Qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti



Yüklə 1,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/73
tarix24.06.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#134822
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73
Qurish materiallari ishlab chiqarish korxonalarining iqtisodiyoti

 
 


64 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Boshqaruv sub’yekti nima? 
2. Boshqaruv ob’yekti nima? 
3. 
Qurilishda boshqarish maqsadi, vazifalari va xususiyatlarini tushuntirib 
bering.
4. Boshqarish tizimi va vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishi uchun qanday 
talablarga javob berishi kerak? 
5. Qurilish firmasining asosiy masalalari nimalardan iborat? 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


65 
6-BOB. QURILISH MATERIALLARI KORXONALARI 
IQTISODIYOTIDA ASOSIY FONDLAR 
6.1. Qurilish korxona va tashkilotlarining asosiy fondlar bilan ta’minlanganli 
6.2. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlarining mohiyati va ularning 
turlari 
6.3. Qurilish materiallari korxonalarda asosiy ishlab chiqarish fondlaridan 
foydalanish va ularning korxona faoliyatidagi ta’siri 
 
6.1. 
Qurilish korxona va tashkilotlarining asosiy fondlar bilan 
ta’minlanganli 
Qurilish korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlari ishlab chiqarish 
jarayonida bevosita ishtirok etib, korxonaning ishlab chiqarish salohiyatini tashkil 
etadi va quyidagilar kiradi: 

ishlab chiqarish bino va inshootlari;

ishchi mashina va asbob-uskunalari; mashina va asbob-uskunalari; transport 
vositalari; 

asbob-uskunalar va ishlab chiqarish jihozlari. 
Korxonaning asosiy ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etmaydigan asosiy 
fondlari korxona asosiy fondlarining passiv qismini tashkil etadi. Ularning 
eskirish qiymati ko‘rsatilgan xizmat va ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxiga 
bevosita qo‘shilmaydi. Qurilish korxonasi noishlab chiqarish asosiy fondlariga 
quyidagilar kiradi:
− ma’muriy binolar; 
− ta’mirlash ustaxonalari; 
− qurilish materiallari ishlab chiqarish sexlari; 
− transport va qurilish texnikalarini saqlash garajlari;
− kommunal xo‘jaligi ob’yektlari;
− madaniy-maishiy ob’yektlar;
− sog‘liqni saqlash va boshqa ob’yektlar kiradi. 
Noishlab chiqarish asosiy fondlari tarkibiga korxona balansidagi boshqarish 


66 
va asosiy ishlab chiqarish jarayoniga, ishchi xodimlarga xizmat ko‘rsatish bilan 
bog‘liq bo‘lgan ma’muriy binolar, xo‘jalik binolari, oshxona, profilaktika, 
ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uchun xizmat qiluvchi binolar, bolalar bog‘chalari, 
sport-sog‘lomlashtirish va boshqa ob’yektlar va ulardagi asosiy fondlar kiritiladi. 
Asosiy fondlar odatda korxonalar, tashkilotlar va xo‘jaliklarning asosiy 
vositalari sifatida ko‘rsatiladi, vaholanki bu ularning elementlar bo‘yicha, ya’ni 
bino va inshootlar, ishchi va quvvat mashinalarida, transport vositalarida va 
hokazolarda qancha mablag‘ borligi bo‘yicha hisobga olinishiga to‘sqinlik 
qilmaydi. 
Qurilish korxonalarining asosiy fondlari ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
xarakteridan kelib chiqib, iqtisodiyotning boshqa sohalaridagidan tubdan farq 
qilmaydi. Ularning farqlanuvchi jihatlari esa asosan quyidagilardan tashkil topadi: 

qurilish korxonalarida asosiy fondlarning katta qismini ishchi mashina, 
transport va asbob uskunalar tashkil etadi; 

ishlab chiqarish quvvatlarini bir vaqtning o‘zida to‘liq almashtirib, yangilab 
bo‘lmaydi va bu jarayon tizimda doimiy ravishda amalga oshirib boriladi. 

asosiy fondlarning eskirish muddatiga va mehnat unumdorligiga tabiiy iqlim 
va ob-havo, kutilmagan avariya holatlari katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida qatnashish darajasiga va mehnat 
predmetlariga ko‘rsatadigan ta’siriga qarab ikki qismga ya’ni aktiv va passiv 
qismlarga bo‘linadi: 

qurilish korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv guruhiga 
maxsus transport vositalari, kuch beruvchi mashinalar va uskunalari, ishchi 
mashina va mexanizmlar, transport vositalari kabi ishlab chiqarish jarayonida 
bevosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar kiradi. 

asosiy ishlab chiqarish fondlarining passiv guruhiga ishlab chiqarish 
jarayonida bevosita ishtirok etuvchi asosiy vositalar - bino va inshootlar, ya’ni 
ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatuvchi yordamchi jarayonlar bilan band bo‘lgan 
imoratlar va ob’yektlar (idoralar, omborxonalar, laboratoriyalar, boshqaruv 
apparati joylashgan binolar)va boshqalar kiradi. 


67 
Korxona asosiy fondlarning umumiy hajmida aktiv va passiv guruhlarining 
miqdori bo‘yicha o‘zaro nisbati asosiy fondlarning turlar bo‘yicha tarkibini 
ko‘rsatib uning ulushi foizlarda o‘lchanadi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari 
tuzilmasida, aktiv fondlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ular ulushini ko‘paytirish 
va tarkibini yangilab borish korxona faoliyati samaradorligiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Korxona asosiy fondlarni ko‘paytirishni tahlil qilish, baholash va 
strategiyasini belgilab olishda ularning tuzilmasi - asosiy fondlarning ayrim 
guruhlarini ularning jami qiymatidagi ulushi muhim vosita hisoblanadi. 
Korxona asosiy fondlarining turlar bo‘yicha tuzilmasi, ko‘p jihatdan kapital 
qo‘yilmalarining texnologik tuzilmasi orqali, jumladan, ularning yangi qurilish va 
qayta ta’mirlash, amaldagi ishlab chiqarishni kengaytirish va qayta qurollantirish 
bilan avvaldan belgilab qo‘yilgan bo‘ladi. Asosiy fondlarning turlar bo‘yicha 
tuzilmasiga ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va konsentratsiya qilish darajasi 
ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Yirik korxonalar, ishlab chiqarishni fondlar bilan 
ta’minlashda va fan-texnika taraqqiyoti yutuqlaridan keng foydalanishda kichik va 
o‘rta korxonalarga qaraganda ko‘proq imkoniyatga ega. Biroq kichik korxonalar 
harakatchanroq, ularni moslashuvchanroq bo‘lib, natijada ishlab chiqarishni texnik 
jihatdan qayta qurollantirish osonroq kechadi. 
Qurilish 
korxonalarida 
mashina 
va 
asbob-uskunalarning, 
transport 
vositalarining jami asosiy fondlar qiymatidagi ulushi qanchalik katta bo‘lsa, 
bajariladigan qurilish ishlari hajmi ham, fond qaytimi ko‘rsatkichi ham shu qadar 
yuqori bo‘ladi. Shuning uchun asosiy ishlab chiqarish fondlarining tuzilmasini 
yaxshilashga ishlab chiqarish va fond qaytimini oshirishning muhim sharti 
hisoblanadi. 
Asosiy fondlar qurilish korxonaning qurilish ishlarini bajarish salohiyatini 
belgilovchi ishlarni bajaruvchi quvvatlarining asosini tashkil etadi. Asosiy fondlar 
qurilish korxonasi ishlab chiqarish quvvatining asosiy qismini tashkil etib, ular 
ishlab chiqarish jarayonida uzoq vaqt davomida xizmat qiladi. O‘z moddiy 
salohiyatini va o‘z qiymatini bunyod etilayotgan qurilish ob’yektlari tannarxiga 


68 
qismlab o‘tkazib boradi. Asosiy fondlarning qurilish ishlarini bajarish jarayonida 
eskirishi hisobidan o‘z qiymatining ma’lum bir qismini bunyod etilgan bino
tannarxiga o‘tkazishi amortizatsiya deb atalib, hisobot davridagi eskirish qiymati 
yig‘indisi amortizatsiya ajratmalarini tashkil etadi. 
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlari singari qurilish korxonlari faoliyatiga ham 
asosiy fondlarning ekspluatatsiya muddati va eskirish darajasi katta ta’sir 
ko‘rsatadi. Qurlishda ham asosiy fondlar ekspluatatsiya (foydalanish) jarayonida 
muntazam ravishda eskirib, ishdan chiqib boradi. Asosiy vositalarning (ayniqsa 
aktiv guruhdagi) ekspluatatsiya muddati qanchalik belgilangan me’yordan ortib 
borsa, korxonaning faoliyati samaradorligi shunchalik pasayadi. Asosiy fondlar 
xizmat muddatlarining ortib borishi ularning ekspluatatsiya harajatlarining ham 
ortib borishiga sabab bo‘ladi. Shu sababdan asosiy fondlarga nisbatan jismoniy va 
ma’naviy eskirish tushunchalari ishlatiladi. 
Asosiy vositaning jismoniy eskirishi - asosiy fondlarning ekspluatatsiya 
jarayonida yoki bekor turish natijasida o‘zining dastlabki xarakteristikalarini asta-
sekin yo‘qotishidir. Bu notekis kechuvchi jarayon bo‘lganligi tufayli, asosiy 
fondlar to‘liq yoki qisman eskirishi bilan ajratiladi. To‘liq eskirgan asosiy fondlar 
tugatiladi va yangisiga almashtiriladi, qisman eskirgan asosiy fondlar esa kapital 
ta’mirlash yo‘li bilan ularning eskirishi tiklanadi. 
Asosiy vositaning ma’naviy eskirish - mashina va asbob-uskunalar 
qiymatining ularni ishlab chiqarishga sarflanadigan ijtimoiy zaruriy harajatlarning 
kamayishi ta’sirida kamayib borishi (ma’naviy eskirishning birinchi shakli) yoki 
ularning qiymatining yangi, ilg‘or va samarali mashina va asbob-uskunalar 
yaratilishi natijasida kamayishidir (ma’naviy eskirishning ikkinchi shakli). 
Jismoniy eskirish asosiy fondlardan jadal foydalanish oqibatida yoki 
metrologik va boshqa tabiiy sharoitlar ta’sirida yuzaga keladi. 
Jismoniy eskirishni qoplash uchun korxonalarga mablag‘ zarur bo‘ladi. 
Shuning uchun asosiy fondlar ishlab chiqarish jarayonida o‘z qiymatini 
amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida bunyod etilayotgan binoga o‘tkazib boradi. 


69 
Bular belgilangan normalarda bajarilgan qurilish ishlari qiymatiga kiritib 
borilganda, ob’yektning smeta qiymati hisobidan olingan puldan ular jamg‘arilib, 
maxsus amortizatsiya fondi tashkil etiladi. Asosiy fondlar jismoniy holatni, shunga 
ko‘ra eskirish ko‘lamini aniqlash qiyin bo‘lganligi uchun eskirishni hisoblangan 
amortizatsiyaga teng deb tushunishiniladi. 
Korxona va tashkilotlarning asosiy fondlarning eskirishini tiklash ularning 
maxsus mablag‘lari hisobida turuvchi - amortizatsiya ajratmalari hisobiga amalga 
oshiriladi. Ta’mirlash ishlarining qiymati asosiy fondlarning qiymatiga, ularning 
xizmat muddatiga, ta’mirlash va modernizatsiyalash harajatlariga bog‘liqdir. Bu 
mablag‘lar odatda korxonaning amortizatsiya fondida to‘planib boradi va faqatgina 
asosiy fondlari tiklash va ta’mirlash maqsadlarida foydalaniladi. 
Qurilish korxonasida asosiy fondlarning ularning yillik amortizatsiya 
summasining asosiy fondlar balans qiymatiga bo‘lish orqali (foizda) hisoblandi. 
Amortizatsiya me’yori quyidagi formula yordamida hisoblanadi: 
1
1

Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin