Qarshi innovatsion ta’lim universiteti


Tarbiyaning variativligi tamoyili



Yüklə 4,45 Mb.
səhifə27/187
tarix07.01.2024
ölçüsü4,45 Mb.
#210290
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187
1 kurs Бола ижт мос мажмуа 2023 QITU final okey

Tarbiyaning variativligi tamoyili.


Ijtimoiy tarbiyaning variativligi shaxs ehtiyojlarining xilma-xilligi bilan aniqlanadi. Tarbiya variativligi tamoyili insonning mintaqaviy va lokal darajada umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, etnik xususiyatlar, shuningdek mintaqaviy munitsipial va lokal sharoitlarni inobatga olib, insoniy, Yosh, differentsial va individual yondashuvlar asosida manaviy qadriyat jihatidan tarbiyalashni amalga oshirishda muhim o’rin tutadi. 98 Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilining ta’rifini XX asrning 80-yillari oxiridan boshlab roy bergan ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar sababli asoslash imkoniyati yaratildi. Bu o’zgarishlar insonning jamoaviy guruhlar hamda jamiyatning Yosh va ijtimoiy guruhlari maqsadlari bilan bir qatorda individual maqsadlarini tan olish, ta’limning etnik xususiyatlar va mintaqaviy sharoitlarga mos qilib isloh qilish uchun sharoitlar yaratish kabilar bilan izohlanadi. Ijtimoiy tarbiyaning variativligi tamoyilini amalga oshirish uchun quyidagilar zarurdir:



    • turli yoshdagi shaxslarning manfaatlari va ehtiyojlarini, turli etnik qatlamlarning ijtimoiy- kasbiy talablarini, hududiy va mintaqaviy tashkilotlarning ehtiyojlarini qondirish uchun turli xildagi tarbiya muassasalarini tashkil etish;

    • ijtimoiy tarbiyaning mintaqaviy va munitsipial tizimlarini tashkil etish;

    • mahalliy tarbiya tizimlarini tashkil qilish; • inson tomonidan o’zining rivojlanish strategiyalari, hayotiy va kasbiy yo’llarini tanlashdagi imkoniyatlarini kengaytirish uchun sharoitlar yaratish. Ijtimoiy tarbiyaning jamoaviyligi tamoyili. Bolaning ijtimoiylashuvi mikroomillarning ta’sirida, tengdoshlari va kattalar (oila, qo’shnilar, mikrojamiyat, tarbiya tashkilotlari) bilan o’zaro munosabatlarida roy beradi. Ijtimoiy tarbiya bir tomondan jamoalarda amalga oshiriladi, boshqa tomondan esa bolalar va o’smirlar jamoa hayotiga ob’ektiv zaruriyat sifatida kirib boradi. Jamoa tarbiyaning eng muhim vositasi ekanligi haqidagi g’oya juda qadimda paydo bo’lgan, uning nazariy asoslari esa XIX asrdan boshlab pedagogik nuqtai nazardan jadallik bilan ishlab chiqilgan. Jamiyatning hozirgi rivojlanish bosqichida real hayotdagi inson ijtimoiylashuvi muammolari va insonning o’zgarib turuvchi dunyoga kirishi jamoaviy tamoyilni ijtimoiy tarbiyaning yetakchi tashkiliy asosi deb hisoblashga zamin yaratadi. Jamoaviylik tamoyilining zamonaviy ta’rifiga ko’ra ijtimoiy tarbiya turli jamoalarda amalga oshirilib, insonga hayot tajribasi, umuman olganda esa jamiyatga ko’nikish tajribasini qo’lga kiritish imkonini beradi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi suhbatning zarurligi g’oyasi qadimgi Elladada paydo bo’lib, o’rta asrlar ta’lim metodlarida, keyinchalik esa bir qator pedagoglarining asarlarida o’ziga xos rivojlanishga erishdi. So’nggi o’n yilliklarda tarbiyaga sub’ekt-ob’ekt jarayoni sifatida qarash, keyinchalik esa, bu yondashuvni pedagogik amaliyotda tarqatish bu tamoyilni pedagogika uchun eng muhim tamoyilga aylanishiga olib keldi. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat tamoyiliga ko’ra bolalar, o’spirinlar, o’smirlarning ma’naviy-ma’rifiy rivojlanishi tarbiyachi va tarbiyalanuvchi orasidagi qadriyatlar (aqliy, ijtimoiy) almashuvi jarayonida amalga oshiriladi. Bular: • dunyo madaniyatlari va aniq bir jamiyatda ishlab chiqilgan qadriyatlar; • ijtimoiy tarbiya sub’ektlariga xos bo’lgan qadriyatlar; • tarbiya tashkilotlarining muayyan a’zosiga xos bo’lgan qadriyatlar. Ijtimoiy tarbiyaning birgalikdagi faoliyat ekanligi tamoyili tarbiyachi va tarbiyalanuvchining tengligini taqozo etmaydi. Bu hol Yoshdagi tafovutlar, hayotiy tajribaning bir xil emasligi, ijtimoiy rollarning

assimmetrialligi bilan izohlanadi. Birgalikdagi faoliyat tamoyilida birinchi o’rinda tenglik emas, balki o’zaro hurmat va sofdillik turadi.



    1. Yüklə 4,45 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin