Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining odob-ahloq kodeksi


-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə13/13
tarix18.05.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#58467
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
1-китоб 2022 й

33-modda. Odob-axloq komissiyasi xulosasi
Odob-axloq kodeksining buzilishi holatlarini Odob-axloq komissiyasi tomonidan kо‘rib chiqish natijalari bо‘yicha intizomiy yoki boshqa tarzdagi qoida buzilishlarining mavjudligi (mavjud emasligi) tо‘g‘risida xulosa chiqariladi. Ayni vaqtda institut rektoriga kо‘rib chiqishi uchun qoidabuzar xodim, talaba va doktorantni javobgarlikka tortish tо‘g‘risida taklif kiritiladi. Yо‘l qо‘yilgan qoida buzilishining xususiyatini hisobga olgan xolda Odob-axloq komissiyasi xodim, talaba va doktorantga nisbatan Odob- axloq kodeksining buzilishiga yо‘l qо‘ymaslik tо‘g‘risidagi ogoxlantirish bilan cheklanishi mumkin,
Odob-axloq kodeksiga rioya etmagan xodim, talaba va doktorantni intizomiy javobgarlikka tortish bо‘yicha bо‘yruq loyihasi fakultet dekanlari va magistratura bо‘limi (talabalarga nisbatan), kadrlar bо‘limi (xodimlar va doktorantlarga nisbatan) tomonidan tayyorlanadi.
Xodim, talaba va doktorantlar о‘zlari yо‘l qо‘ygan qoida buzilishi, qoida buzilishining kо‘rib chiqilishi jarayoni xaqida axborotni olish va о‘zini ximoya qilish uchun dalillarni taqdim etish, shuningdek, institut qarorlari yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadirlar.


34-modda. Jamoatchilik nazorati
Xodim, talaba yoki doktorantning xulq-atvori ustidan jamoatchilik nazoratini ta’minlash maqsadida, mazkur Kodeksga rioya etmaganlik holatlari institut Kasaba uyushmasi qо‘mitasi, Xotin-qizlar masalalari bо‘yicha maslahat kengashlari va О‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang‘ich tashkilotida xam muhokama qilinishi amaliyoti joriy etilishi mumkin.
X-BOB. YAKUNIY QOIDA

35-modda. Kodeksning kuchga kirishi hamda unga о‘zgartish va qо‘shimchalar kiritish


Mazkur kodeks institut Kengashi a’zolari tomonidan tasdiqdanganidan sо‘ng kuchga kiradi va unga о‘zgartirish hamda qо‘shimchalar kiritish institut Kengashi qaroriga binoan amalga oshiriladi.

Mazkur Odob-axloq kodeksi jami titul varag‘i bilan 17 betdan iborat bо‘lib ikki nusxada tayyorlangan va imzolanib tomonlarga bir nusxada qoldirilgan.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti rektori

___________ O.SH.Bazarov



Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Kasaba uyushma qо‘mitasi raisi
____________ F.U.Tilovatov





Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin