V-BOB. INSTITUT RAHBARIYATINING ODOB-AXLOQQA OID MAJBURIYATLARI VA KASBIY FAOLIYATIDA MANFAATLAR TО‘QNASHUVIGA YО‘L QО‘YMASLIKKA OID TARTIBLAR
17-modda. Rahbarning majburiyatlari Institut rahbariyati hamda tarkibiy bо‘linma rahbarlari (keyingi о‘rinlarda - rahbar) о‘ziga bо‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionallik, xolislik, soflik va adolatda о‘rnak bо‘lishi, institut yoxud uning tarkibiy bо‘linmasida ijobiy, ma’naviy-psixologik muhit shakllanishiga kо‘maklashishi lozim. Rahbar bо‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiquvchi topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.
Rahbar о‘z faoliyatida: kadrlarni qarindoshlik, hamshaharlik yoki shaxsiy sadoqat belgilari bо‘yicha tanlash, joy-joyiga qо‘yish va mehnat munosabatlarida kamsitish holatlariga yо‘l qо‘ymasligi;
guruxbozlik, maxalliychilik, favoritizmga, shuningdek, о‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida boshqa salbiy omillarning kelib chiqishiga yо‘l qо‘ymasligi;
qо‘pollik qilmasligi, inson sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga psixologik va jismoniy ta’sir kо‘rsatmasligi;
manfaatlar tо‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan о‘z vaqtida chora-tadbirlar kо‘rishi;
korrupsiyaning oldini olish choralarini kо‘rishi;
institutda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish;
xotin-qizlarning xuquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilinishini ta’minlash;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlikning oldini olish, ularni aniqlash, ularga chek qо‘yish uchun samarali usullardan foydalanish;
xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zо‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini kо‘rish;
xodimlar va talabalar orasidan xotin-qizlarga nisbatan tazyiq о‘tkazish va zо‘ravonlik sodir etishga moyil shaxslarni aniqlash hamda xulq-atvorini tuzatish choralarini kо‘rish;
xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilishga vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
xodimlarning kasbiy va intellektual jihatdan rivojlanishlari uchun qulay ish joyi, zamonaviy kompyuterlar, internet tarmog‘i, kutubxona fondi va axborot resurslaridan erkin foydalanishlari, xordiq chiqarishlari, dam olishlari, jismonan chiniqishlari uchun barcha sharoitlarni ichki imkoniyatlardan kelib chiqib yaratib berishi;
xodimlar faoliyatini samarali tashkil etib, о‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va moliyaviy mablag‘larga extiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bо‘lishi shart.
Rahbar qо‘l ostidagi xodimlarning mexnat intizomiga rioya qilishlarini talab qilishi va uni ta’minlashga mas’uldir.