Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining odob-ahloq kodeksi


-modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə4/13
tarix18.05.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#58467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-китоб 2022 й

12-modda. Majlis va yig‘inlarda ishtirok etish
Institutning xodim talaba va doktorantlari turli tadbirlar (majlislar, tantanali yig‘ilishlar, uchrashuvlar, bayramlar)dagi ishtiroki jarayonida sо‘zga chiquvchilarga nisbatan hurmat bilan munosabatda bо‘lishlari, tadbir davomida tinchlik va osoyishtalikni saqlashlari shart bо‘lib, raislik qiluvchi va moderatorning ruxsatisiz luqma tashlash va sо‘zga chiqish mumkin emas. Zarurat tug‘ilganda nutqlar о‘rtasida majlislar zalidan chiqib-kirish mumkin.


13-modda. Binolarda yurish-turish qoidalariga amal qilish
Binolarga kirish va chiqish joylarida, shuningdek, yо‘laklarda talabalar xodimlarni, erkaklar ayollarni, yoshlar esa kattalarni о‘zlaridan oldin о‘tkazib yuborishlari lozim.
Binoga kirayotgan har bir shaxs binolarga kirib-chiqishni nazorat qilish uchun tayinlangan mas’ul shaxs yoki navbatchiga о‘z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni (xizmat yoki talabalik guvoxnomasi, pasport va x.k.) ochik holda kо‘rsatishlari yoki maxsus berilgan ID-karta orqali turniketlardan о‘tishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlar instituthududida yо‘lning о‘ng tomonidan yurishlari, shuningdek, yо‘lak va xollarda mobil aloqa vositalari orqali baland ovozda gaplashmasliklari kerak. Bir-birlariga duch kelganda salomlashishlari, bunda: talabalar xodimlarga, yoshlar kattalarga birinchi bо‘lib salom berishlari tavsiya etiladi.

14-modda. Xodim, talaba va doktorantlarning rasmiy muloqot meyorlari


Institutning xodim, talaba va doktorantlari tashkilot va muassasalar, ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolar bilan о‘zaro munosabatga kirishganda quyidagi rasmiy muloqot meyor va qoidalarga amal qilishlari kerak:
о‘z harakatlarini institut manfaatlarini kо‘zlab amalga oshirish, uning imijini saqlash va oshirish, institut, uning xodimlari, talabalari va doktorantlari nomi va manfaatlariga ziyon yetkazadigan xarakatlarni amalga oshirmaslik, shuningdek, ular bilan muloqot qilganda hamda ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarida о‘zlarining namunali hulq-atvori bilan institut haqida ijobiy taassurot uyg‘otish;
xotin-qizlar bilan munosabatlar amaldagi qonunchilik hujjatlari talablari, milliy an’analar va о‘zaro hurmat tamoyillarga asoslanishi shart;
institutning xodim, talaba va doktorantlari hakida haqiqatga tо‘g‘ri kelmaydigan yoki notо‘g‘ri talqin qilingan, notо‘g‘ri talqin qilish uchun imkon beradigan ma’lumotlarni tarqatmaslik, bunday ma’lumotlar tarqalishiga yul qо‘ymaslik, shuningdek, jamoat oldida va ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzuda chiqishlar qilmaslik;
xodim, talaba va doktorantlarning roziligisiz ularning shaxsiy hayotiga oid ma’lumotlarni oshkor qilmaslik;
xodim, talaba va doktorantlar haqida ularning kasbiy va о‘quv faoliyatiga oid bо‘lmagan ma’lumotlarni aniqlashtirmaslik;
xizmat axborotlarini taqdim etish qoidalariga amal qilish;
sо‘ralgan axborotni yetarlilik (xaddan tashqari qisqa shu bilan birga о‘ta keragidan ortiq) va ishonchlilik (qayta tekshirishni talab qilmaydigan) talablariga muvofiq holda taqdim etish;
о‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida olingan ma’lumotlardan maqsadga muvofik bо‘lmagan tarzda foydalanmaslik, shuningdek, ularni institut rahbariyati ruxsatisiz tarqatmaslik;
institut xodim, talaba va doktorantlarining ta’lim jarayonidagi faoliyati va kasbiy xarakatlarini asossiz tankid qilmaslik, jamoat oldida chiqishlar, shunindek, ommaviy axborot vositalari va turli xil ijtimoiy tarmoqlarda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va institut faoliyati, uning xodimlari harakatlarini hakiqatga tо‘g‘ri kelmaydigan, asossiz va aniq dalillarga asoslanmagan holda muhokama qilmaslik va ular haqida baho berib, fikr- mulohazalar bildirmaslik.



Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin