Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə31/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

yozdim, yozsam, yozgan edim


zdik, yozsak, yozgan edik

II



yozding, yozsang, yozgan eding


yozdingiz, yozsangiz, yozgan edingiz

III



yozdi, yozsa, yozgan edi


yozdi(-lar), yozsa(-lar), yozgan edi(-lar)

Ikkinchi guruh tuslovchi affikslar –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlardan, sifatdoshlardan (-yotgan qo‘shimchasidan tashqari), shuningdek, -yap, -moqda, -yotib, -moqchi bilan shakllangan fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi. Mazkur guruhdagi tuslovchilar III shaxsdagina ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi, ya’ni birinchi xil ko‘rinishda –b(-ib), -a(-y) qo‘shimchasi bilan shakllangan ravishdoshlar hamda –yap, -yotib bilan shakllangan fe’llar III shaxs birlikda –di (-ti), ko‘plikda –di(lar), -ti(lar) shaxs-son affikslari bilan shakllanadi.
Ikkinchi xil ko‘rinishda esa fe’lning sifatdosh shakllariga (-gan, -r(-ar), -digan, -vchi(-uvchi bilan hosil qilingan shakllariga), -moqda, -moqchi, -yotir bilan shakllangan fe’l negizlari, shuningdek, fe’llar ekan, emish to‘liqsiz fe’llari bilan birga qo‘llansa, III shaxsda shaxs ko‘rsatkichi shakllanmaydi (nol ko‘rsatkichli shaklda keladi).
Fe’llarning ikkinchi guruh (A.B ko‘rinishi) tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:
«A» ko‘rinishi

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozib-man, yozayotib-man, yoza-man yozyap-man


yozib-miz, yozayotib-miz, yoza-miz, yozyap –miz

II



yozib-san, yozayotib-san, yoza-san, yozyap -san


yozib-siz, yozayotib-siz, yoza-siz, yozyap –siz

III



yozib-di, yozayotib-di, yoza-di, yozyap -ti


yozibdilar, zayotibdilar, yozadilar, yozyaptilar

«B» ko‘rinishi



Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozgan-man, yozar-man, yozadigan-man, yozmoqda-man, yozmoqchi-man


yozgan-miz, yozar-miz, yozadigan-miz, yozmoqda-miz, yozmoqchi-miz

II



yozgan-san, yozar-san, yozadigan-san, yozmoqda-san, yozmoqchi-san


yozgan-siz, yozar-siz, yozadigan-siz, yozmoqda-siz, yozmoqchi-siz

III



yozgan, yozar, yozadigan, yozmoqda, yozmoqchi


yozgan-lar, yozar-lar, yozadigan-lar, yozmoqda-lar, yozmoqchi-lar

Uchinchi guruh tuslovchilar buyruq maylidagi sof fe’l negizidan so‘ng qo‘shiladi.


Fe’llarning uchinchi guruh tuslovchi bilan tuslanishi quyidagicha:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I



yozay, yozayin, o‘qiy, o‘qiyin


yozaylik, o‘qiylik

II



yoz, yozgin, o‘qi, o‘qigin


yozingiz, o‘qingiz,

III



yozsin, o‘qisin


yozsinlar, o‘qisinlar,

Fe’lning shaxs-son shakllari bir-birining o‘rnida almashib qo‘llanishi mumkin: - Uka, shunaqa narsa bilan hazil qiladimi!? (3-shaxs, birlik shaklidagi hazil qiladimi 2-shaxs, birlik shakli hazil qilasanmi o‘rnida qo‘llangan).

Talabalarning mustaqil izlanishlari uchun topshiriqlar
  1. Badiiy asarlardan fe’llarning shaxs-son shakllari, fe’llarning tuslanishiga doir misollar to‘plab, tahlil qilish.


  2. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida berilgan darsliklardan fe’llarning shaxs-son shakllari , fe’llarning tuslanishi bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni konspektlashtirish.





MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:

1. Fe’lning shaxs va sonda tuslanganini bildiruvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub bo‘ladi?

A) so‘z yasovchi V) shakl yasovchi

S) so‘z o‘zgartiruvchi D) negiz іosil qiluvchi E) A va D.

2. Uchinchi shaxsni qaysi vositalar ifodalay oladi?

A) kishilik olmoshlarining ba’zilari

V) egalik qo‘shimchalarning ba’zilari

S) shaxs-son qo‘shimchalarining ba’zilari D) kelishik qo‘shimchalarining ba’zilari E) A, V, S

3 Shaxsi ko‘chgan holda qo‘llangan gap qaysi qatorda berilgan?
A) Bo‘shbayov ekansizlar. Jilla bo‘lmasa, molmulkini o‘z qo‘llaringga o‘tkazib ololmadinglar. V) Lenada zolim podsho ishchilarni qoniga bo‘yagan edi. S) Anvar yugurib borib, Alimardonning yoqasidan oldi: Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi, odam? D) Oyimxonni chaqiradilar.(A.Qod.) Hamma shu erda, faqat sizni kutishadi. E) Zamon shiddati juda zo‘r. Bugun bir muammoni hal qildim desang, ertasiga yana boshqasi ko‘ndalang bo‘lib turadi.


4 Tuslovchilarni toping.
A) kitoblar, dalalar. Tog‘lar V) daftarim, asari, uyi S) beshta, o‘nlab, ettinchi D) o‘ylagansan, kezdik, sevinding E) gulni, maktabga, o‘g‘ildan.


5 Fe’llardagi tuslovchi 1-shaxs birlik va ko‘plik qo‘shimchalari m, k fe’l o‘zak-negiziga qay tarzda qo‘shiladi?
A) zamon yasovchi –di qo‘shimchasidan so‘ng V) mayl yasovchi –sa qo‘shimchasidan so‘ng S) o‘zak-negizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
D) A, V E) A,V,S

6Fe’ldagi shaxs-son qo‘shimchalari qo‘shimchalarning ma’no va vazifasiga ko‘ra qaysi turiga kiradi?
A) so‘z yasovchi qo‘shimchalar V) fe’l yasovchi qo‘shimchalar S) so‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchalar D) turlovchi qo‘shimchalar
E) shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar

7 Qaysi qatordagi so‘zlarda tuslovchi qo‘shimchalar mavjud emas?
A) qaynashim, qaynashing, qaynashi;
B) qaynadim, qaynading, qaynadi;
C) bordim, bording, bordi;
D) bordik, bordingiz, bordilar;
E) borishdik, qatnashdik, yordamlashdik


8. Qaysi gapda I shaxs ko‘plik shaklidagi fe’ II shaxs ko‘plikdagi fe’lni ham ifodalashi mumkin?
A) Qani endi ishga tushaylik.
V) Xo‘sh, endi bunga nima deysiz? S) Eі, do‘stim, bizdek bo‘lishing uchun ko‘p ishlashing kerak. D) Biz bu masalani boshqacha usul bilan hal qildik. E) Qilar ishni siz qiling. Yana kim yomon, biz yomon.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin