Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining odob-ahloq kodeksi


-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi



Yüklə 200,5 Kb.
səhifə3/13
tarix18.05.2022
ölçüsü200,5 Kb.
#58467
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1-китоб 2022 й

9-modda. Samaradorlik va tejamkorlik prinsipi
Institutning xodim, talaba va doktorantlari о‘z faoliyati samaradorligini innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish va boshqa yо‘llar bilan doimiy ravishda oshirib boradilar.
Institutning xodim, talaba va doktorantlari, о‘z navbatida institut mulkiga, о‘zining va boshqa shaxslarning vaqtiga mas’uliyat va extiyotkorlik bilan yondashadilar.


III-BOB. KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH

10-modda. Korrupsiyaning xar qanday shakl va kо‘rinishini qabul qilmaslik


Institutning xodim, talaba va doktorantlari korrupsiyaning xar qanday shakl va kо‘rinishini qabul qilmaydilar va uning biror-bir tarzda namoyon bо‘lishiga qarshi hamjixatlikda qonuniy choralarni kо‘radilar.
Xodim, talaba va doktorantlar korrupsiyaga qarshi kurashishlari va uning profilaktikasiga faol kо‘maklashishlari, shuningdek, institut korrupsiyaga qarshi kurashish dasturi va institut, xodim, talaba va doktorantlar tomonidan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar sodir etishga og‘dirish maqsadida murojaat qilish holatlari haqida xabardor qilish tо‘g‘risidagi nizom talablarini sо‘zsiz bajarishlari, о‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, о‘z faoliyatlarini oshkora va adolatli amalga oshirishlari, yuqori axloqiy qadriyatlar va prinsiplarga sodiq qolgan xolda qonun ustuvorligiga qat’iy rioya etishlari shart.
Institutning xodim, talaba va doktorantlari о‘z mavqeidan foydalangan holda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan ularning manfaatlarini kо‘zlagan xolda muayyan xarakatni bajarishi yoki bajarmasligi evaziga bevosita о‘zi yoki vositachi orqali pul, qimmatli qog‘ozlar, moddiy boyliklar, sovg‘alar, ssudalar, mulkiy mohiyatga molik bо‘lgan xizmatlar olishi taqiqlanadi.
IV-BOB. XODIM, TALABA VA DOKTORANTLARNING YURISH-TURISH VA RASMIY MULOQOTIGA OID TALABLAR

11-modda. Institutda kiyinish va tashqi kо‘rinishga oid qoidalar


Institutning xodim, talaba va doktorantlari о‘z о‘qish va kasbiga mos bо‘lgan kiyimda bо‘lishlari lozim.
Institutning xodim, talaba va doktorant bо‘lgan xotin-qizlari diqqatni tortadigan, xususan, tanani shaffof kо‘rsatib turadigan yelka, kо‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek, quloqchinlar, quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar bilan, tansining kо‘rinib turadigan qismida pirsing yoki tatuirovkada institutga kelishlari mumkin emas. Shuningdek, talabalarning institutga kelishi ruxsat etilgan formasiga turli din va konfessiyalar hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi va targ‘ib etuvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qо‘shishga yо‘l qо‘yilmaydi.
Talaba-qizlar institutga och rangli va yorqin rangda bо‘lmagan bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka yoki odmi kostyum va tо‘q rangdagi poyabzalda sochlar orasta yig‘ilgan, о‘rilgan yoki turmaklangan, katta hajmdagi, kо‘p va yorqin ortiqcha aksessuarlardan holi bо‘lib kelishlari lozim, shuningdek, о‘zlari bilan zaruriy о‘quv vositalarini olib kelishlari shart.
Institutning xodimi, talabasi va doktoranti bо‘lgan erkaklar oq, havorang yoki boshqa och rang kо‘ylakda, klassik uslubdagi shim yoki odmi kostyum, tо‘q rangdagi poyabzalda kelishlari lozim. Bunda, talabalar о‘zlari bilan zaruriy о‘kuv vositalarini olib kelishlari shart.
Xodim, talaba va doktorantlarning auditoriya va xizmat xonalarida ustki (plash, palto, kurtka kabilar) va bosh kiyimda yurishlari ta’qiqlanadi.
Xodimlar, talabalar va doktorantlarning tashqi qiyofasi va kiyimlari ozoda, pokiza bо‘lishi lozim.



Yüklə 200,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin