Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining odob-ahloq kodeksi


-modda. Ish va ta’lim olish vaqtiga rioya qilish



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə5/13
tarix18.05.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#58467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-китоб 2022 й

15-modda. Ish va ta’lim olish vaqtiga rioya qilish
Xodim, talaba va doktorantlar dars mashg‘ulotlari va ishga о‘z vaqtida kelishlari, mehnat hamda о‘qish intizomiga rioya qilishlari shart.


16-modda. Institutda g‘ayriaxloqiy va nojо‘ya xatti- xarakatlarni sodir etishga yul qо‘yilmasligi
Talaba va doktorantning о‘qishiga, xodimning esa institutda mehnat faoliyatini yuritishiga tо‘sqinlik qiladigan quyidagi g‘ayriaxloqiy va nojо‘ya xatti-harakatlarni sodir etishi qatyan taqiqlanadi:
xar qanday huquqbuzarlik yoki jinoyat sodir etish, jumladan, tuxmat qilish, haqoratlash;
giyohvand moddalar, psixotrop vositalar va ularning analoglari, alkogol va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish va tarqatish;
tinchlik yoki osoyishtalikka qarshi tajovuz qilish, janjallashish, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa о‘yinlar о‘ynash;
institutga moddiy va uning obrusiga salbiy ta’sir etuvchi ma’naviy zarar yetkazish;
xodim, talaba va doktorantlarga jismoniy, ma’naviy yoki moddiy zarar yetkazish;
institut atrof-muhitini har qanday kо‘rinishda ifloslantirish;
institut binolari va xovlisida spirtli ichimliklar ichish va tamaki yoxud boshqa turdagi mahsulotlarni chekish hamda mast holda bо‘lish, tashqi kо‘rinishga va belgilangan etiket qoidalariga zid ravishda sochlari о‘sgan, tо‘zg‘igan, soqoli olinmagan va kiyinish talabiga rioya qilmagan holda kelish;
institutga tegishli kompyuterlarda institutga tegishli bо‘lmagan ma’lumotlarni, shuningdek, turli kinofilmlar, noqonuniy ma’lumotlar, bexayo surat va filmlar, milliy, irqiy, etnik, diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, ekstremistik, separatistik va fundamentalistik kayfiyatdagi har qanday materiallarni tayyorlash, kо‘rish, saqlash, tarqatish va ularga da’vat etish;
о‘kuv mashg‘ulotlari va ishga hamda xodim va talabalarning osoyishtaligiga xalaqit beradigan xatti-harakatlar sodir etish (radiouzatgich, televizor, multimedia va ovoz chiqaruvchi moslamalardan maqsadsiz foydalanish );
umumbashariy va milliy qadriyatlarga xos bо‘lmagan yoki institut, uning xodimlari nufuziga putur yetkazadigan materiallarni internet tarmog‘i va boshqa ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish yoki ulardan turli nomuvofiq maqsadlarda foydalanish.
Xodimlar, talabalar va doktorantlar tomonidan institutning obrо‘si, qadr-qimmati va nufо‘zini tushiradigan, ta’lim jarayonining ma’naviy buzilishiga olib keladigan agressiya, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, zо‘rlash va vaxshiylik, vandalizm, millatlararo nizo kо‘zg‘atadigan, diniy yо‘nalishdagi, terrorizm, ekstremizm va fundamentalizm, shuningdek, bexayo va ishqiy saxnalarni namoyon qiladigan fotosuratlar, video va audioyozuvlardan foydalanish va ularning tarqatilishiga yо‘l qо‘yilmaydi.
Shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va institut faoliyati, uning xodimlari hamda talabalari sha’ni, qadr-qimmati hamda obrusiga salbiy ta’sir qiluvchi xaqiqatga tо‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va tekshirilgan dalillarga asoslanmagan turli xil kо‘rinishdagi ma’lumot, fikr, mulohaza va munosabatlarni Internet, ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa ommaviy axborot manbalarida, tarqatuvchilarda, tashuvchilarda paydo bо‘lishi (oshkor etilishi) hamda shunday ma’lumotlarga ijobiy munosabat bildirish (“layk” bosish, repost qilish) mazkur talaba va doktorantning о‘qishiga, xodimning esa institutda mehnat faoliyatini yuritishiga tо‘sqinlik qiladigan g‘ayriahloqiy va nojо‘ya xatti-harakat bо‘lib hisoblanadi.



Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin