8. Qonning shaklli elementlari – Eritrotsitlar, leykotsitlar,
trombotsitlar
9. Immunitet – Organizmning o‘zini yuqumli kasalliklardan
himoya qilish xususiyatiga immunitet deyiladi.
10. Yurak va qon–tomir kasalliklari - Arteroskleroz,
gipertoniya, ishemiya, insult, infark.
11. Kichik qon aylanish doirasi- Yurakning o‘ng qorinchasidan
chiqib o‘pkaga borib, CO
2
gazini O
2
gazi bilan almashtirib yurakning
chap bo‘lmasiga kelib quyilishi.
14
12.Katta qon aylanish doirasi- Yurakning chap qorinchasida
chiqib butun tanaga O
2
gazi va oziq moddani berib, CO
2
gazini olib
qaytib yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyilishi
13.Limfa aylanishi - To‘qima va organlardan boshlanib, limfa
tomirlari orqali yuqori kovak venaga kelib quyilishi.
14.Anemiya - Qonda eritrotsitlarning soni va ular tarkibidagi
gemoglobin miqdorining kamayishi.
15.OITS – Orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi. OITS
birinchi marta AQSHda ro‘yxatga olingan.
NAZORAT ISHI. NI –4
Mavzu: Nafas olish tizimi.
Nazorat shakli: Test topshiriqlari.
1. Tashqi nafas olish … o‘rtasidagi gazlar almashinuvidir.
A. Tashqi muhit bilan burun bo‘shlig‘i.
B. Burun bo‘shlig‘i bilan traxeya.
C. Tashqi muhit bilan alveolalar.
D. Alveolalar bilan o‘pka qon tomirlari.
2. O‘pka alveolalariga xos xususiyatni aniqlang.
1. Nafas olish, nafas chiqarish xususiyatiga ega.
2. Faqat nafas olish xususiyatiga ega.
3. Faqat nafas chiqarish mnxususiyatiga ega.
4. Devori bir qavatli epiteliydan iborat.
5. Devori bir qavatli biriktiruvchi to‘qimadan iborat.
6. Atrofi mayda kapillarlar bilan o‘ralgan.
A. 1, 2, 3 B. 2, 4, 6 C. 1, 3, 5 D. 1, 4, 6
3. Qaysi a’zoning devori 16-20 ta xalqasimon tog‘aydan iborat?
A. Halqum B. Kekirdak C. Qizilo‘ngach D. Bronxlar
4. Nafas olish a’zolarining ketma-ketligi qaysi javobda to‘g‘ri
berilgan?
1) o‘pka 2) traxeya 3) hiqildoq 4) burun bo‘shlig‘i 5) bronxlar
A. 1, 2, 3, 4, 5 B. 3, 4, 2, 5, 1 C. 4, 3, 2, 5, 1 D. 4, 2, 3, 5, 1
15
5. Traxeyaning uzunligi qancha bo‘ladi va uning uzunligi nimaga
bog‘liq?
A. 13-25 sm, odamning bo‘yiga
B. 16-20 sm, yoshga bog‘liq
C. 9-13 sm, odamning bo‘yiga
D. 20-22 mm, odamning sog‘ligiga
6. O‘pkaning tiriklik sig‘imi yig‘indisi to‘g‘ri berilgan qatorni
belgilang?1) qo‘shimcha havo 2) nafas havosi 3) rezerv havo 4)
o‘pkaning tiriklik sig‘imi a) 1500 ml b) 700 ml c) 1200 ml d) 500 ml
e) 3000 ml f ) 3500 ml
A. 1a, 2c, 3d, 4C. B. 1b, 2d, 3c, 4f.
C. 1a, 2d, 3a, 4f. D. 1b, 2a, 3c, 4C.
7. Ovoz boylamlarining uzunligi ayollarda va erkaklarda o‘rtacha
necha millimetrga teng?
A. 10-12; 18-20. B. 18-20; 20-22.
C. 9-13; 13-25. D. 20-22; 18-20.
8. Diafragma muskuli qaysi muskullarning qisqarishi hisobiga
yuqoriga ko‘tariladi?
A. Diafragma. B. Tashqi qovurg‘alararo.
C. Ichki qovurg‘alararo. D. Qorin.
9. Nafas olish harakati qanday sodir bo‘ladi?
A. Qovurg‘alarning ko‘tarilishi va diafragmaning pastga tushishi
hisobiga.
B. Qovurg‘alarning pastga tushishi va diafragmaning ko‘tarilishi
hisobiga.
C. Ichki qovurg‘alararo va qorin muskullarining qisqarishi
hisobiga.
D. Bo‘yin va tashqi qovurg‘alararo muskullarining qisqarishi
hisobiga.
10. Nafas chiqarilgandagi havo tarkibida gazlar miqdori to‘g‘ri
berilgan qatorni aniqlang.
A. 4 % karbonat angidrid, 16,3% kislorod, 79,7 % azot.
B. 0,03 % karbonat angidrid, 20,94 kislorod, 79,3 % azot.
16
C. 16,3 % karbonat angidrid, 79,7 kislorod, 16 % azot.
D. 5,5-5, 7 % karbonat angidrid, 14,2-14,6 % kislorod, 80 %
azot.
11. Nafas olishning oliy nerv markazi qayerda joylashgan?
A. Uzunchoq miya, orqa miyaning bo‘yin, ko‘krak qismi
B. Bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida
C. Oraliq miya, orqa miyaning ko‘krak qismida
D. Miyacha, orqa miyaning bo‘yin qismida
12. Alveolalar va kapillar qon tomirlari o‘rtasida gaz
almashinuvining sababi nimada?
A. Alveolalar bo‘shlig‘idagi havo tarkibida kislorod kam, qonda
karbonat angidrid kam.
B. Alveolalar bo‘shlig‘idagi havo tarkibida kislorod ko‘p, qonda
karbonat angidrid kam.
C. Alveolalar bo‘shlig‘idagi havo tarkibi bilan qondagi havo
tarkibining bir-biriga yaqinlig.i
D. Ulardagi bosimning o‘zaro tengligi.
13.O‘pka to‘qimasining yallig`lanish kasalligi?
A. Faringit. B. Laringit. C. Bronxit. D. Zotiljam.
14. Tomoq shilliq pardasining yallig‘lanishi qanday ataladi?
A. Faringit. B. Plevrit. C. Zotiljam. D. Laringit.
15. Tamaki tutuni tarkibida qancha zaharli modda borligi
aniqlangan?
A. 2 000. B. 3 000. C. 1 200. D. 1 500.
16. Ovqatni parchalovchi fermentlar nomi va vazifalari to‘g‘ri
ko‘rsatilgan qatorni toping?
1) fruktoza 2) lipaza 3) glukoza 4) proteaza 5) karbogidraza
a) oqsillarni parchalash b) yog‘larni parchalash c) uglevodlarni
parchalash
A. 2-b, 4-a, 5-c B. 2-b, 3-a, 5-c
C. 1-c, 3-a, 4-b D. 2-a, 4-c, 5-b
17. Qaysi olim birinchi bo‘lib oshqozonga fistula o‘rnatish usulini
qo‘llagan?
17
A. K. Funk B. N. I. Lunin
C. B. A. Basov D. I. I. Sechenov
18. Quyidagilardan qaysi biri ta’sirida ovqatning maydalanishi
uning fizik o‘zgarishiga misol bo‘ladi?
A. Ichaklarning peristaltik harakati
B. Lipaza ta’sirida parchalanish
C. Proteazalar ta’sirida parchalanish
D. Amilaza ta’sirida parchalanish
19.Ovqat hazm qilish sistemasi organlari ketma-ketligi qaysi
javobda to‘g‘ri berilgan?
1) og‘iz bo‘shlig‘i 2) oshqozon 3) xalqum 4) o‘n ikki barmoqli
ichak 5) qizilo‘ngach 6) yo‘g‘on ichak 7) ingichka ichak
A. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 B. 1, 3, 4, 6, 7, 5, 2
C. 1, 3, 5, 2, 4, 7, 6 D. 1, 5, 6, 7, 2, 3, 4
20. Odamning yuqori t jag‘ida qanday tishlar va ularning
nechtadan bo‘lishini aniqlang?
1) qoziq tish , 2) kurak tish, 3) kichik oziq tish, 4) katta oziq tish;
a) 4, b) 2, c) 6;
A. 1a, 2b, 3c, 4a B. 1b, 2a, 3a, 4c
C. 1c, 2a, 3a, 4b D. 1a, 2c, 3a, 4b
21. Vorsinkalar tananing qaysi qismida ovqat hazm bo‘lishini
ta’minlaydi?
A. Ingichka ichak devorida
B. Yo‘g‘on ichak devorida
C. Ko‘richak va uning chuvalchangsimon o‘simtasida
D. O‘n ikki barmoq ichakda
22. Oshqozon shirasida xlorid kislotaning vazifasi nimadan iborat?
A. Oshqozon devorini shikastlanishdan himoya qilish
B. Fermentlar faolligini oshirish va bakteriyalarni o‘ldirish
C. Yog‘larni parchalash
D. Uglevodlarni parchalash
23. Organizmda jigar qanday funksiyalarni bajaradi?
1) eritrotsitlarni parchalaydi 2) o‘t suyuqligi ishlab chiqaradi
18
3) leykotsitlar ishlab chiqaradi 4) qonni zaharli moddalardan
tozalaydi
5) gormonlar ishlab chiqaradi 6) moddalar almashinuvida
ishtirok etadi
A. 1, 2, 4, 6 B. 1, 2, 3, 5 D. 1, 3, 5, 6 C. 2, 4, 5, 6
24.Yo‘g`on ichakning yallig`lanish kasalligi nima deb ataladi?
A.gastrit B.entrit C.kolit D.xolera
25.Spirtli ichimliklarni iste’mol qilish natijasida organizmda
qanday kasaliklar yuzaga keladi?
A.og`iz bo‘shlig`i, qizilo‘ngach va me’da raki
B.virusli gepatit A, B
C.salmonelloz, botulism, ichburug`
D.surunkali gastrit va me’daning yara kasalligi
Dostları ilə paylaş: |