28-modda. Xodim va talabalarni rag‘batlantirish
О‘quv yili davomida mazkur Qoidaga tо‘la rioya qilgan, institutda yuksak ma’naviy-ahloqiy muhitning yanada qaror topishi va mustahkamlanishiga о‘z xissasini qо‘shgan xodim va talabalar rahbariyat, faqultet dekanlari, kafedra mudirlari va boshqa tarkibiy bо‘linma rahbarlari tavsiyasiga binoan belgilangan tartibda moddiy yoki ma’naviy rag‘batlantirilishlari mumkin.
29-modda. Kodeksga rioya qilishning attestatsiya va boshqa jarayonlar uchun ahamiyati
Xodimlar tomonidan mazkur kodeksga rioya etilishi attestatsiyalar о‘tkazishda, yuqori va boshqa lavozimlarga tayinlash (karyeraviy о‘sish) uchun kadrlar zaxirasini shakllantirishda xisobga olinadi.
30-modda. Kodeks qoidalarinn buzganlik uchun javobgarlik
Institut xodim, talaba va doktoranti tomonidan mazkur Kodeks qoidalarining buzilishi uni belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bо‘lib xizmat qiladi.
31-modda. Kodeks va ichkitarg‘ib-qoidalarning о‘zaro munosabati
Institutning xodim, talaba va doktorantlari mazkur Qoidani buzganida, ularga nisbatan institut Ichki tartib qoidalarining tegishli boblarida qayd etilgan choralar qat’iy qо‘llaniladi.
IX-BOB. ODOB-AXLOQ KOMISSIYASI FAOLIYATINI
TASHQIL ETISH
32-modda. Odob-axloq komissiyasi
Mazkur Kodeks normalarining xodim, talaba va doktorantlar tomonidan buzilishiga oid masalalar, qoida tariqasida, institut odob-axloq komissiyasi tomonidan kо‘rib chiqiladi. Odob-axloq komissiyasi qabul qilingan odob-axloq komissiyasi tо‘g‘risidagi nizom, mazkur Kodeks hamda institut rektorining bо‘yruqlari asosida faoliyat olib boradi.
Shuningdek, Odob-axloq komissiyasi institut rektorining kо‘rsatmasi bо‘yicha;
-xizmat tekshiruvi natijalariga kо‘ra;
-о‘z tashabbusi bilan;
-institutning xodim, talaba va doktorantlaridan, shuningdek, institutga kelib tushgan axborot asosida xam ushbu turdagi masalalarni kо‘rib chiqadi.
Odob-axloq komissiyasi kamida 5 kishidan iborat tarkibda tuziladi. Odob-axloq komissiyasining maqsadi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari va uning faoliyatini tashqil etish bilan bog‘liq boshqa masalalar institut rektori tomonidan tasdiqlangan “Odob-axloq komissiyasi tо‘g‘risida”gi nizomda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |