20-modda. Akademik ta’qiq va tazyiqqa yо‘l qо‘yilmasligi Institut hayotida raxbariyat yoki pedagog xodim tomonidan talabalarni ularning roziligisiz muayyan ishlarga jalb etganlik, xaq tо‘lamasdan ularning mexnat kuchidan foydalanish (institut va unga biriktirilgan boshqa xududda О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan xavfsizlik standartlariga qat’iy rioya qilingan holda ixtiyoriy shanbalik va boshqa turdagi tadbirlar tashkil etilgan xollar bundan mustasno) maqsadida ularga murojaat etilganida, talabalar tomonidan bunday sо‘rovga rad javobining berilishi pedagog xodim tomonidan kelgusida ularga dars mashg‘ulotida past baho qо‘yish yoki boshqa turdagi tazyik va ta’qib qilish bilan bog‘liq munosabat kо‘rsatilishiga imkon bermaydi va bunday ta’qib tegishli javobgarlikka sabab bо‘ladi. Shuningdek, institut pedagog xodimlarining kasbiy faoliyatiga aralashishga, ta’lim oluvchilarning bilimlarini tо‘g‘ri va xolis baholashga ta’sir kо‘rsatishga, ushbu pedagog xodimlarning xizmat majburiyatlarini bajarishiga tо‘sqinlik qilishga yо‘l qо‘yilmaydi.
21-modda. Uyali aloqa vositalaridan foydalanish Dars mashg‘ulotlari vaqtida uyali aloqa vositalaridan foydalanish barcha uchun qatiyan taqiqlanadi. Uyali aloqa vositalaridan foydalanishga zarur va uzrli holatlarda pedagog xodimning roziligi bilangina ruxsat etilishi mumkin.
22-modda Dars mashg‘ulotida ishtirok etish Talabalarning darsga kech qolib kelishlariga yul qо‘yilmaydi. Lekin uzrli sababga kо‘ra darsga kech qolgan talaba uzr surab, pedagog xodimning ijozati bilan auditoriyaga kirib о‘z joyini egallashi mumkin.
Pedagog xodim dars mashg‘ulotlariga о‘zining nojо‘ya xatti-harakatlari bilan xalaqit berayotgan talabani darsdan chetlatishi mumkin, yuzaga kelgan vaziyat haqida fakultet dekanini (dekan о‘rinbosari yoki tyutor-guruh murabbiysi) xabardor qilishi lozim.
Uquv jarayoni talabalar, ish beruvchi, о‘qituvchilar va ma’muriyat о‘rtasida ochik muloqot shaklida talabaga yо‘naltirilgan yondashuv asosida ta’lim standartlarini inobatga olgan xolda rejalashtiriladi. Ushbu jarayonda ish beruvchi va talabalarning talab va istaklari muhokama qilinadi. Barcha manfaatdor tomonlar ta’lim dasturining yaratilishi va о‘zlashtirilishi bо‘yicha о‘tkaziladigan muxokamaga jalb etilishi mumkin.