Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə30/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

3-ilova

Mashg‘ulot mavzusi: Fe’llarning tuslanishi.

Mashg‘ulot rejasi:
  1. Fe’llarning shaxs-son shakllari


  2. Fe’llarning tuslanishi.


  3. Shaxs-son qo‘shimghalari fe’lninig qanday shakllariga qo‘shilishiga qarab guruhlarga bo‘linishi.




2-ilova

DASTURLASHTIRILGAN TOPSHIRIQ SAVOLLARI:
1. Tuslanish nima?
2. –m, -ng, -k, -ngiz Qo‘shimchalari qanday shakldagi fehllarga qo‘shiladi?
3. –man, -san, -miz, -siz kabi qo‘shimchalar qanday shakldagi fe’llarga qo‘shiladi?
4. –gin, -ay, -ing(iz) kabi qo‘shimchalar qanday shakldagi fehllarga qo‘shiladi?

3-ilova

Fe’llarning shaxs-son shakllari
Fe’llar birlik va ko‘plikda bo‘ladi. Birlik shakli harakatning bir kishi tomonidan, ko‘plik shakli esa birdan ortiq kishi tomonidan bajarilganini bildiradi. Harakat uch shaxs tomonidan bajariladi. 1-shaxs harakatning so‘zlovchi tomonidan, 2-shaxs harakatning tinglovchi tomonidan, 3-shaxs harakatning o‘zga (boshqalar) tomonidan bajarilganini bildiradi. Demak, fe’l ifodalagan ish-harakatni amalga oshiruvchi shaxsni ko‘rsatib, fe’lni kesim ko‘rinishida shakllantiruvchi, uni ega bilan bog‘slaydigan shakllar shaxs-son shakllari deb ataladi:

Shaxs

Birlik

Ko‘plik

I

bordim, boray, o‘qiy


bordik, boraylik, o‘qiylik


II

bording, bor(gin), o‘qi

bording(iz), boringiz, o‘qing(iz)


III

bordi, borsin, o‘qisin

bordi(lar),borsin(lar), o‘qisin(lar)



Ish-harakat ma’lum bir grammatik shaxs tomonidan bajariladi (yoki bajarilmaydi). Grammatik shaxs so‘zlovchi (I shaxs), tinglovchi (II shaxs), o‘zga (III shax syoki predmet) bo‘lishi mumkin.
Grammatik shaxs grammatik son (birlik yoki ko‘plik) bilan birgalikda ifodalanadi. Fe’llardagi bunday grammatik shaxs va son ma’nosi ma’lum bir grammatik ko‘rsatkichlar orqali ifodalanadi. Masalan: o‘qidim, o‘qisam, o‘qisang, o‘qiyapman, o‘qibman, o‘qiy fe’llari tarkibidagi –m, -man, -y qo‘shimchalari ish-harakatning I shaxs so‘zlovchi, ya’ni yakka shaxs tomonidan bajarilganini ko‘rsatsa; o‘qidik, o‘qisak, o‘qiyapmiz, o‘qibmiz, o‘qiylik fe’llari tarkibidagi –k, -miz, -ylik affikslari ish-harakatning I shaxs, lekin ko‘p so‘zlovchilar (shaxslar) tomonidan bajarilganini ifodalaydi.
Demak, ish-harakatning bajaruvchisi uch shaxs va 2 son tushunchalarini aks ettiruvchi affikslarni o‘z ichiga oladi. Shuning uchun ham bunday affikslar shaxs-son affikslar deb yuritiladi. Fe’llarning shaxs-son affikslari bilan o‘zgarishi esa tuslanish deyiladi. Shaxs-son affikslari tilshunoslikda tuslovchi affikslar deb ham yuritiladi.
O‘zbek tilida tuslovchi affikslar fe’l shakllariga turlicha ko‘rinishda qo‘shiladi. SHu jihatdan tuslovchi affikslar uch guruhga bo‘linadi.
1. Birinchi guruh tuslovchilar aniqlik va shart-istak maylidagi –di, -sa qo‘shimchalarini olgan sof fe’l negizidan so‘ng va edi to‘liqsiz fe’liga qo‘shiladi: keldi-m, keldi-ng, keldi; kelsa-k, kelsa-ng, kelsa(lar) kabi.
Fe’llarning birinchi guruh tuslovchilar bilan tuslanishi quyidagicha:

Shaxs

Son

Birlik

Ko‘plik

I




Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin