu ijtimoiy soqada ishlash uchun maxsus tayyorgarlik ko`rish jarayonidir.
Ijtimoiytarbiya esa bolaning ijtimoiylashuviga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatga molik fazilatlarni shakllantirish jarayonidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari xususida A.V.Mudrik, V.D.Semyonova, G.N.Filova singari olimlar tadqiqotlar olib borgan.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy makrm, ijtimoiy xulk.-atvorning me’yor va koidalari haqidagi turli bilimlarni, jamiyatga ko`nikishiga yordam beruvchi turli ko`nikma va malakalarni uuzlashtiradi. Bu jarayon, ayniqsa, bolalikda juda jadal sur’atlar bilan amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh Yoshgacha uning keyingi hayotida o`z aksini topuvchi nihoyatda ko`p bilimlarni oladi.
Bola ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati, uning jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baxo berishi va nazorat qilishining qiyinligidadir. U bularni faqat o`zlashtirib boradi, shuning uchun ham bola Shaxsining ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxasislarning (psixolog, shifokor, pedagog va shu kabilar) ta’siri katta bo`lib, bolalarni, hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq; va yaxshiroq; o`zlashtirishlari, ularni hayotda qo`llashga intilishlari aynan ularga bog`liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog`liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bola, avvalo, akademik bilimlarni o`zlashtiradi. Biroq shu bilan bir vaqtda unda
muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko`nikma va malakalar shakllanadi. Bu bilim, ko`nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida — bolaga maxsus yordam kerak bo`lganda — juda zarur bo`ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni yetkazish, ijtimoiy ko`nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.