Qo‘shma sonlar ikki yoki undan ortiq sonning bog‘lanishidan tuzilgan sonlar: o‘n uch, bir yuz o‘n sakkiz. Tartib son


-ilova Dasturlashtirilgan topshiriq savollari



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə33/104
tarix25.04.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#102257
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104
1-maruza son. Sonning grammatik ma`nosi morfologik belgilari, s

3-ilova

Dasturlashtirilgan topshiriq savollari:
1.Hozirgi zamon fe’llarining qanday turlari mavjud?
2.Kelasi zamon fe’llarining turlariga misollar yozing.
3.Hozirgi zamon fehllari qaysi zamon shakllari o‘rnida qo‘llanishi mumkin?


4-ilova
O‘zbek tilida fe’llar so‘z yasalish xususiyatiga ega. Fe’llar ikki xil usul bilan yasaladi: morfologik (affiksatsiya) usuli va sintaktik (kompozitsiya) usuli.

1. Morfologik usulga ko‘ra, maxsus fe’l yasovchi affikslar yordamida boshqa so‘z turkumlaridan (ot, sifat, son, olmosh, ravish, undov, taqlidiy so‘zlardan) fe’l yasaladi.
Hozirgi o‘zbek tilida fe’l yasashda quyidagi so‘z yasovchi affikslar qo‘llanadi:
-la affiksi: kuyla, bahola; tozala, oqla; sizla; tezla, sekinla; ufla, dodla; shitirla, shivirla kabi. Bu affiks unumdor fe’l yasovchi affiks sanalib, barcha so‘z turkumlaridan fe’l yasaydi.
-a affiksi: tuna, o‘yna; qiyna, YAsha; guldura, shildira kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, taqlid so‘zlardan fe’l yasaladi.
-r (-ar) affiksi: eskir, qisqar, ko‘kar kabi. Bu affiks yordamida sifat asosidagi fe’l yasaladi.
-y (-ay) affiksi: ulg‘ay, kuchay, qoray; ko‘kay, ozay kabi. Bu affiks sifat va ravish asosidan fe’l yasaladi.
-sira affiksi: suvsira, yotsira; sizsira, sensira kabi. Bu affiks bilan ot, sifat, olmoshdan fe’l yasaladi.
-lan affiksi: otlan, shodlan, zavqlan, ikkilan kabi. Bu affiks tuzilishiga ko‘ra qo‘shma (-la+n) bo‘lib, ot, sifat, sondan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbat (o‘zlik)ni shakllantiradi.
-lash affiksi: gaplash, bahslash, birlash, salomlash, xayrlash kabi. Bu affiks ham tuzilishiga ko‘ra qo‘shma (-la+sh) bo‘lib, u ot, son, undov so‘zdan fe’l yasaydi hamda fe’l nisbati (birgalik nisbat)ni shakllantiradi.
-i affiksi: changi, boyi, tinchi kabi. Bu affiks bilan ot va sifatdan fe’l yasaladi.
-ik (-iq) affiksi: yo‘liq, do‘riq, birik, kechik kabi. Bu affiks yordamida ot, sifat, son, ravishdan fe’l yasaladi.
-qir, -ira, -illa affikslari: hayqir, yarqira, yaltira, miltira; taqilla, gurilla, vishilla kabi. Bu affikslar yordamida undov va taqlid so‘zlardan fe’l yasaladi.
-ir (-ur) affiksi: gapir, tupur. Bu affiks ham unum so‘z yasovchi affiks bo‘lib, u ot va undov so‘zdan fe’l yasaydi.
-ka, -sa affikslari: ham unum so‘z yasovchi affikslar bo‘lib, bu affikslar yordamida otdan fe’l yasaladi: iska, suvsa kabi.



Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin