96
Kichik shamol generatorlari elektr ta’minotidan uzoqda joylashgan tumanlarda
maishiy iste’molchilar va qishloq tumanlarini mustaqil
elektr energiyasi ishlab
chiqarishni ta’minlash uchun foydalanish mumkin. Buning uchun 100 Vt va undan
yuqori quvvatga ega ishonchli shamol generatorlari mavjud.
Kichik shamol generatorlari yaxshi loyihalashtirilgan minora, nazorat tizimi va
zaxira ta’minot manbaiga ega bo‘lishi kerak. Bu manba akkumulyator ko‘rinishida
ta’minlanishi mumkin, biroq mos keladigan energiya manbai mavjud bo‘lsa, gibrid
tizimlardan ham foydalansa bo‘ladi. Bunday
manbalar dizel generatorlari, quyosh
fotoelektr tizimlari, kichik GES lar yoki kichik biogaz reaktorlari bo‘lishi mumkin.
Odatda kam quvvatli shamol generatorlaridan yorug‘lik bilan ta’minlash, kam
quvvatli muzlatgichlar,
radiotelevizion moslamalarni, shuningdek, elektr nasoslarni
ishlatish uchun foydalaniladi.
1 kVA dan kam quvvatli shamol generatorining narxi taxminan 0,6-2 AQSH
dollari/kVt soat, 1 kVA dan ortiq quvvatga ega shamol generatorlarning narxi 0,4 -
1,6 AQSH dollari/kVt soatni tashkil etadi.
4.8. Shamol elektr qurilmasidan uy joylarni ta’minlashda foydalanish
Shamol
elektr qurilmalari
uy-joylarni isitish, yoritish, shamolatish,
sovutish,
uy-ro‘zg‘or anjomlarini ishlatish, xo‘jalikdagi uskunalar, issiqxonalarda o‘simliklarni
o‘stirish, parvarishlash, mikroiqlim muhitini yaratishda markazlashgan elektr
ta’minot tarmoqlardan olinadigan energiyani tejashga imkon beradi.
Ammo
faqat shamol elektr qurilmalari yordamida
yuqorida keltirilgan
jarayonlarni amalga oshirishni to‘liq rejalashtirish o‘ta murakkab masala hisoblanadi.
Buning uchun shamol qurilmasi parragining diametri 20 metrdan ortiq bo‘lib, shamol
doimo esib turishi kerak.
Bundan tashqari shamol esishining notekisligini bartaraf etish maqsadida
generatsiyalovchi
va
shamolni
yumshatuvchi
qurilmalar
(stabilizator)larni
qo‘shimcha qurish kerak bo‘ladi. Bu esa murakkab vazifadir.
97
Xonadonlar uchun sodda tuzilishga ega bo‘lgan shamol elektr qurilmasini
yasash mumkin. Buning uchun shamolning tezligi va shamol g‘ildiragining
diametrini bilish kerak bo‘ladi. Respublikamizning
quruq iqlimli hududlarida
(1,1...1,3 jadvallar) shamolning tezligi 5 m/s dan 15 m/s gacha, o‘rtacha tezligi esa
1,3 ... 4,2 gacha. Shamolning esish vaqti esa yil davomida 2 kundan 64 kungachani
tashkil etadi.
Shamol generatorining muhim xususiyati uning - shamol energiyasidan
foydalanish koeffitsienti (SHEFK) hisoblanadi. Eng
yaxshi shamol generatori
namunalarida ushbu ko‘rsatkich 60...80% (o‘rtacha 40... 45%) ni tashkil etadi.
Havaskor hunarmandlar tomonidan tayyorlangan qurilmalarda SHEFK 35% ni
tashkil etadi.
Bunday holatda shamolning tezligi 5 m/s bo‘lganda: 35 · 90 = 31,5 Vt quvvatni
olishimiz mumkin.
4.6 – jadvalda, suratda havaskor hunarmandlar tomonidan yasalgan shamol
qurilmasining quvvati kilovattlarda (SHEFL = 35%), maxrajda
parrakning aylanish
tezligi ayl/minut
Z = 6
ayl/min bo‘lganda. Shamol qurilmasining quvvati parrakning
diametri va shamolning tezligiga bog‘liq holda o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: