Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy ta’lim - tarbiya va ijtimoiy tarbiya



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə33/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Ijtimoiy ta’lim - tarbiya va ijtimoiy tarbiya


So’nggi o’n yilliklar davomida pedagogika va boshqa fanlarda ijtimoiylashuv va tarbiya tushunchalarining o’zaro munosabati keng muhokama qilib kelinmoqda. Davlat mafkurasining o’zgarishi sababli bu muammoga alohida e’tibor qaratish lozim. Shu bilan birga ba’zi mualliflar tarbiyani ijtimoiylashuv bilan almashtirishga harakat qilishmoqda. Boshqalari tarbiyani bola ijtimoiylashuvining bir qismi sifatida o’rganishadi. Ba’zi olimlar esa ijtimoiylashuv deganda, fuqaroviy va axloqiy tarbiyani tushunishadi. To’rtinchi guruh olimlari shaxs ijtimoiylashuvini tarbiyaning asosiy maqsadi deb hisoblashadi. Biroq tarbiya bola ijtimoiylashuvining asosiy omillaridan biri ekanligini hamma tan oladi. Tarbiyaning asosida ijtimoiy harakat bo’lishi, uni ijtimoiylashuvdan farqlaydi. Ijtimoiylashuv tushunchasini fanga kiritgan Maks Veberg uni muammolarni yechishga qaratilgan harakat, inson xulq-atvorining taxminiy variantlarini sub’ektiv anglash sifatida ta’riflagan. Umuman olganda, ijtimoiylashuv uzluksiz jarayondir, ya’ni inson doimo jamiyat bilan munosabatda bo’ladi. Tarbiya esa diskret (uzlukli) jarayondir. Chunki u muayyan tashkilotlarda amalga oshirilib, zamon va makonda cheklangan bo’ladi. Tarbiya pedagogikaning asosiy kategoriyalaridan biridir. Shunga qaramay, tarbiyaning umume’tirof etilgan ta’rifi mavjud emas. Bunga uning ko’p ma’noliligini sabab qilib ko’rsatsak bo’ladi. Tarbiyani ijtimoiy hodisa, faoliyat, jarayon, qadriyat, tizim, ta’sir, o’zaro munosabat sifatida ko’rib chiqsak bo’ladi. Bu tushunchalarning hech qaysisi tarbiya mazmunini alohida olgan holatda to’liq ochib bera olmaydi. Quyida ijtimoiylashuvning nisbatan ijtimoiy nazorat qilinuvchi jarayonga xos bo’lgan umumiyligini aks etishga harakat qilingan tarbiyaning ta’rifi keltirilgan. Biroq unda oilaviy, diniy, ijtimoiy tarbiyaning xususiyatlari inobatga olinmagan. A.V.Mudrik quyidagi ta’rifni ilgari suradi: Tarbiya – insonning jamiyatga ko‟nikishiga ko‟maklashuvchi va bu ko’nikish sodir etiladigan guruh va tashkilotlarning xususiyatlariga mos keluvchi sharoitlar yaratuvchi insonning ongli rivojlanishi. Bu ta’rifni ham to’liq va butunlay to’g’ri, deb bo’lmaydi. Unda muallifning nuqtai nazari o’z aksini topgan. Ijtimoiy omillarning insonga ta’sir ko’rsatishining tarkibiy qismi bo’lgan tarbiya o’z xususiyatlariga ega. Bu jarayon boshqalaridan farqli ravishda doimo bir maqsad sari yo’naltirilgan va bu faoliyat maxsus tayyorlangan odamlar tomonidan amalga oshiriladi. Tarbiya jarayonida bola ijtimoiylashuviga ta’sir qiluvchi boshqa omillar- muhit, OAV, madaniyatlar inobatga olinadi. Biroq shuni esda tutish lozimki, tarbiya boshqa ijtimoiy omillar ichida o’z o’rniga ega bo’lib boshqa omillarning o’rnini to’liq to’ldira olmaydi ham, bekor qila olmaydi ham. Tarbiyaning bola rivojlanishiga ta’siri vaqt o’tgan sari o’zgaradi. Bola qanchalik kichik bo’lsin, tarbiya uning shakllanishiga shuncha ko’p ta’sir ko’rsatadi. Vaqt o’tgani sayin tarbiyaning hissasi kamayib boradi. Bu vaqtda bolaning u yoki bu ijtimoiy qadriyatni tanlashdagi mustaqilligi ortadi. Borgan sari tashqi tarbiyaviy omillarning ta’siri kamayadi. Biroq boshqa bir jarayon – o‟z-o‟zini tarbiyalash jarayoni rivojlana boshlaydi. Bolaning o’z shaxsini mukammallashtirish, o’z-o’zini rivojlantirish boyicha mustaqil faoliyatini anglashi ortadi. Ma’lumki, o’z-o’zini tarbiyalashga ehtiyoj shaxs rivojining eng yuksak shakli hisoblanadi. Bizning modelga binoan insonning o’z-o’zini tarbiyalashi ehrom bunyod etish bilan barobardir. Shuning uchun o’z-o’zini tarbiyalash jarayoni bir umrga cho’ziladi. Tarbiya o’z-o’zini tarbiyalash va boshqa ijtimoiy omillarning (madaniy, diniy, tarixiy an’analar, OAV(ommaviy axborot vositalari), maktab jamoasi, do’stlar, MTT va boshqalar) ijobiy ta’siri natijasida bolaning jamiyatga integratsiyalashuvining tabiiy jarayonini sodir etadi. Ijtimoiy muhitning ta’siri qanchalik turli bo’lsa, bola undan shuncha erkin va mustaqil bo’ladi. Bola ijtimoiylashuvi uning
jismoniy va ruhiy rivojlanishining salbiy xususiyatlari bilan qiyinlashtirilishi, bolaning ijtimoiy me’yor va qadriyatlarni o’zlashtirishi muhitning salbiy ta’siri oqibatida noto’g’ri yo’nalishda ketib qolishi 93 mumkin. Buning natijasida bola me’yoriy ijtimoiy munosabatlardan chetda qolib, maxsus yordamga muhtoj bo’lib qoladi. Bunday bolalarning ijtimoiylashuv jarayoni, avvalo, tarbiya orqali amalga oshadi. Biroq buning uchun har bir toifa bolalarning ijobiy jihatlarini faollashtiruvchi tarbiya metodlari va texnologiyalarini ishlab chiqish lozim. Umuman olganda, tarbiyachi va mutaxassislarning vazifasi qiyin vaziyatlarda turgan bolaning ijtimoiy moslashuviga qaratilgan, ya’ni jamiyatda qabul qilingan qonun va me’yorlarga faol ko’nikishi yoki salbiy omillarning oqibatlarini yengishdir. Agar shaxsda ijtimoiy muhit solbiy sifatlarining shakllanmagan darajasi bolaga ijtimoiy muhitga ko’nikishga xalaqit beradigan holat bo’lsa, bolaning ijtimoiy moslasha olmasligi sodir bo’ladi. Bu holatda bola tomonidan yo’qotilgan ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni tiklashga qaratilgan maxsus chora-tadbirlarni qo’llash tavsiya etiladi. Shunday qilib, bolaning jamiyatda o’sishi, rivojlanishi jarayonida uning ijtimoiylashuvi sodir bo’ladi. Agar bu jarayon sodir bo’lmasa, uning aksidezadaptatsiya kuzatiladi. Bunday holatda bolaning ijtimoiy reabilitatsiyasiga ehtiyoj tug’iladi.

Yüklə 4,45 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin