Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiya



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə35/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Ijtimoiy ta’lim- tarbiya va ijtimoiy tarbiya


Ijtimoiy pedagogik faoliyat va ijtimoiy ta’lim. Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom va rol, ijtimoiy xulq-atvorning me’yor va qoidalari haqida ko‘p bilimlarni o‘zlashtiradi. U shuningdek, uning jamiyatga ko‘nikishiga yordam beruvchi turli ko‘nikma va malakalarni ham o‘zlashtiradi. Bu jarayon ayniqsa bolalikda juda jadal amalga oshadi. Ma’lumki, bola besh yoshgacha uning keyingi hayotida o‘z aksini topuvchi nihoyatda ko‘p bilimlarni oladi.
Bolalar ijtimoiylashuvining ajralib turuvchi xususiyati shuki, bola jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. U bularni faqat o‘zlashtirib boradi. Shuning uchun bolalarning ijtimoiylashuv jarayonida ota-onalar, qarindoshlar, ular bilan ishlayotgan mutaxassislarning (psixolog, shifokor, pedagoglar, “agent”lar) ta’siri katta bo‘lib, bolalarni hayotda zarur ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari, ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir. Buning ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida ma’lumki bola avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi. Biroq shu bilan bir paytda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘lga kiritadi. Bu bilim, ko‘nikma va malakalar ijtimoiylashuv jarayonida bolaga maxsus yordam kerak bo‘lganda juda zarur bo‘ladi.
Bolaning ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni bolaga yetkazish, unda ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish jarayoni ijtimoiy ta’lim deyiladi.
Tarbiya va ijtimoiy tarbiya. Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida pedagogikaning rivojlanish tarixi mobaynida olimlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga “tarbiya” tushunchasining mazmuni amaliy ahamiyatga ega. Chunki bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni belgilaydi.
Boshqa tomondan tarbiya ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosidan ancha kengdir.
Ijtimoiy tarbiyani insonning qobiliyati, bilimi, yurish-turish namunasi, qadriyatlar u yashayotgan jamiyatga munosabatidan iborat imkoniyatlarini rivojlantirishga yordam beruvchi, maxsus tarbiya tashkilotlarida amalga oshiriladigan jarayon sifatida ko‘rib chiqish lozim.
Boshqacha aytganda, ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir.Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi: bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularning ta’lim olishlarini ta’minlash, ularga individual yordam ko‘rsatish.
Ijtimoiy tajribani tashkil qilish guruh (jamoa)larning maishiy va hayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruhdagi o‘z-o‘zini boshqarish faoliyatini rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir
etish orqali amalga oshiriladi.
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish- turish me’yor va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o‘z-o‘zini anglash, o‘z-o‘zini belgilash yig‘indisidir.
Ta’lim o‘z ichiga quyidagilarni oladi: uzluksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ‘ib qilish va tarqatish, o‘z-o‘zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo‘naltirish.
Individual yordam insonga muammolarni hal qilishda, o‘z-o‘zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqei, o‘rnini yuksaltirishda yordam berishda namoyon bo‘ladi. Individual yordam boshqa
insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo‘lgan bilim, malakalarni o‘zlashtirishga insonga ongli yordam berish, insonning o‘z qadrini bilishi, o‘z-o‘zini anglash, oila, guruh, jamiyatga mansubligi hissini rivojlantirishdir.
Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmuni, xarakter, jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi ularning va ijtimoiy-madaniy mansubligiga bog‘liq. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlari farqlanadi. Farqlar ham tashkilot turiga, ham unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning o‘z faoliyatlarida amalga oshirayotgan ishlariga bog‘liq.
Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabat uning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari, qadriyatlar almashuvidir. Bunaqa munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko‘rinishga ega. Chunki o‘zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik, ijtimoiy va ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo‘la turib, o‘z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruhlarga tegishli ijtimoiy yurish-turishni amalga oshirishadi.
Umuman olganda, o‘zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning, birgalikdagi faoliyati, uning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, unda kimlar ishtirok etishi va ular o‘zlarini qay darajada shaxs deb hisoblashiga bog‘liq.
O‘zaro munosabat jarayonida amalga oshirilayotgan ijtimoiy tarbiya insonning ijobiy ijtimoiy, ma’naviy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishda qulay sharoitlar yaratadi.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin